Aholining geografik o'rganilishi

Aholining geografik o'rganilishi

O'quvchilarga / Geografiya
Aholining geografik o'rganilishi - rasmi

Material tavsifi

Aholining geografik o'rganilishi Qadim zamonlardan boshlab olimlar turli mamlakatlarning tabiati va xo'jaligini o'rgani, tasvirlash bilan birga ularning aholisini tavsiflashga ham katta etibor berganlar. Aholini o'rganish bo'yicha tabaqalanish yani demografiya hamda etnografiyaning vujudga kelishi XVII-asrning boshlariga kelib ro'y berdi. XIX - asrning oxirlarida esa antropogeografiya (Germaniyada, F.Ratsel) shakillandi. Uning negizida geografik detirminizm, yani «Inson va xalqlarning ruhi va jismiga» tabiiy muhitning hal qiluvchi ta'sir etish g'oyasi yotgan. XIX - asrning oxirlarida va XX - asrning boshlariga kelib Fransiyada inson geografiyasi shakillandi. Uning yirik nomoyondalari (P. Vidal de la blash, J.Bryun) asosiy Etiborni tabiyat va jamiyatning o'zaro ta'siri masalalariga qaratdilar. Mazkur yo'nalishning vakillari antropogeografiyadan farqli o'laroq, aholining geografik rivojlanishi xususiyatlarining sabablarini nafaqat tabiiy, balki, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va ruhiy omillar bilan ham tushuntiriladi. Hozirda, aholi geografiyasi turlicha yo'nalishlar geodemorafiya, shaharlar geografiyasi, tigratsiya geografiyasi, aholi geografiyasida matematik modellashtirish bo'yicha rivojlangan mamlakatlarning universitetlarida o'qitiladi. Aholi geografiyasi tadqiq etilgan ko'plab asarlar rus tilida ham chop etiladi. Ular jumlasiga D.Forrester va boshqalarning «geografiya gorodov», «dinamika razvitiya goroda», J.Boje Gorno'e va J.Jabolarning «ocherki po geografii gorodov » kabi asarlarni kiritish mumkin. Aholi geografiyasini rivojlanishida sobiq sovet davri ham adohida o'rin tutadi. Bu davrda aholi geografiyasining rivojlanishiga N.N.Baranskiy, R.M.Kabo, V.V.Pokishevskiy, O.A. Konstantinov, Yu.G. Sautkin , S.A.Kovolevlar katta hissa qo'shdilar. Bu sohada hozirda ham salmoqli tadqiqotlarni amalga oshirayotgan yirik olimlar jumlasiga G.M.Lappo, B.S.Xorev, V.P.Maskovskiy, A.N. Alekseev va boshqalarni kiritish mumkin. O'zbekistonda aholini turli jihatdan geografik o'rganishda Kovalev S.A , Tashbekov E, Valieva R, Qoroxonov M, Salimov X, Axmedov E, Qayumov A, Bo'rieva M va boshqalarni takidlash lozim. O'zbekistonning demografik rivojlanishi esa I.R.Mullajonovning ishlarida batafsil yoritilgan. O'tgan asrning 90- yillaridan boshlab, O'zbekistonda aholi va uning ijtimoiy rivojlanishi masalalarini geografiya o'rganish kuchaydi. Ijtimoiy geografiyaning yana bir prinsipi demotsentrizm yoki antropotsentrizmdir. Chunki, barcha hududiy, iqtisodiy munosabatlar asosida eng avvalo inson moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchisi va ayni paytda ularning iste'molchisi joy oladi. Qolaversa tarix, jamiyat tarixi ham insonsiz bo'lmaydi. Bundan tashqari, dastavval sof ma'naviy manoga ega bo'lgan ekalogiya tushunchasi ham industriyalashtirish va urbanizatsiya tufayli sotsial yoki inson ekalogiyasiga aylanmoqda. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda, ijtimoiy - texnika taraqqiyoti va boshqalarda inson omili, uning talab va ehtiyoji, dunyoqarashi muhim o'rin tutadi. Shu nuqtai nazardan demotsentrik tamoyil ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishda etiborga olinishi bilan bir qatorda insonning o'zi ham o'rganilishi ahamiyatdan holi emas. Chunonchi, uning o'qishi, dam olishi, davolanishiga o'xshash bevosita ishlab chiqarish jarayonidan tashqarida yotgan va kishi yashashi bilan bog'liq barcha masalalar sotsiologiya, etnografiya, psixologiya fanlari qirrasida tadqiq etilishi kerak. Shunday qilib, hududiylik, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.6 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.6 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga