Aholining demografik tarkibi Reja: Aholi soni. Aholi tarkibi to'g'risida tushuncha. Aholining jinsiy tarkibi. Aholining yosh tarkibi. Aholi soni va aholining yosh-jinsiy tarkibi. Aholi soni - ma'lum hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning miqdoriy ifodasidir. Demografiyada aholi soni, eng umumiy va asosiy ko'rsatkich bo'lib, aniq bir davrdagi aholi miqdorini anglatadi. Statistik manbalarda aholi soni ma'lum bir chisloga (1-yanvar.1 iyul yoki 31 dekabr) keltiriladi. Masalan, O'zbekeiston aholisi 1991 yil 1 yanvarda 20708,2 mingni, 200 yil 1 yanvarda esa 24487,7 mingni tashkil etdi. Bu ko'rsatkichlarni butun yil uchun qabul qilib bo'lmaydi, chunki yil davomida, ya'ni 1 yanvardan 31 dekabrga qadar aholi soni tug'ilish va o'lim hisobiga muntazam o'zgarib turadi. Har bir hudud aholi sonini o'rganganda, uni doimiy (shu hududda doimiy ro'yxatga olingan) va mavjud real (tekshirilayotgan davrda shu hududda ma'lum muddat yashayotgan) aholiga ajratiladi. Demografik gadqiqotlar olib borishda nazariy aholi soni, hamda mavjud, real aholi sonidan foydalaniladi. Nazariy aholi soni o'zgarmas -stabil, aholi sonidir. Stabil aholi soni lotincha 51a'shz so'zidan olingan bo'lib, doimiy, o'zgarmas degan ma'noni bildiradi. Aholi takror barpo bo'lishining maxsus koffio'ientlarini hisoblaganda stabil aholi sonidan foydalaniladi, turli demografik modellarni tuzganda nazariy aholidan foydalaniladi, ya'ni, o'rganilayotgan davr aholi soni o'zgarmas deb qabul qilinadi. Real, mavjud aholi soni ma'lum bir ma'muriy hududning, davlatning o'rganilayotgan davrdagi mavjud aholi sonidir. Masalan, O'zbekiston davlatining aholi soni, Farg'ona vodiysining aholi soni va x.k. Demografik koeffitsiyentlarni hisoblaganda odatda o'rtacha yillik aholi sonidan foydalaniladi. Chunki demografik jarayon butun yil davomiga ya'ni 1 yanvardan 30 dekabrgacha qadar bo'lgan mudldtga hisoblanadi. Aholi soni esa yuqorida qayd etilgandek yil boshiga- 1 yanvarga olinadi. Ma'lum kalendar yilga o'rtacha yillik aholi soni hisoblash uchun shu, kalendar yilining boshidagi va keyingi kalendar yilning boshidagi aholi soni qo'shilib ikkiga bo'linadi va o'rganilayotgan yil uchun o'rtacha aholi soni aniqlanadi. Buning uchun 199 yil 1 yanvardagi va 200 yil 1 yanvardagi aholi sonlarini qo'shib ikkiga bo'linadi. (R199+R200:2) Aholi soni haqidagi aniq ma'lumotlar aholi ro'yhati o'tkazish yo'li bilan to'planadi. Aholi ro'yxatlari orasidagi davr uchun, esa har yilgi tug'ilish, o'lim va migratsiya jarayonlarini e'tiborga olgan holda aholi soni maxsus uslublar yordamida hisoblanadi. Demografik jarayonlarni o'rganishda aholining yosh-jinsiy, nikoh va oilaviy tarkibi muhim omil hisoblanadi. Ahoteining jinsiy tarkibi nikohga kirish va aholining oilaviy tarkibining shakllanishida asosiy demografik zamindir. Demografiyada jinslar munosabatini aniqlashda ikki xil ko'rsatkich qo'llaniladi. 1. Jami aholi tarkibida jinslar salmog'ifoiz hisobida. Masalan, 200 yil O'zbekistonda jami aholi 24582,8 ming kishini tashkil etadi. Ulardan erkaklar 12232,7 va ayollar 12350,1. Ushbu ko'rsatkichlar asosida jami aholi tarkibida erkaklar 49,8 foizni, ayollar esa 50,2 ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.31 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.31 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc