Alp tog'laridagi Matterxorn massivi

Alp tog'laridagi Matterxorn massivi

O'quvchilarga / Geografiya
Alp tog'laridagi Matterxorn massivi - rasmi

Material tavsifi

Alp tog'laridagi Matterxorn massivi Hindixitoy doirasida mezozoidlar tarqalgan oblast Alp-Himolay burmali mintaqasiga borib tutashadi; Alp-Himolay burmali mintaqasi g'arbda Pireney yarim orolidan janubi-sharqda Zond orollariga qadar butun Yevrosiyo bo'ylab cho'zilib ketgan. Bu mintaqaning butun g'arbiy qismi, yani Pk-reney va Andaluziya, Alp, Karpat tog'lari, Apennin va Bolqon yarim orolidagi tog'lar, Old Osiyo tog'liklari (Kichik Osiyo, Armaniston va Eron tog'liklari), Hindikush va Himolay tog'lari hozirgi zamon tektonik kartalarida haqiqiy alp burmalanishida paydo bo'lgan tog'lar zonasiga, Hindixitoyning g'arbidagi tog'lar, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyodagi orollar esakaynozoy oxiridagi, yani hali uzil-kesil shakllanmagan tog'lar zonasiga kiritiladi. Butun mintaqa uchun nisbatan qadimiy strukturalarning, yani paleozoyda yoki hatto undan oldin burmalangan o'rta massivlarning tarqalganligi xarakterlidir. Bu o'rta massivlar hozirgi relefda bir necha tekislangan yuzalar yarusidan va zinapoyasimon-uzilmali yon bag'irlardan iborat o'rtacha balandlikdagi tog'lardir. Bu tipdagi relef Kalabriya tog'lari, Bolqon yarim orolidagi Rodopmakedoniya massivi va O'rta Eron tog'lari uchun xarakterlidir. 10. Elburs tog' tizmasidagi Damovand vulkanik massivi. Qadimgi kristalli yadrolari (o'zaklari) hamda cho'kindi yotqiziqlar komplekslariga bo'lgan va murakkab tuzilgan alp antiklinoriylariga Janubiy Yevropabilan Janubi-G'arbiy Osiyonnig tog' sistemalari: Alp, Pireney tog'lari, Elburs, Zagros, Hindikush, Himolay tog'lari bo'ylab cho'zilgan baland va eng ulkan burmali hamda burmali-palaxsali tog' tizmalari to'g'ri keladi. 300 m da va undan balandda bu tog'lar tipik alp relefiga egadir. Baland tog' sistemalarining chekka zanjirlari, shuningdek, Karpat, Bolqon, Apennin, Dinara tog'lari, Tavr, Makron tizmalari va boshqalar flish bukilmalari o'rnida vujudga kelgan yoki mezozoy karbonatli jinslaridan tarkib topgan bo'lib, uncha baland ko'tarilmagan; shu sababli ular erozion relef ustun turuvchi o'rtacha balandlikdagi tog'lar relefiga egadir. Butun Alp burmali mintaqasi bo'ylab karbonatli jinslarning ko'p tarqalganligi karst hosil bo'lishi va karst relefi shakllari paydo bo'lishi uchun qulay sharoit yaratgan. Karst relefi shakllari Apennin, Dinara, Tavr tog' lari uchun ayniqsa xarakterlidir. Vulkanik jarayonlar hamda vulkanogen relef shakllari O'rta dengiz qirg'oqlari, Karpat tog'lari, Armaniston tog'ligi va Elburs tog'laridagi yer po'stining eng katta uzilmalari chizig'i bilan bog'liqdir. Tog' yoylarining tashqi tomonida, chekka bukilmalarda akkumulyativ plato va pasttekisliklar (Alpoldi va Karpatoldi platolari, Andaluziya pasttekisligi, Mesopotamiya va Hind-Gang pasttekisliklari) paydo bo'lgan. Baland va past akkumulyativ tekisliklar, shuningdek, uzilmalar bilan chegaralanuvchi tog' orasi botiqlarida ham vujudga kelgan; bu botiqlar Alp burmali mintaqasining ichidagi burmalangan turli strukturalarda joylashgan. Bu tipdagi eng katta akkumulyativ tekisliklar-O'rta Dunay va Padan tekisliklari, Anatoliya platosi, Eron tog'ligining ichki platosidan iborat. Osiyonikg orollardan iborat janubi-sharqiy va sharqiy chekka qismlari Tinch okean tektonik mintaqasi tarkibiga kiradi. Hindixitoyning Birma doirasidagi g'arbiy qismi kaynozoy erasining oxirida paydo bo'lgan o'rtacha balandlikdagi burmali-palaxsali tog'lardan iborat. Bu tog'lar Sumatra, Kalimantan, Tayvan, Xokkaydo, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 284.17 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 284.17 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga