Aholi geografiyasi - iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog'i. Fanning maqsad va vazifalari

Aholi geografiyasi - iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog'i. Fanning maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Geografiya
Aholi geografiyasi - iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog'i. Fanning maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Aholi geografiyasi - iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog'i. Fanning maqsad va vazifalari. Reja: Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning muhim tarmog'i ekanligi. Aholi geografiyasining o'rganish obyekti. Aholi geografiyasining asosiy yo'nalishlari. Aholi geografiyasining vazifalari. Aholi deganda ma'lum hududda yashayotgan kishilar guruhi tushuniladi. Aholi va uning xo'jalik faoliyati hamma davrlarda geografiya fanining qiziqtirib kelgan. Geografiya fanining tuzilishida iqtisodiy geografiyaning qaror topishi bilan bu masalaga qiziqish ayniqsa kuchaydi. Bu bejiz emas edi. Chunki iqtisodiy geografiyaning vazifasi ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy joylashish qonuniyatlarini o'rganishdir. Aholi esa, har qanday jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Jamiyat hayoti uchun zarur bo'lgan barcha boyliklar insonning mehnati natijasida yaratiladi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan mehnat qurollari, xom ashyo, yoqilg'i va boshqa qo'shimcha materiallar faqat inson qo'li, odam mehnati tufayligina harakatga keltiriladi. Inson mehnati ishlab chiqarish jarayonining eng ilg'or qismidir. Shunday qilib, aholi, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning asosiy subyektidir. U barcha moddiy boyliklarni yaratuvchi asosiy kuchdir. Taraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste'moli bilan birga, aholining o'zini takror barpo qilinadi - kishilarning avlodlari tarbiyalanadi va voyaga yetkaziladi. Shuning uchun ham aholini geografik jihatdan o'rganishida quyidagilarga e'tibor berish zarur: 1. Aholi - ishlab chiqarish subyekti, barcha moddiy ne'matlarni ishlab chiqaruvchi. 2. Ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulotlardan ma'lum qismining is'temolchisi. 3. Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo'lib, o'zi ham takror barpo qilinishi zarur. Aholiga xos bo'lgan ana shunday xususiyatlarni o'rganmay turib, har qanday iqtisodiy-geografik muammoni chuqur tahlil qilish va xal qilish qiyin. Xuddi shunga ko'ra olimlar aholi geografiyasini iqtisodiy geografiyaning bir tarmog'i deb hisoblaydilar. Aholining hududiy joylashuvi xalq xo'jaligining joylashuvi hamda strukturasi bilan bog'liq va aksincha, aholining joylashuvi, o'z navbatida xo'jalikni rivojlantirish hamda joylashtirishga bevosita ta'sir etadi. Turli mamlakatlar va tumanlar xo'jaligining ixtisosi va rivojlanish darajasiga qarab shu hududlarda aholining faoliyati, turlicha bo'lishi mumkin. Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog'i orasida alohida o'rin tutadi. Chunki aholi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning iste'molchisi sifatida barcha ishlab chiqarish sohalarida faol qatnashadi, iqtisodiy geografiya o'rganadigan barcha hodisa va jarayonlarda o'zi bevosita ishtirok etadi. Binobarin, iqtisodiy geografiyaning barcha boshqa tarmoqlariga muhim o'rin beriladi. Aks holda, tegishli xo'jalik tarmog'i geografiyasining barcha xususiyatlari to'la ochilmay qolishi mumkin. Chunki hozirgi zamon konstruktiv geografiya fanining muhim vazifalaridan biri - tabiiy sharoit, xo'jalik, aholining o'zaro aloqalari hamda turli mamlakatlar va tumanlarda ana shu aloqalar jarayonida vujudga keladigan hududiy dinamik tuzimni o'rganishdan iborat. Aholi yer sharining turli qismlarida vujudga keladigan ana shunday hududiy dinamik tuzimlarining eng ilg'or tarkibiy qismidir. Aholi geografiyasi - aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi regional ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.45 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.45 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga