Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi Reja: Geografiya fanining boshqa tarmoqlar bilan aloqasi. Aholi geografiyasi bilan chambarchas va har tomonloma aloqador bo'lgan fanlar. Aholi geografiyasi o'zaro aloqada mavjud bo'ladigan fanlar. Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi juda keng va har tomonlamadir. Chunki aholiga taaluqli bo'lgan masalalarga katta e'tibor beradigan fanlar va fan tarmoqlari juda ko'pdir. Aholi geografiyasining o'z tadqiqotlari jarayonida aloqa qiladigan yoki hamkorlikda ishlaydigan fanlarni shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin: 1) Geografiya fanining boshqa tarmoqlar bilan aloqasi. Xo'jalik geografiyasi orqali u tabiiy geografiya bilan aloqada bo'ladi. Har qanday ishlab chiqarish - muayyan tabiiy sharoitda va har xil tabiiy resurslardan foydalangan holda vujudga keladi va rivojlanadi. Xo'jalikning ixtisosi va boshqa ayrim xususiyatlari ko'p jihatdan tabiiy sharoit bilan belgilanadi. Aholi geografiyasining tibbiyot geografiyasi bilan aloqalari ham tez rivojlanmoqda. Tibbiyot geografiyasi ikki fan tibbiyot va geografiya fanlari chegarasida vujudga kelib, u tabiiy muhitning hamda turli tumanlarda yashash va mehnat qilish sharoitining aholi sog'ligiga ta'sirini, shuningdek, ayrim kasalliklarning geografik tarqalishini o'rganadi. Turli tumanlarga aholining gigiyenik yashash sharoiti nuqtai nazaridan baho berish, ovqatlanish, qiyinish xususiyatlari bo'yicha tavsifnomalar berish ham tibbiyot geografiyasining muhim vazifalari qatoriga kiradi. Aholi geografiyasi bilan xizmat doirasi geografiyasining aloqadorlari va o'zaro hamkorligi ayniqsa mustahkamdir. Xizmat doirasi geografiya aholining barcha ehtiyojlariga xizmat ko'rsatuvchi xizmat doirasi tarmoqlarining rivojlanishi darajasi va hududiy joylashishini geografik taqsimlash usulida o'rganadi. Xizmat doirasi geografiyasi o'rganishi kerak bo'lgan barcha masalalarning hammasi faqat aholi va aholi punktlari haqidagi batafsil ma'lumotlar asosidagina analiz qilinishi va xal qilinishi mumkin. Shuning uchun ham u dastavval aholi geografiyasi tarkibida vujudga kelgan bo'lib, ular o'rtasidagi aloqalar har tamonlamadir. Aholi geografiyasi geografiya fanining yangi vujudga kelayotgan turizm geografiyasi, iste'mol geografiyasi kabi yo'nalishlari bilan ham mustahkam aloqador. Bu har ikkala yo'nalishda ham aholining soni, yoshi, jinsi tarkibi va boshqa ko'rsatgichlar muhim ahamiyatga ega. Aholi geografiyasi bilan tarixiy geografiya o'rtasidagi aloqa shundan iboratki, o'tgan tarixiy davrlar aholi geografiyasi ichidagi maxsus yo'nalish - tarixiy aholi geografiyasi shug'ullanadi va u yo'nalish shu bilan birga tarixiy geografiyaning ajralmas bir qismidir. Geografiya fanining barcha tarmoqlari va yo'nalishlari singari aholi geografiya ham kartografiya bilan chanbarchars bog'liqdir. Aholi geografiyasida aholi va aholi punktlarining maxsus xaritalari tuziladi, ulardan keng foydalaniladi. Chunki, aholi va aholi punktlariga xos bo'lgan xilma-xil ko'rsatkichlar, ularning hududiy joylashuvi hamda regional farqlarini xaritaga tushirish yo'li bilan yaqqol ko'rsatish mumkin. 2) Aholi geografiyasi bilan chanbarchas va har tomonlama aloqador bo'lgan fanlarning ikkinchi guruhi lemografiya va etnografiya fanlaridir. Demografiya va etnografiya fanlarini alohida guruhga ajratamiz, buning boisi shundaki, ular ham aholi geografiyasi singari ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.99 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.99 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc