Aholining hududiy taqsimlanishi va zichligi, aholi manzilgohlari

Aholining hududiy taqsimlanishi va zichligi, aholi manzilgohlari

O'quvchilarga / Geografiya
Aholining hududiy taqsimlanishi va zichligi, aholi manzilgohlari - rasmi

Material tavsifi

Aholining hududiy taqsimlanishi va zichligi aholi manzilgohlari Reja: Zichlik to'g'risida tushuncha. Aholining hududiy joylashuviga ta'sir etuvchi omillar. Dunyo aholisining hududiy joylashuvi. O'zbekiston aholisining hududiy joylashuvi va zichligi. Ahloi geografiyasi fanining muhim kotegoriyasi. Shahar va qishloq tushunchalari. Pokshishevskmyo Formalari. Aholi manzilgohlarini shaharlarga aylanishi. Aholining hududiy joylanishi - yer yuzining kishilar tomonidan o'zlashtirilishi bilan bog'liq bo'lgan juda uzoq tarixiy jarayonning natijasidir. Yer sharinig turli qisimlarida, turli mamlakatlarda aholining hududiy joylashishi va zichligi tarixiy, ijtimoiy - iqtisodiy va tabiyi omillar ta'sirida vujudga keladi. Bu asosiy omillar dunyoning turli qisimlarida ham hududiy va xech vaqt nuqtai nazardan bir xil emasligi va xech qachon bunday bo'lmasligi o'z - o'zidan ma'lum. Shuning uchun ham turli kontinentlarda, uning zichligida katta farqlar mavjud. Odatda aholining hududiy joylashuvini har bir kvadrat kilometrga to'g'ri keladigan aholi soni bilan ko'rsatiladi. Yer sharida aholining o'rtacha zichligi har kv km ga 47 kishi to'g'ri keladi. Ammo dunyoning turli qisimlarida aholining zichligi turlichadir. Dunyoning ayrim hududlarida zichlik juda yuqori Germaniyaning Rur havzasida, angliyaning Midlend rayonida o'rtacha zichlik 100 kishiga etadi. AQSHning Atlantika sohilidagi katta hududda (Bostondan Voshingtongacha) o'rtacha zichlik 300 kishidan ortiq. Bu hududlarda yuqori zichlik asosan industrial taraqqiyot va yirik shaharlarinig keng rivojlanganligi hisobiga bo'lsa, dunyoning ayrim rayonlarida ko'p mehnat talab qiladigan qishioq xo'jaligi ham yuqori zichlikka sababchi bo'lmoqda. Masalan, Bangiladej davlatida o'rtacha zichlik 400 kishi, Indoneziyaning Yava orolida 500, Hindistonning ayrim hududlarida 300 kishidan ortiqdir. Misr Arab Respublikasining Nil daryosi delvtasida zichlik 800 kishiga etadi. O'zbekistonning ayrim qishloq xo'jalik rayonlarida ham aholi zich (Moldaviya, G'arbiy Ukraina va O'zbekistonning yirik qishloq xo'jalik rayonlarida zichlik 300 - 400 kishiga etadi) Professor Yo. G. Saushkin obikor dehqonchlik, tronik dehqonilgi va ayniqsa sholikorlik rivojlangan rayonlarda aholining juda zich yashashligi haqida ko'plab misollar keltirib hulosa chqargan: Keyinroq o'zlashtirilgan va yangidan sug'orila boshlangan yerlardagiga nisbatan qadimdan sug'orib kelinayotgan yerlarda aholi doimo zichroq bo'ladi: Sug'oriladigan hududlar orasida sholi ekiladigan rayonlarda aholi ayniqsa zich bo'ladi. Boshqa g'alla ekinlari va texnika ekinlari ekiladigan rayonlarda zichlik sholikorlik rayonlaridagiga nisbatan past bo'ladi. Agar dunyo aholisinig joylashuvi va zichligi kartasiga nazar tashlasak aholi eng ko'p va zich yashaydigan areallarni ajratish qiyin emas. Birinchi navbatda eng yirik to'rtta ana shunday areal yaqqol ko'zga tashlanadi. 1) Eng yirik birinchi areal o'z ichiga Hindiston yarimorolini, janubiy - sharqiy Osiyoni, Xitoyning sharqiy qisimini, Koreya yarim orolini va Yaponiyani oladi. Bu arealning ko'pchilik qismida (Masalan, Gang daryosi vodiysi, Yava oroli, Yanszi havzasi va boshqa) zichlik 200 kishiga etadi va undan ham ortadi. Faqat tog'li o'lkalarda zichlik birmuncha past. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.85 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.85 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga