MAVZU: Aholining migratsion harakatlari. Migratsiya ko'rsatkichlari Reja: 1. Aholining mexanik (migratsion) harakati 2. Aholi migratsiyasiga ta'sir etuvchi omillar 3. Migratsiya turlari. Migratsiya ko'rsatkichlari 4. Migratsiya ko'rsatkichlarini hisobga olish, u bilan bog'liq tushunchalar (migratsiya darajasi, migratsiya koeffitsiyenti, migratsiya balansi va saldosi) 5. Aholi migratsiyasining tarixiy davrlari 6. Xalqaro migratsiya markazlari So'ngi ikki asrdagi jahonda rо'y bergan migratsiya oqimini taxminan tо'rtta davrga bо'lish mumkin. Birinchi davr (XIX asr va XX asrning boshlari 1914 yilgacha). Bu davrda Rossiyadan tashqari Yevropaning hamma mamlakatlarida odamlar bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga bemalol hech qanday ruxsatsiz va pasportini almashtirmasdan birgina XIX asrda, ya'ni 100 yil mobaynida Yevropa aholisining 12% boshqa mamlakatlarga kо'chib kelaverishi munosabati bilan ushbu mamlakatga kо'chib keluvchilar hammasini ham qabul qilavermaslik haqida qarorlar qabul qilindi. Ayniqsa, Osiyodan kо'chib boruvchilar uchun pasport rejimi qiyinlashtirildi. Xitoyliklarni to XIX asrning oxirigacha Amerikaga kо'chib kelishlari ta'qiqlandi. Ikkinchi davr (1914-1945 yillar), kо'pchilik Yevropa davlatlaridan muxojirlarning kо'chib kelishiga qarshi bо'lgan qonunlar qabul qildilar, chunki birinchi jahon urushi davrida va ayniqsa, ikkinchi jahon urushi arafasida Yevropadan siyosiy va boshqa turli ta'qiblar ostiga olingan millionlab kishilar Yevropa davlatlarini tark etib boshqa mamlakatlarga kо'chib ketishayotgan edi. AQShda 1921-1924 yillarda immigrantlar soniga kvota e'lon qilindi. U yiliga AQSH ga mumkin bо'lgan kо'chib keluvchilar sonini 162 kishi deb belgilandi. Yevropaliklar shu davr ichida asosan Lotin Amerikasiga, inglizlar esa о'z koloniyalariga kо'cha boshlandi. Angliyada 1922 yilda kо'chib ketuvchilar uchun alohida qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga binoan inglizlar о'z dominionlariga kо'chib borishayotganlarida ularga moddiy yordam kо'rsatiladigan bо'ldi. Shunday qilib, inglizlar dominionlarida о'zlarining fuqarolari joylashtirilishini, davlat miqyosiga kо'tardilar. Haqiqatdan ham, hozirgi paytda Buyuk Britaniya hamkorligidagi davlatlarning kо'pchilik aholisini inglizlar, ular Avstraliyada (96%) ni, Kanadada (45%) ni, Yangi Zelandiyada (75-80%) ni tashkil qiladi. Uchinchi davr (1945-1975 yillar). Ushbu davrdagi migratsiya jarayoniga ikkinchi jahon urushning va neft krizisining asoratlari ta'sir qildi. Millionlab odamlar nemis asrligidan mamlakatlariga, Germaniyadan qochib ketgan nemislar esa, о'z vatanlariga qaytdilar. Shunday jarayon 1946 yilning oxirida Osiyo qit'asida ham rо'y berdi. Xitoyda Manchjuriyadan, Janubiy Koreyadan 6 mln. yaponlar Yaponiyaga repatratsiya qilindi. 1947 yili Hindiston ikkiga bо'linib, Pokiston Respublikasi tashkil qilinishi munosbati bilan 8 mln. hindlar Hindistonga, 6 mln musulmonlar esa Hindistondan Pokistonga kо'chib о'tdilar. Urushdan keyin mamlakatlar о'z iqtisodiyotini tiklash uchun, qо'shimcha ishchi kuchi kerak bо'ldi. Kо'pchilik mamlakatlar migratsiyasini cheklagan qonunlarini kamaytirib, о'rmonga immigrantlar uchun bir qancha qulayliklar tug'diradigan yangi qonunlar qabul qilishdilar. Masalan, AQSH da qabul qilingan yangi qonunga kо'ra, migratsiya erkinlashtirildi va milliy tarkibga belgilangan kvotalar ham bekor qilindi. Shu davrdan boshlab, ya'ni 1946-1966 yillarda AQShga 4,3 ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
96.26 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
96.26 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: pptx