Aholini soni va uning takror barpo qilinishi masalalari

Aholini soni va uning takror barpo qilinishi masalalari

O'quvchilarga / Geografiya
Aholini soni va uning takror barpo qilinishi masalalari - rasmi

Material tavsifi

Aholining soni va uning takror barpo qilinishi masalalari Reja: 1. Aholini hisobga olish, aholi ro'yxatlari. 2. Tug'ilish va unga ta'sir etuvchi omillar. 3. Tug'ilish ko'rsatkichlari va undagi geografik farqlar. Malum hududda yashovchi aholi haqida fikr yuritish, uni birorta fan nuqtai nazardan analiz qilish uchun uning soni, tarkibi. Hududiy taqislanishi to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lish kerak. Bazi mamlakatlar, masalan, Xitoyda, Misrda, Eronda, shuningdek Rim imperiyasida eramizdan bir necha asr oldin aholi hisobga olingan. Ammo u paytdagi aholi hisobini hozirgi zamon aholi ro'yxati bilan taqqoslab bo'lmaydi. 15-17-Asrlarda Rossiyada, uning uezdlari va shaharlari haqida Pischevie knigi deb nomlangan iqtisodiy statistik daftarlar to'ldirilgan bo'lib, unga aholiga taalluqli ma'lumotlar bo'lar edi. 17-19-Asrlarda Rossiyada o'tkazilgan davlat reviziyalari paytida ham aholi haqida ma'lumotlar yig'ilgan. Rossiyada hammasi bo'lib 10 marta ana shunday reviziya o'tkazilgan edi. Mamlakatimiz hududida birinchi rasmiy va to'laroq aholi ro'yxati 19-asrning oxirida (1897) o'tkazildi. 1897 yilda Rossiya hududida aholi ro'yhati o'tkazilgan paytda hozirgi O'zbekiston hududining faqat bir qismi qamrab olingan edi. Bunda Buxoro va Xeva xonliklari aholisi hisobga olinmagan edi. Aholi ro'yxatlari paytida mamlakat, uning ayrim qismlari har bir aholi punkti aholisi to'g'risida eng aniq va mufassal ma'lumotlar to'planadi. Sobiq Ittifoqda aholi ro'yxatlari o'tkaxzish doimo takomillashib bormoqda. Kishilik jamiyatining butun tarixi - aholi bir avlodining ikkinchi axxoli bilan almashinuvi, uning tinimsiz yangilanib turishidan iboratdir. Olamning tug'ilishi umuman biologik jarayondir, ammo sotsial faktorlarning ta'siri juda katta bo'ladi. Qadim zamonlarda kishilar o'rtasidagi tug'ilish jarayonini ko'proq biologik xarakterga ega edi, desa bo'ladi. Tabiiy biologik faktorlar ham tug'ilishga malum darajada ta'sir ko'rsatadi. Ammo tug'ilish ko'rsatkichlariga ta'sir etuvchi asosiy faktorlar ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy madaniy faktlardir. Mamlakat aholisining yosh va jinsiy sostavida katta nomuvofiqliklarning bo'lishi u yerda aholi o'rtasida nikohlangan ko'rsatkichlarning kamroq bo'lishiga olib keladi. Demografik faktorlar, yani aholining yosh va jinsiy tarkibi uning tabiiy o'sishiga ta'sir etadi, albatta. Biroq tug'ilishdagi mavjud bo'lgan keskin hududiy farqlar demografik faktorlar bilan belgilanadi. Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlarda, hatto bir amlakatning ichida moddiy jihatdan yaxshi ta'minlanmagan aholi guruhlaridagiga nisbatan aholi orasida tug'ilish doimo ancha yuqori bo'lib kelgan. Dunyoning deyarli har bir mamlakatida axholi sohasida malum siyosat yurgiziladi, lekin bunday siyosat doimo bir xil bo'lmasdan, turli sabablarga ko'ra o'zgarib turishi umkin. Keyingi paytlarda aholining tez o'sishi munosabati bilan aholi o'sishi yuzasidan malum siyosat olib borish xalqaro konferensiyalarda ham muhokama qilinmoqda. Bu borada 1974 yil 19-30 avgustda Buxarestda BMT tomonidan uyushtirilgan va aholi muammolariga bag'ishlangan konferensiya diqqatga sazovordir. Bu konferensiyada 135 mamlakat vakillari qatnashdi. Konferensiyada aholi o'sishi va uni mo'tadillashtirish yuzasidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.24 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.24 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga