aholi rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, uni bashoratlash. aholi siyosati Reja: 1) aholi rivojlanishining asosiy qonuniyatlari. 2) aholi bashoratlari va uni amalga oshirish usullari. 3) aholi siyosati va uning tarkibiy kismi. aholi shakllanish va rivojlanishi jarayonlarini o'rganishning markaziy vazifasini ushbu jarayonlarni belgilab beruvchi qonuniyatlarni aniqlash tashkil etadi. aholi u ch guruhdan iborat qonunlar ta'sirida bo'ladi.bular: umumsatsiologik qonunlar, ular kishilik jamiyatining barcha tarixiy bosqichlarida o'z ta'sirini kursatib beradi; kator sotsial-iqtisodiy farmatsiyalarga xos qonunlar; bir sotsial-iqtisodiy farmatsiyaga yoxud uning bir bosqichiga xos bo'lgan qonunlardan iboratdir. aholi yuqorida kayd etilgan qonunlar ta'sirida bo'lishi bilan bir vaqtda uning o'ziga xos rivojlanishi qonunlariga xam egadir. aholi rivojlanishi - bu millionlab insonlarning jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga, uning barcha qadriyatlariga bo'lgan munosabatining aksidir. Yangi avlodlarni takror barpo etilishi tarbiyalash va bilim berish jarayonlarida ularda yangi xilma-xil ijodiy dunyoqarashni shakllantirish hamda undan ijtimoiy foydali faoliyatda foydalanish uchun sharoit yaratib berishni nazarda tutadi. Bunda shaxsning o'rni bekiyosdir, chunki ayrim shaxsning rivojlanishi ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotining muhim ko'rsatkichi va mezonidir. aholining miqdor va sifat ko'rsatkichlari uzluksiz ravishda uzgarib boradi, uning soni, ishlab chiqarish kuchi usib boradi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarga bo'lgan ta'siri kuchayadi. Bilim va madaniy-texnik darajasi oshadi, talablari usadi, ularni kondirish imkoniyatlari xam kengayib boradi. Inson moddiy ishlab chiqarishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. U mehnat qurollarini ixtiro kil ad i, ularni mukamallashtiradi. mehnat qurollari yordamida moddiy nematlar yaratadi. Tabiatiga ko'ra; sotsial asosga ega bo'lgan demografik jarayonlar ishlab chiqarish usulining rivojlanishi bilan belgilanadi va o'z navbatida ishlab chiqarish kuchlarining, jami ijtimoiy munosabatlarining taraqqiyotiga aks ta'sir kursatadi. Ana shu yani ishlab chiqarish usuli ibtidoiy jamoa tuzumi, kuldorlik, feodalizm va kapitalizm davrlarida aholi rivojlanishning qonuniyatlarini belgilab beradi. Demak aholi rivojlanishining qonuniyatlari ijtimoiy tuzum xususiyati, ishlab chiqarish usuli ta'sirida shakllanadi va ular orqali belgilanadi. Shu bilan birga aks ta'sirining yani aholi soni va sifat ko'rsatkichlarining ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga bo'lgan ta'sirini bilmok va chuqur anglamok darkordir. aholi geografiyasi va demografik fanlarida aholi soni va tarkibini bashorat qilish masalasiga katta etibor beriladi. aholi soni va tarkibini yaqin va uzoq kelajak davrlar doirasida hisoblash dolzarb nazariy va ayniqsa amaliy ahamiyatga egadir. aholi (demografik) bashoratlar kelajak aholi soni va tarkibini shu jumladan mehnatga layokatli yoshdagi aholi sonini aniklashga imkon beradiki, bu ma'lumotsiz ishlab chiqarish kuchlarini bashorat qilish mumkin emas. Demografikbashrratlar bashorat davriga binoan qisqa davrli, o'rta davrli va uzoq davrli bashoratlarga taksimlanadi. qisqa davrli bashoratlar 5 yilgacha, o'rta davrlilar 10-30 yilgacha, uzoq davrli bashoratlar 30-60 yilgacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga o lad i. Demografik bashoratlar juda ko'p usullar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.02 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.02 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc