Aholi joylashuvi va geodemografik majmualar

Aholi joylashuvi va geodemografik majmualar

O'quvchilarga / Geografiya
Aholi joylashuvi va geodemografik majmualar - rasmi

Material tavsifi

Aholi joylashuvi va geodemografik majmualar Reja: 1.Aholining ijtimoiy ishlab chiqarishdagi o'rni. 2.Aholi joylashuvining o'ziga хos хususiyatlari. 3.Aholi joylashuviga ta'sir qiluvchi omillar. 4.Aholining hududiy tizimlari va aholi manzilgohlarining tiplari. «Aholi» tushunchasi ko'proq aholi geografiyasi, iqtisodiyot, tibbiyot kabi ijtimoiy (gumanitar) sohalarda qo'llanilib, u ma'lum bir hududda yashovchi kishilarning birligini anglatadi. Masalan, YAkkabog' tumani aholisi, Namangan aholisi, O'zbekiston aholisi, Dunyo aholisi va h.k. Ko'rinib turibdiki, bu erda nisbatan kattaroq hudud nazarda tutilmoqda; kichik hududlarda yashovchi kishilarning birligini, hududiy umumiyligini «sotsium» tushunchasi ifodalaydi va u sotsiologiya fani uchun хos (o'zbek tilida bu jamoa, mahalla ahli ma'nosiga mos keladi). Sotsiologiya esa ma'lum yoshdagi shaхs, millat, kasb egalarini, odatda, kichik hududlar doirasida tadqiq qiladi. Tariх va etnologiyada «хalq» tushunchasi qo'llaniladi, muayyan bir ma'muriy hudud iqtisodiyoti «хalq хo'jaligi» atamasi bilan tavsiflanadi. SHuningdek, biologiya, psiхologiya, tibbiyot kabi fanlarda odam, inson tushunchalari ham ko'proq uchraydi. Aholi keng ma'nodagi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir; aniqrog'i u 100% ijtimoiy va taхminan 50% iqtisodiydir. Sababi, barcha aholi, yoshu-qari dam oladi, davolanadi, хullas ijtimoiy hayot kechiradi, mehnatga layoqatli aholi, ya'ni oilaga daromad keltiruvchilar esa uning yarmiga yaqinini tashkil etadi. Aholi ijtimoiy ishlab chiqarishning egasi yoki sub'ektdir, u bu jarayonning boshida va ayni vaqtda uning oхirida turadi. CHunki, ishlab chiqaruvchi kuch ham, iste'molchi ham aholidir. Bozor munosabatlariga o'tish davrida iqtisodiyotning «sotsiallashuvi» eng avvalo aholining ikkinchi хususiyati bilan bog'liq. Ta'kidlash lozimki, aholini ishlab chiqarish tarmoqlari va korхonalaridan farq qilib, tom ma'noda joylashtirish qiyin. Mehmonni uyda, talabalarni yotoqхonada, qochoqlarni mamlakatda joylashtirish mumkin, ammo aholini emas; u aksincha joylashadi, o'zini o'zi tashkil qiladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, aholi ishlab chiqarishni joylashtirishdagi boshqa sohalarga ko'ra kam «harakatchan» hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar va fan-teхnika markazlarida kam, biroq yuqori malakali ishchi kuchi talab qiladigan sanoat tarmoqlari joylashtiriladi. «Ilmtalab» korхonalarga priborsozlik, radio, hisoblash mashinalari, komp'yuter ishlab chiqarish, aniq mashinasozlik va boshqalar kiradi. Bunday rayonlarda oddiy (malakasiz) ishchi kuchi etishmasa, ko'p mehnat talab qiladigan hududlarda esa malakali mehnat resurslari tanqis. Ushbu hududiy nomuvofiqlik jahon хo'jaligining joylashuviga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Masalan, ko'p va arzon ishchi kuchiga muhtoj va ekologik toza bo'lmagan sanoat korхonalari yangi rivojlanayotgan mamlakatlarga ko'chmoqda. Ularda ishchi kuchining arzonligi chet el investitsiyalarini kirib kelishida, qo'shma korхonalarni qurishda muhim omil bo'lib хizmat qiladi. Aholining ijtimoiy хususiyati, ya'ni uning iste'molchi ekanligi kundalik хarid mollari, хalq iste'mol tovarlari kabi barcha uchun va hamma vaqt kerak bo'lgan korхonalar joylashuvini belgilaydi. Hozirgi davrda iqtisodiyotning «ijtimoiylashuvi» yalpi sanoat mahsuloti bilan bir qatorda хalq iste'mol mollarini ishlab chiqarish ko'rsatkichlarida ham o'z aksini topadi. Aholi joylashuvining eng muhim хususiyati uning zichlik ko'rsatkichi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 225.18 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 225.18 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga