Aholining tadrijiy o'zgarishi, joylashuvi va takror barpo bo'lishi

Aholining tadrijiy o'zgarishi, joylashuvi va takror barpo bo'lishi

O'quvchilarga / Geografiya
Aholining tadrijiy o'zgarishi, joylashuvi va takror barpo bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Aholining tadrijiy o'zgarishi, joylashuvi va takror barpo bo'lishi Yer shari aholisi butun tarixi davomida sekinlik bilan o'sadi. Bunga eng avvalo insonning tabiatga qaramligi, ishlab chiqarish darajasining pastligi, urushlar, epidimiyalar va ocharchiliklar katta ta'sir ko'rsatdi. Eramizgacha 800 yil avval dunyo aholisi sonida o'sish tezlashdi va ayniqsa XX asr boshlarida dunyo aholisining yillik o'sishi o'rtacha 10 mln kishini tashkil qilgan bo'lsa, 50 - yillarda esa 80 mln kishiga etdi. 1987 - yilda yer shari aholisi soni 5 mlrd kishi, 200 - yilda esa 6 mlrd kishidan ortib ketdi. Birgina XX asrning o'zida dunyo aholisi 3,5 barobarga ko'paydi. Aholi soni ayniqsa, 60-70 yillarda tez ko'paydi. Uning bunday tez ko'payishi ilmiy adabiyotlarda «demografik portlash» deb ataladi. Ushbu jarayon ko'proq Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlari uchun xosdir. Dunyo aholisi juda notekis joylashgan. Yer sharining aholi zich joylashgan 7% quruqlik qismida jami aholining 70% i to'plangan. Quruqlikning aholi yashaydigan qismida o'rtacha aholi zichligi 1 km kv 45 kishini tashkil etadi. Ammo, ushbu ko'rsatkich Makaoda - 21559 kishini, Singapurda - 6453 kishi, azo sektorida - 3041 kishi, Yaponiyada -336 kishi, O'zbekistonda 54 kishi, AQSH da 28 kishi, Rossiyada 9 kishi, Mongoliyada - 2 kishiga teng. Shu bilan birga, quruqlikning aholi yashaydigan qismining yarmidan ortiqrog'ida aholi zichligi 1 km kvda o'rtacha 5 kishini tashkil qiladi. Yer sharining 15% quruqlik qismi hanuzgacha inson tomonidan butunlay o'zlashtirilmagan. Yer yuzasi bo'ylab aholining bunday notekis joylashuviga eng avvalo, tabiiy, ijtimoiy - iqtisodiy va tarixiy omillar ta'sir ko'rsatadi. Dunyo aholisi 200 - yili 6055 mln kishini tashkil qilgan bo'lsa, undan 3049 mln. kishi yoki 50,3% erkaklardan iborat. Har 100 ayolga 101,4 erkak aholi to'g'ri keladi. Dunyo aholisining o'rtacha yoshi - 26,6 yoshdan iborat. Dunyo aholisi mamlakatlarining sotsial - iqtisodiy tipi bo'yicha ham juda notekis taqsimlangan. Barcha aholisining 21,0 % rivojlangan mamlakatlarga 80% (1998 yil) esa rivojlanayotgan mamlakatlarga to'g'ri keladi. Shuningdek, Afrikada jahon aholisining 12,7 %, Osiyoda 60,7%, Yevropada 12,4%, Lotin Amerikasida (Karib havzasi mamlakatlari bilan)-8,5%, Shimoliy Amerikada 5,2 %, Okeaniyada -0,5 % to'plangan. Aholining takror barpo bo'lish jarayonlari dunyoning turli regionlari, mamlakatlarida turlicha bo'lib, unga quyidagi omillar ta'sir ko'rsatadi. - ijtimoiy - iqtisodiy (aholining farovonlik darajasi ma'lumotlilik darajasi; sog'liqni saqlash tizimining rivojlanganligi; jamiyatda ayollarning tutgan o'rni; regionning iqtisodiy rivojlanganligi va h.k. ). -tabiiy - biologik omillar (inson organizmining tabiiy muhitga turlicha moslashuvchanligi; ayollarning reproduktiv davrini turlicha bo'lishiga iqlimning ta'sirini; turli kasalliklar va ularning aholi o'limiga ta'siri) ; - demografik (aholining jins va yosh tarkibi, nikoh va ajrashish) Har bir ayolga to'g'ri ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.72 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.72 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga