Aholini geografik o'rganish

Aholini geografik o'rganish

O'quvchilarga / Geografiya
Aholini geografik o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Aholini geografik organish REJA: Aholini geografiyasini o'rganish metodlari Aholini geografiyasini o'rganish omillari Aholi geografiyasi - aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi regional farqlarni, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, aholi punktlarining hududiy tuzimlarini va ularning rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganadi. Aholi geografiyasi, shuningdek, aholining yer shari bo'yicha va ayrim mamlakatlar va tumanlar miqyosidagi harakatini ham o'rganadi. Aholining hududiy joylashish formalari aholi geografiyasining muhim tushunchalaridan biridir Aholining hududiy joylanish formalari deganda aholining turli aholi manzilgohlarida joylanishigina emas, balki uning butun hudud bo'yicha tarqalishi, hududni o'zlashtirish jarayoni ham tushiniladi. Mana shu muhim jarayon ijtimoiy takror ishlab chiqarishning hududiy formalari bilan belgilanadi. Bu esa aholi geografiyasining muhim qonuniyatidir. Aholi geografiyasi bir qancha yo'nalishlarga bo'linadi: Aholining tarkibi va uning takror barpo qilinishidagi geografik qarqlar va bu faqrlarning sababini o'rganish. Mehnat resurslarini va ulardan foydalanishdagi geografik farqlarni o'rganish. Aholining hududiy taqsimlanishi va uning harakatini o'rganish. Aholi punkt iva ularning hududiy sistemalarini o'rganish. Aholi geografiyasining bu yo'nalishda shaharlarni va qishloq aholi puktlarini alohida o'rganuvchi shaharlar geografiyasi va qishloq aholi punktlari geografiyasi va qishloq aholi punktlari geografiyasi vujudga keladi. Aholining madaniyati va turmush tarzidagi geografik farqlarni va ularning sabablarini o'rganish. Tarixiy aholi geografiyasi. Bu yo'nalish o'lgan tarixiy davrlar aholi geografiyasini o'rganadi va tarixiy geografiyaning bir qismi hisoblanadi. Aholining xaritaga tushirish. Ijtimoiy iqtisodiy tuzum jamiyat hayotining barcha sohalariga, shu jumladan aholining ijtimoiy tarkibiga va mehnatkashlarning hayot sharoitiga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Maktablarda o'lkashunoslik ishlarini yanada yaxshi yo'lga qo'yishda aholi geografiyasi, ayniqsa, yaxshi xizmat qila oladi. O'quvchilar yashayotgan qishloq yoki tumanni, qo'shni qishloqlarni yoki tumanlarni ularning vujudga kelishi va rivojlanishi, aholining tashkil topishi, uning milliy tarkibi va mehnat malakalari hamda boshqa tomonlarini o'quvchilar geografiya o'quvchisi rahbarligida o'rganishlari mumkin. Aholi geografiyasi oldida bir qancha muhim vazifalar turadi: Birinchidan, mamlakatimiz aholisi va chet mamlakatlar aholisi haqida, ularning soni va o'sishi, hududiy joylashuvi, xalqlar geografiyasi, turli mamlakatlarda sharoitga qarab shaharlarning rivojlanish muammolari va boshqalar. Ma'lumotlar bilan keng kitobxonlar ommasini va shuningdek bevosita amaliy maqsadlar uchun qiziquvchi tashkilotlarni ta'minlaydi. Xalqimizning madaniy talablarini va tegishli rejalashtiruvchi organlar ehtiyojini mamlakatimiz yoki chet davlatlar aholisi geografiyasi bo'yicha maxsus kitoblar yozish, darslik va o'quv qo'llanmalari, ilmiy ommbop kitoblar va risolalar yozish, ayrim mamlakatlar va tumanlarga bag'ishlangan geografik asarlarning aholiga bag'ishlangan maxsus boblarini yozish yo'li bilan qondirish mumkin. Ikkinchi muhim vazifa aholi geografiyasining nazariy masalalarini ustida ishlashni davom ettirish. Uchinchi vazifa - aholi geografisining bevosita amaliy vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadqiqot ishlarini kuchaytirish. Mamlakatimiz butun hududi bo'yicha aniqsa qishloq aholi punktlarida maktab, savdo korxonalari, madaniyat muassasalari, shaharlar va ularning rejasi rejalashtirish, mehnat resurslaridan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.53 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.53 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga