Aholi geografiyasi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

Aholi geografiyasi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

O'quvchilarga / Geografiya
Aholi geografiyasi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya - rasmi

Material tavsifi

Aholi geografiyasi (iqtisodiy va ijtimoiy geografiya) Reja: Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog'i ekanligi. Aholi geografiyasining tuzilishi. Aholi geografiyasining muhim tushunchalari. Aholi dinamikasi. Aholi takror barpo bo'lishining an'anaviy tipi. 5. Demografik portlash fenomeni. 6. Aholi takror barpo bo'lishining zamonaviy tipi. Aholi‖ tushunchasi ko'proq aholi geografiyasi, iqtisodiyot, tibbiyot kabi ijtimoiy (gumanitar) sohalarda qo'llanilib, u ma'lum bir hududda yashovchi kishilarning birligini anglatadi. Masalan, Uychi tumani aholisi, Namangan aholisi, O'zbekiston aholisi, Dunyo aholisi va h.k. Ko'rinib turibdiki, bu yerda nisbatan kattaroq hudud nazarda tutilmoqda, kichik hududlarda yashovchi kishilarning birligini, hududiy umumiyligini ―sotsium‖ tushunchasi ifodalaydi va u sotsiologiya fani uchun xos (o'zbek tilida bu jamoa, mahalla ahli ma'nosiga mos keladi). Sotsiologiya esa ma'lum yoshdagi shaxs, millat, kasb egalarini, odatda, kichik hududlar doirasida tadqiq qiladi. Tarix va etnografiyada ―xalq‖ tushunchasi qo'llaniladi, muayyan bir ma'muriy hudud iqtisodiyoti ―xalq xo'jaligi‖ atamasi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, biologiya, psixologiya, tibbiyot kabi fanlarda ―odam‖, ―inson‖ tushunchalari ko'proq uchraydi. Aholi - jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi. Aholisiz ishlab chiqarishning o'zi ham, fan va texnikaning rivojlanishi va mavjudligi ham bo'lishi mumkin emas. Shu bilan birga, aholi sanoat, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining, transportning va xizmat ko'rsatish sohalarining asosiy iste'molchisidir. Shu sababli, aholining soni har bir mamlakat uchun muhim omil hisoblanadi. AQSHlik olim Christion Sawyer aholi va demografiya masalalariga quyidagicha ta'rif bergan: A) Demografiya asoslari: Demografiya inson populatsiyasini o'rganadi. Geograflar aholining hududiy tarqalishi va ularning ko'chishlarini o'rganishda demografik tahlillardan foydalanishadi. Mamlakat aholisining yosh tarkibi, ijtimoiy va etnik tarkibi hamda o'sish sur'ati uning sog'lom bo'lishiga ta'sir ko'rsatadi. B) Aholining hududiy joylashuvi: Aholining hududiy joylashuvi aholining yer yuzasi bo'ylab taqsimlanishida o'ziga xos shakllarni hosil qilgan. Insoniyat tarixi davomida aholi notekis taqsimlangan. Aholi ko'pincha suv havzalari va haydaladigan yerlar kabi hayot bilan ta'minlaydigan resurslar atrofida to'planadi. Kam o'zlashtirilgan hududlarda, misol uchun sahrolarda aholi kam yashaydi: jami aholining deyarli 75 foizi yer yuzasining faqat 5 foizida yashaydi; Yer shari aholisining taxminan 50 foizi shaharlarda va qolgan yarmi qishloqlarda yashaydi; aholi joylashuvidagi hududiy farqlar insoniyat tarixining ko'p davrida, asosan, shahar joylarda emas, balki qishloqlarda yashaganligini aks ettiradi. C) Global aholi taqsimlanishi: Dunyo aholisining deyarli 80 foizi Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi. 1 mlrd kishidan ko'proq aholisi bo'lgan davlatlar faqat 2 ta: Xitoy va Hindiston. Aholining eng yuqori hududiy konsentratsiyasi Sharqiy Osiyo (Xitoy, Yaponiya, Tayvan, Shimoliy va Janubiy Koreya)da tashkil topgan. Aholining ikkinchi yuqori konsentratsiyasi Janubiy Osiyo (Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Pokiston) davlatlarida tarkib topgan. Aholining uchinchi yuqori konsentratsiyasi Yevropada - Atlantika okeanidan Ural tog'larigacha bo'lgan mintaqadadir. Taraqqiyot ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.76 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.76 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga