Aholi punktlari

Aholi punktlari

O'quvchilarga / Geografiya
Aholi punktlari - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 9-mavzu: Tabiiy sharoit, kishilar mashg'uloti hamda turli iqtisodiy-ijtimoiy, tarixiy omillar ta'sirida shahar, shaharcha, qishloq, ovul ko'rinishidagi aholi punktlari tarkib topgan. Mamlakatimizda 119 ta shahar, 1071 ta shaharcha hamda 11 mingdan ortiq qishloq va ovul bor (2019-yil). Shahar qiyofasidagi Samarqand, Qo'qon, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi aholi punktlari hunar mandchilik va savdo-sotiq paydo bo'lganidan so'ng vujudga kelgan. Ular dunyodagi eng qadimiy shaharlardan hisoblanadi. XX asr boshlarida O'zbekiston hududida 20 ga yaqin shahar bo'lgan, ular daryo hamda soy bo'ylarida yoki karvon yo'llarida vujudga kelgan. Jahongashta arab sayyohi Ibn Battuta o'rta asrdagi shaharlarimiz go'zalligini tasvirlagan, undan zavq olgan: «Biz sahroni kesib o'tib Xorazmga keldik. Bu turkiylar-ning katta, muhim, chiroyli va ulug'vor shahri bo'lib, ajoyib bozorlari, keng ko'chalari juda ko p, imoratlari jozibador, ko'rkam joylari bor. Shaharda ha-yot qaynaydi, aholisi shunchalik ko'pki, u mavjlanib turgan dengizni eslatadi». Ibn Battuta Samarqand shahri bo'ylab sayr etarkan, uni shunday ta'rifl aydi: «Samarqand - juda yirik va g'oyat go'zal shaharlardan biridir. U Voha al-Qassirin daryosining qirg'og'ida joylashgan. Daryo qirg'og'ida shun day ulkan saroylar va binolar qad ko'tarib turadiki, ular Samarqand aholisining yuksak maho rat sohibi ekanligidan dalolatdir». Endilikda qadimiy sha harlarda turli davr me'morchilik na mu nalari bilan ko'p qavatli ko'rkam binolar, to'g'ri va keng ko'chalar uyg'unlashib ketdi. Shaharlar aholi soniga qarab katta shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq), yirik shaharlar (aholisi 250 mingdan ortiq), juda yirik shaharlar (aholisi 500 mingdan ortiq) va «millioner shaharlar»ga ajratiladi (13-14-rasmlar). Ular bir qancha vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi. Bunday shaharlar ko'p funksiyali shaharlar deyiladi. Masalan, Toshkent-mamlakat poytaxti, sanoat shahri, transport tuguni, tarixiy-madaniy markaz. Samarqand esa viloyat markazi, sanoat markazi va tarixiy-madaniy markazdir. Ko'p funksiyali shaharlar juda tez rivojlanadi, ular yonida yo'ldosh shaharlar vujudga kelib, aglomeratsiyalarni hosil qiladi. Toshkent mamlakatimizda eng katta shahar aglomeratsiyasidir. Aholi punktining shahar maqomini olish sharti turli mamlakatlarda turlichadir. O'zbekistonda aholi punkti shahar maqomini olishi uchun uning aholisi 7 ming va undan ko'p bo'lishi, yashayotgan aholining 23 qismi ishchi va xizmatchilar hamda ularning oilalaridan iborat bo'lishi kerak. Aholi punktiga shahar maqomini berishda unda shahar turmush tarzining holati ham hisobga olinadi (15-rasm). Shaharchalar sanoat rivojlanayotgan, tabiiy boyliklar o'zlash tirilayotgan joylarda vujudga keladi. Iskandar, Kegayli, Ulug'bek, G'ozg'on, Zomin shaharchalari shular jumlasidandir. Bunday shaharchalarning ko'pchiligida aholining aksariyati muayyan tarmoqdagina xizmat qiladi (neftchilar shaharchasi, konchilar shaharchasi). Yangi shaharlar (Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy, Uchquduq, Taxiatosh, Zarafshon va boshqalar) asosan foydali qazilmalar va suv boyliklari mavjud hududlarda bunyod bo'lgan. Tohchiyon shaharchasi (Surxondaryo viloyati) ko'mir koni negizida vujudga kelgan. Yangi yerlarni o'zlashtirish, qishloq xo'jalik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.94 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.94 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga