Aholi salomatligining hududiy jihatlari va uni geografik o'rganish Tabiatda turli xil landshaft ko'rinishlari quruqlik va suvliklar, sahro va o'rmonlar , tog' va tekistliklar mavjud bo'lib, ularning barchasida insonlar o'ziga xos faoliyat ko'rsatadilar. Har bir landshaft doirasida tashqi muhit omillarning u yoki bu turi inson jismiga ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Abu Ali ibn Sino ham kasalliklarning kelib chiqishi sabablarini aniqlashda va davolashda tashqi sharoitning (iqlim, ob - havo, turar-joy, ovqatlanish) ta'siriga alohida etibor qaratgan edi. O'rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan mashhur tabiblar, jumladan, Abu Bakir ar Roziy asarlarida kishilarda uchraydigan kasalliklarning aksariyat qismi uning yashash joyi bilan bog'liqligi qayd etilgan. U hatto kasalxonalar qurilishida joyning iqlimi, joylashgan o'rni kabi jihatlarga etibor berish zarurligini takidlagan. Shuningdek, tibbiyot ilmining asoschisi Gippokrat o'z asarlarida turli makon va manzillarda yashovchi kishilar salomatligini baholashda mazkur joyning iqlimi, suv va tuproq tarkibi, o'simlik va hayvonot dunyosi kata ahamiyat kasb etishini alohida izohlab o'tgan. Olimning takidlashicha, inson umumiy tabiat olamining bir qismi bo'lib, uning tashqi tuzilishi va ichki ruhiyatini shu tabiat shakillantiradi. Bu haqda Gippokrat shunday deb yozgan edi. «Odam jismining tabiatini tashqi muhit belgilaydi. Jamiyat esa o'z qonun qoidalari bilan odam tabiatini o'zgartirishi mumkin. » Shunga o'xshash fikrlar vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan ham ilgari surilgan. Uning yozishicha «Odamlar tuzulishlarining rangi, surati, tabiat va axloqi turlicha bo'lishi faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yerning, kishilar yashaydigan joylarning turlichaligidan hamdir. » Inson salomatligi va ular orasida uchraydigan kasalliklar hududiy tafovvutlarga ega. XVII- asrda yashab ijod qilgan fransuz olimi Monteske o'zining «Qonunlar ruhi to'g'risida» nomli asarida «Iqlimning hukumronligi barcha kuchlardan ustunroqdir» degan shiorni olg'a surgan ekan. XIX- asrning oxiri 20- asrning boshlaridayoq tibbiyot mektiorologiyasi sohasida rus iqlimshunoslari A.I.Voeykov, A.P.Sokolov, A.A.Kaminskiy kabi olimlar tadqiqotlar olib borishgan. Ayniqsa, bu xususda tibbiyot geografiyasida iqlim bilan bog'liq masalalarni o'rganishda rus olimi A.S.Berg tomonidan ishlab chiqilgan, iqlimning sinflarga ajratilgan tavsifi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Olim tibbiy geografik jihatdan mamlakat iqlimini 12 tabaqaga ajratgan. U iqlim va ob - havoni sinflarga ajratish orqali salomatlikning hududiy jihatlarini o'rganishga ham etibor bergan. Ob - havoning iqliga nisbatan inson jismiga ta'sirini sezilarli, yani ob - havoning tez - tez o'zgarib turishi bilan inson jimida malum manoda o'zgarishlar sodir bo'lib turadi, ayniqsa buni bazi a'zolarimiz juda tez seza oladi. Shuningdek ob - havodagi ayrim jiddiy o'zgarishlarni bazi kasalliklarga (bod, radikulit, revmatizm, qon bosimi hastaliklari) ga chalingan kishilar ancha oldinroq payqaydilar. Joylarning relef xxusiyatlari ham inson salomatligini belgilovchi muhim omillardan biridir. Baland tog' mintaqalarida o'z nomi bilan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.24 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.24 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc