Aholi geografiyasi kursining predmeti, maqsad va vazifalari Reja: 1. Aholi geografiyasi - iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog'i. 2. Aholi geografiyasining maqsadi va vazifalari. 3. Aholi geografiyasining bir qancha yo'nalishlari. Aholi deganda hududda (butun yer shari, uning ayrim qismlari, qit'alar, mamlakatlar, shaharlar, rayonlar va hk.) yashayotgan kishilar guruhi tushuniladi. Aholi va uning xo'jalik faoliyati hamma davrlarda geografiya fanini qiziqtirib kelgan. Geografiya fanlari tizimida iqtisodiy geografiyaning qaror topishi bilan bu masalaga qiziqish ayniqsa kuchaydi. Bu g'yejiz emas edi. Chunki iqtisodiy geografiyaning asosiy vazifasi ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashish qonuniyatlarini o'rganishdir. Aholi esa xar qanday jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Jamiyat hayoti uchun zrur bo'lgan barcha boyliklar insonning mehnati natijasida yaratiladi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan mehnat qurollari, xaom ashyo, yoqilg'i va boshqa qo'shimcha materiallar faqat inson qo'li, odam mehnati tufayligina harakatga keltiriladi va ular ishlab chiqarish jarayonining eng aktiv elementlaridir, qolgan barcha ishlab chiqaruvchi kuchlar ishlab chiqarish jarayonining passiv qatnashchiaridir. Shunday qilib, aholi, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning asosiy subyektidir. U barcha moddiy boyliklarni yaratuvchi asosiy kuchdir. Aholi ayni paytda ishlab chiqariladigan barcha moddiy boyliklarning asosiy iste'molchisidir ham. Iste'mol esa, butun ijtimoiy ishlab chiqarishni tugallaydigan, unga yakun yasaydigan qismidir. Taraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste'moli bilan birga, aholining o'zini takror barpo qilinadi - kishilarning avlodlari tarbiyalanadi va voyaga yetkaziladi. Shuning uchun ham aholining geografik jihatdan o'rganishda quyidagilarga e'tibor berish zarur. 1. Aholi ishlab chiqarish subyekti, barcha moddiy nematlarni ishlab chiqaruvchi. 2. Ishlab chiqariladigan jami ijtimoiy mahsulotlarni ma'lum qismini iste'molchisi. 3. Aholi butun ijtimi y takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo'lib, o'zi ham takror barpo qilinishi zarur. Aholiga xos ana shug'ullanish xususiyatlarni o'rganmay turib, har qanday iqtisodiy geografik muammoni chuqur tadqiq qilish va hal qilish qiyin. Hududi shunga ko'ra, aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyanign bir muhim tarmog'idir. Aholining hududiy joyshuvi xalq xo'jaligining joylashuvi hamda tuzilishi bilan bog'liq va aksincha, aholining joylashuvi, o'z navbatida, xo'jalikni rivojlantirish hamda joylashtirishga bevosita ta etadi. Turli mamlakatlar va rayonlar xo'jaligining ixtisosi va rivojlanish darajasiga shu hududda aholining faoliyati, xo'jalik tarkibi turlicha bo'lishi mumkin. Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog'i bo'lishi bilan birga boshqa tarmoqlar (sanoat geografiyasi, qishloq xo'jaligi geografiyasi, transport geografiyasi) o'rtasida alohida o'rin tutadi. Chunki aholi ishlab chiqaruvchi kuch va ishlab chiqarish sohalarida aktiv qatnashadi, iqtisodiy geografiya o'rganadigan barcha hodisa va jarayonlarda o'zi bevosita ishtirok etadi. Binobarin, iqtisodiy geografiyaning barcha boshqa tarmoqlari aholi geografiyasi ko'rsatkichlariga muhim o'rin beriladi. Aks holda, tegishli xo'jalik tarmog'i geografiyasining barcha xususiyatlari to'la ochilmay qolishi mumkin. Chunki hozirgi zamon geografiya fanining muxhim vazifalaridan biri ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.77 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.77 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc