Aholining yosh, jinsiy, irqiy, etnik, diniy va hududiy tarkiblari

Aholining yosh, jinsiy, irqiy, etnik, diniy va hududiy tarkiblari

O'quvchilarga / Geografiya
Aholining yosh, jinsiy, irqiy, etnik, diniy va hududiy tarkiblari - rasmi

Material tavsifi

9-sing Geografiya darsligi asosida 9 § - mavzu Aholining yosh, jinsiy, irqiy, etnik, diniy va hududiy tarkiblari Reja: Aholining yosh-jins tarkibi unga xos belgilar Dunyo aholisining yosh tarkibi Inson irqi Dunyo mamlakatlari aholisi Aholining yosh-jins tarkibi unga xos belgilar ichida eng muhimi hisoblanadi. Chunki yoshga qarab aholining jamiyatda tutgan o'rni va ahamiyati baholanadi. Dunyo aholisining yosh tarkibi Dunyo aholisining yosh tarkibi ham katta hududiy farqlarga ega. Bunda tug'ilish va o'lim dinamikasi hal qiluvchi rol o'ynaydi. Tug'ilish darajasining keyingi 10 -15 yil ichida yuqori bo'lishi aholi ichida yosh bolalar va o'smirlar umrining o'sishiga olib keldi. Ma'lumki, dunyo mamlakatlarining ko'pchiligida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi qatoriga erkaklarning 16 -59 yoshdagi va ayollarning 16 - 54 yoshdagi qismi kiradi. Mehnat resurslarining ulushi Yevropada eng yuqori ko'rsatkichlar bilan ifodalanadi (63 - 65%), Amerika hamda Avstraliya va Okeaniyada ushbu ko'rsatkich 58 -59% ni tashkil etadi. Osiyoda ham bu ko'rsatkich ancha yuqori Inson irqi - avloddan avlodga o'tuvchi o'xshash tashqi (teri, gavda) belgilarga ega bo'lgan, tarixan shakllangan kishilar guruhidir. Shunday belgilar qatoriga teri, soch va ko'z rangi, burun va lab shakli, bo'y va gavdaning taqsimlanishiga xos xususiyatlar va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda dunyo aholisini 3 ta asosiy (yirik): yevropoid (oq), mongoloid (sariq) va negroid (qora) irqlariga ajratish qabul qilingan. Yevropoid (oq) Mongoloid (sariq) Negroid (qora) Dunyo aholisi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning har xil bosqichlarida turuvchi xalqlar - etnoslardan iboratdir. Etnosning eng yuqori darajasi millat - hududi, iqtisodiyoti va madaniyati, tilining barqaror tarzda umumiyligi bo'yicha ajralib turuvchi insonlar yig'indisidan iborat. Ma'lumki, din jamiyat hayotida, turmushimizda juda katta rol o'ynaydi. Aholining diniy tarkibini bilish va uni to'g'ri baholash dunyoda bo'lib o'tayotgan voqea va hodisalarning ko'pchiligini to'g'ri tushunishva anglashga imkon beradi. Yevropada xristian dinining barcha shakllari keng tarqalgan. Katoliklik, asosan, qit'a janubida, qisman g'arbida va markazida, protestantlik shimolida va markazida hukmrondir. Xristian dini Katolik dini Sobiq Ittifoq davlatlarida pravoslav va islom dinlari keng tarqalgan. Osiyoda barcha dunyoviy dinlar va yirik milliy din keng tarqalgan. Osiyoda, ayniqsa, islom dini katta rol o'ynaydi. Yer yuzida aholi juda notekis joylashgan. Aholining o'rtacha zichligi (1 km2 ga to'g'ri kelgan aholi soni) doimiy aholisi mavjud hududlar (130 mln. km2) doirasida 53,6 kishini tashkil qiladi. Migratsiya jarayoni aholi hududiy harakatining asosiy turi bo'lib, u inson bilan tabiat o'rtasida aloqadorlik vujudga kelgandan buyon shakllanib, rivojlanib kelmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.07 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.07 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga