Aholining etnik va sotsial tarkibi Reja: 1. Dunyo aholisining irqiy tarkibi. 2. Mangoloid irqi. 3. Yevropoid irqi. 4. Ekvatorial irqi. Odamlar qadimdan jamoa bo'lib, qon-qarindosh bo'lib yashab kelganlar. Ana shunday birikmalarning eng muhimlari ularning irqiy va etnik birikmalaridir. Irq bu odamlarning kelib chiqishi gavda tuzilishi va qiyofasi o'xshash bo'lgan tarixan tarkib topgan hududiy birligidir. Irqlarning paydo bo'lishi va odamlar o'rtasidagi irqiy belgilar hamda xususiyatlarini kelib chiqishi haqida har xil fikrlar bo'lib keng tarqalganlari ikkitadir. Antropologlarning bir qismi irqlar juda qadim Afrika, Yevropava Osiyoning bir necha markazlarida vujudga kela boshlagan deb hisoblaydilar. Bu litsentrizm nazariyasidir. Ikkinchi guruh olimlari hozirgi zamon kishisi bir markazda vujudga kelgan keyinchalik odamlar dunyoning turli qismmlariga tarqalib ketgan. Natijada tabiiy sharoiti bir-biridan keskin farq qiluvchi tabiiy sharoitga tushib qolishi natijasida hozirgi irqiy belgilar vujudga kelib rivojlanib borgan degan g'oyani ilgari suradilar. Irqlar xalqlarning asosan tashqi ko'rinishiga va undagi farqlarga hamda ba'zi fiziologik belgilarga qarab ajratiladi. Kishi terisini ko'z va sochining rangi, yuz tuzilishi, bosh suyagining shakli, burun va laboratoriya tuzilishi ko'zlarining qisiq keng bo'lishi erkaklarning yuzi va tanasida uning uzun qisqaligi hamda keyingi paytlarda e'tibor berilayotgan ichki belgi va xususiyatlar tish tuzilishi va boshqalar kiradi. Yer sharida uchta katta irq: yevropoid, mongoloid va ekvatorial hamda ko'plab aralashirqiy formalar ajratiladi. Turli irqlar o'rtasidagi farqlar qanchalik aniq bo'lmasin irqdan qat'iy naar hozirgi zamon kishilari o'rtasidagi morfologik, fiziologik va psixologik o'xshashliklar mavjud farqlardan bir necha marta ko'p va chuqurroqdir, tarixiy farqlar va tajribalar shuni ko'rsatdiki, yashayotgan sotsial- iqtisodiy sharoit, tarbiya va boshqa sharoitlar bir xil bo'lganda har xil irqqa mansub kishilarning aqliy qobiliyati bir-biridan farq qilmaydi. Uchta irq dunyoning barcha aholisini qamrab ololmaydi. Asosiy katta irqlarga yaqin hududlarda har turli irqiy belgilarga ega bo'lgan xalqlar qadimdan yashab kelishgan. Keyingi davrlarda irqlararo nikohning ko'payishi natijasida turli irqlar o'rtasidagi aralash irqlar ham ko'payib bormoqda. Yevropoid irqi dunyo ahosilining 46,8 % ni o'z ichiga oladi. Asosiy irqiy belgilari: tana terisi oq yoki qoracharoq bo'ladi. Sochlari to'lqinsimon yoki to'g'ri, ba'zan o'rtacha bo'ladi. Burinlari kichik, tor, lablari yupqa va h.k. bu katta irq ikki guruhga - shimoliy va janubiy guruhlarga bo'linadi. Mongoloid irqi dunyo aholisining taxminan 35,9 % ni tashkil etadi. Asosiy irqiy belgilari: tanasi och sariq yoki och qo'ng'ir rangli, sochlari to'g'ri va qatiq, erkaklarining ko'zlari qisiq va suyagi chiqqanroq bo'ladi. Mongoloid irqi ham ikki guruhga bo'linadi. Osiyo va Amerika guruhlari. Ekvatorial irqi dunyo aholisining 5,8 % ni o'z ichiga oladi. Asosiy irqiy belgilari: terisi qora, sochlari qora, jingalak, burni keng, lablari qalin. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.9 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.9 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc