Aholi geografiyasining predmeti, vazifalari va fanlar tizimida tutgan o'rni Aholi ko'pchilik fanlar uchun umumiy tadqiqot obyektidir. Bunda har bir fan o'zining o'rganish predmetiga ega. Jumladan, demografiya aholining takror barpo bo'lishi masalalari bilan shug'ullansa, sotsiologiya fani jamiyatdagi (munosabatlar, jarayonlar qonuniyatlarni o'rganadi). Turli kishilar guruhlari o'rtasida paydo bo'ladigan munosbatlar, jarayonlar, qonuniyatlarni o'rganadi. Aholi geografiyasi sotsial va iqtisodiy geografiyaning tarkibiy qismi bo'lib, aholi sonining tadrijiy o'zgarishlari, joylashuvi, tarkibi va aholi manzilgohlarini o'rganadi. Iqtisodiy geografiyaning zamonaviy iqtisodiy va sotsial (ijtimoiy) geografiyaga aylanishida aholi geografiyasi katta rol o'ynaydi. Shuni alohida takidlash joizki, bevosita aholi (jamiyat) va uni ijtimoiy rivojlanishining hududiy muammolarini o'rganuvchi ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishida aholi geografiyasi nazriy metadologik asos vazifasini o'taydi. Iqtisodiy va aholi geografiyalarining o'zaro birikuvidan iqtisodiy va sotsial geografiya vujudga keldi. Ushbu jarayonda aholining qanchalik muhim ahamiyatga ega bo'lishini N.N.Baranskiy qo'yidagicha ifodalagan edi: - «iqtisodiy geograf shuni unutmasligi kerakki, aholi nafaqat ishlab chiqaruvchi, balki, iste'molchi hamdir va shunday qilib iqtisodiyot boshdan oyoq aholi bilan bog'langan». Ijtimoiy xususiyatlariga ko'ra aholi: a) ishlab chiqarishning subyekti; b) moddiy va ma'naviy boyliklarning iste'molchisi; v) takror barpo bo'luvchi; g) tabiat va xo'jalik o'rtasidagi aloqa va o'zaro ta'sirning bosh bo'g'ini kabi sifatlarga ega. Aholi geografiyasining rivojlanishi iqtisodiy geografiya bilan chambarchas bog'liq bo'lib o'tgan asrning 40 - yillariga to'g'ri keladi. Bunda avvalo N.N.Baranskiy va R.M.Kabolarning xizmatlarini takidlash kerak. Hozirgi davrda aholi geografiyasida tadqiqotlarning ikki yo'nalishi aniq shakllangan. Bularga, birinchidan, aholining o'zini o'rganish va 2 - dan aholi manzilgohlarini tadqiq qilish kiritiladi. Aholi geografiyasi iqtisodiy va sotsial geografiya va boshqa turdosh fanlarning tadqiqot usullaridan keng foydalaniladi. U mohiyatan aholishunoslik va demografiya bilan juda yaqin turadi. Umuman olganda, aholi geografiyasi iqtisodiy va sotsial geografiyaning yaxshi o'zlashtirilgan tarmoqlaridan biridir. Hozirgi davrda aholi geografiyasi oldida turgan vazifalarning nazariy, amaliy, ta'limiy jihatlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Umumnazariy vazifalariga Jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari mohiyatini anglashga yordam beruvchi aholining joylashuvi va uning tabiat bilan o'zaro ta'siri, takror barpo bo'lish qonuniyatlari va jarayonlarini o'rganish; Ko'pgina amaliy vazifalarni bajarish: aholi sonini hisobga olish; mehnat balanslarini tuzish; aholi migratsiyasini o'rganish va uning kelajak o'zgarishlarini bashorat qilish; Aholi geografiyasi bo'yicha bilimlarni ommalashtirish. Zamonaviy iqtisodiy va sotsial geografiya fanlari tizimida, aholi geografiyasi uning «iqtisodiy» hamda «sotsial» qanotlari orasidagi ko'prik vzifasini o'taydi. Demak, aholi geografiyasi xo'jaliklar va tabiiy resurslar geografiyasi bilan o'zaro chambarchas bog'liq. Shuningdek, u tabiiy geografiya, mamlakatshunoslik va kartografiya fanlari bilan ham bog'langan. Ijtimoiy fanlardan qo'yidagilar aholi geografiyasi bilan aloqador: Demografiya, etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, ekologiya, rekreatsiya. Tibbiyot geografiyasi, mehnat iqtisodiyoti, sotsial gigiyena, shaharsozlik va rayon planirovkasi kabi fan tarmoqlari ham ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.7 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.7 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc