Aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasi

Aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasi 60530400 -Geografiya ta'lim yo'nalishi SOTSIAL GEOGRAFIYA REJA: Aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasining obyekti va predmeti. Fanlar tizimida tutgan o'rni va zamonaviy tuzilishi. Aholini xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlari va uni qondirilishining hududiy tafovutlari. Xizmat ko'rsatish muassasalarini hududiy tashkil etilishi. Markaziy joylar nazariyasi. Aholiga xizmat ko'rsatishni shahar va qishloq joylarda hududiy tashkil etilishi va rivojlanishi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda aholiga xizmat ko'rsatish sohalarining roli. Aholining turmush sharoitlarini yaxshilashda xizmat ko'rsatish sohalari yoki boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy infrastrukturaning ahamiyati katta. Xizmat ko'rsatish sohalari aholining turli-tuman moddiy, ma'naviy ko'rinishidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi sohalar va ularning muassasalarini qamrab oladi. Har bir xizmat ko'rsatish sohasi, o'z navbatida, ko'plab turlicha xususiyat va ko'rinishga ega bo'lgan xizmatlar turlaridan tashkil topgan hamda o'zining tarkibiy tuzilmasiga ega. Ijtimoiy sohalar va, xususan, xizmat ko'rsatish sohalarini ilmiy tadqiq etish ishlari bilan shug'ullangan olimlar O'zbekistonda esa xizmat ko'rsatish sohalari geografik jihatdan sust o'rganilgan. Umuman olganda esa, bu borada O.Ergashev, B.Abdurashidov, M.Nazarov, N.Ollorov, T.Jo'rayev kabi olimlarning ishlari mavjud. Mamlakatimizda aholiga xizmat ko'rsatish sohalarini tibbiy xizmat ko'rsatish misolida geografik jihatdan ilk bor dissertatsiya darajasidagi tadqiqot ishi 1996-yili M.Nazarov tomonidan amalga oshirilgan. Aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasini rivojlanishida sobiq Ittifoq geografiya jamiyati tomonidan 1974-yili Moskvada aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasi bo'yicha o'tkazilgan birinchi yig'ilishning ahamiyati katta. Mazkur yig'ilishda turli soha vakillari bilan xizmat ko'rsatish sohalarini rivojlantirish borasida olib borilgan muhokamalarning natajalari shuni ko'rsatadiki, fanlar mantiqiga ko'ra xizmat sohalarining mintaqaviy xususiyatlari va hududiy tashkil etilishi masalalarini ilmiy tadqiq etish, aynan, geografiya fani zimmasidadir. Shunday qilib, o'tgan asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlari tizimida aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasi vujudga keldi. Uning geografiya fanlari tizimida tutgan o'rni va predmeti xususida A.I.Alekseyev va boshqalar quyidagicha ta'rif berishgan: Aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning o'ziga xos tarmog'i bo'lib, xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlar va ularning qondirilishi darajasidagi hududiy tafovutlar va shuningdek, xizmat ko'rsatish sohalarini tabiiy ijtimoiy, iqtisodiy, demografik hamda turlicha aholi joylashuvishakllarida hududiy tashkil etilishi masalalarini o'rganadi. Aholiga xizmat ko'rsatish sohalari geografiyasi bo'yicha bajariladigan tadqiqotlarni ikki yo'nalishga ajratish mumkin: Birinchisi yo'nalish - xizmat ko'rsatish sohalarining alohida olingan holda o'rganilishi. Masalan, aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish geografiyasi Ikkinchi yo'nalish - mintaqaviy majmuali, ya'ni bunda xizmat ko'rsatish sohalarining bir butun holda va ma'lum bir hududda o'rganilishi va h.k. Xizmat ko'rsatish sohalarining rivojlanishida aholining xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlari muhim ahamiyatga ega. Ularning shakllanishiga esa tabiiy - geografik, demografik, ijtimoiy - iqtisodiy omillar ta'sir ko'rsatadi. Aholiga xizmat ko'rsatish sohalarini geografik o'rganishda ularning hududiy tashkil etilishi masalalariga asosiy e'tiborni qaratish lozim. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.05 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.05 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga