Alp tog'laridagi o'rmonning yuqori chegarasi

Alp tog'laridagi o'rmonning yuqori chegarasi

O'quvchilarga / Geografiya
Alp tog'laridagi o'rmonning yuqori chegarasi - rasmi

Material tavsifi

Alp tog'laridagi o'rmonning yuqori chegarasi Tog' oldidagi Alp platosida podzol tuproqlar tarqalgan; uning sharqiy qismida o'rmon o'simliklari g'arbiy qismidagiga qaraganda yaxshiroq saqlangan. Shveytsariya yassi tog'ligiga qaraganda aholnsi siyrakroq bo'lgan Bavariya yassi tog'ligida bargli va aralash o'rmonlar bor, ular oralig'ida torfli botqoqliklar jonlashgan. Anchagina yerlar haydalgan. Yirik ko'llarning ko'pligi va shimol tomondan Yura tog'lari bilan to'silganligi tufayli iqlimi iliqroq bo'lgan Shveytsariya yassi tog'ligida tabiiy tuproq-o'simlik qoplamida qo'ng'ir tuproqli dub-buk o'rmonlari ko'pchilikni tashkil etadi. Lekin bu yerda tabiiy landshaft hech bir yerda deyarli saqlanmagan. Yassi tog'likda aholi zich o'rnashgan-Shveytsariyaning deyarli barcha aholisi shu yerda joylashgan. Yassi tog'lik yer yuzasining katta qismini oug'doyzorlar, ekilgan bo'liq o'tloqlar, mevali bog'lar egallagan. Issiqsevarroq o'simliklar, chunonchi, tok ko'llar bo'yida o'stiriladi. Yura tog'lari yonbag'irlarini buk o'rmonlari qoplagan. Vodiylar aholi punktlari va ishlanadigan yerlar bilan band. Tog' tepalarshshng ko'p qismi yozgi yaylovlar bo'lib xizmat qiladigan ajoyib o'tloqlardan iborat. Padan pasttekisligining tabiiy o'simliklari-o'rmon qo'ng'ir tuproqlarida o'suvchi buk o'rmonlari butunlay kesib yuborilgan. Pasttekislikning tabiiy sharoiti dehqonchilikuchun juda qulay, shu sababli bu yerda odamlar juda qadimdan yashaydi. Yerlar, bog'lar, ekinzorlar va uzumzorlar bilan band. Faqat daryolar qirg'oqlari bo'ylab yakka-yakka dub hamda teraklar saqlanib qolgan. Bog'larda va qishloqlar atrofida dafna (lavr), anor va anjir, sarv o'sadi. Bugdoy va makkajo'xori ekilgan dalalarning har yer-har erida mevali daraxtlar o'sib turadi, tok esa ko'pincha qayrag'och hamda tut daraxtlariga chirmashib kstgan. Dalalardan yiliga ikki-uch marta hosil yig'ib olinadi. Bu esa tuproqning juda oriqlab kstishiga olib keladi, lekin tuproq hosildorligi tiklanmaydi. Shu sababli ko'p yerlar foydalanishga yaramay, ishdan chiqib qoladi. Alp tog'larining o'zida tuproq-o'simlik qoplami manzarasi hammadan ham murakkab. Alp tog'lari mo'tadil mintaqaning okean yoni sektori balandlik mintaqalanishi uchun klassik misol bo'ladi. Alp tog'larining quyi mintaqasi, taxminan 100 m balandgikkacha iqlimi va o'simlik qoplamiga ko'ra juda rang-barang, uning tabiiy sharoiti qo'shyi tekisliklar tabiiy sharoitigao'xshab ketadi. Janubda O'rta dengiz bo'yining ta'siry sezilib turadi va bu yerda tuproq hamda o'simliklarning subtropik tiplarini uchratish mumkin. G'arbda yonbag'irlar bo'ylab qo'ng'ir o'rmon tuproqlarida o'suvchi dub, kashtan va buk o'rmonlari, shimolda podzol tuproqlarda issiqlikni kamroq talab qiluvchi aralash o'rmonlar yuqoriga ko'tarilib chiqadi, sharqda Alp tog'lariga o'rmondasht taqalib keladi. Aholi eng ko'p yashaydigan va tabiiy o'simlik qoplami anchagina o'zgargan bu quyi mintaqa Alp tog'larining madaniy mintaqasi deb ataladi. Tog'larning baland qismlarida iqlim sharoiti ancha bir xil. Taxminan 1800-2200 m balandlikkacha qo'ng'ir va podzol tuproqlarda o'suvchi o'rmonlar mintaqasi joylashgan, mintaqada temperatura o'rtacha va yog'in mo'l tushadi. O'rmonlardagi daraxt turlari balandlikka qarab, shuningdek, joylashgan o'rni hamda yonbag'irlar ekspozitsiyasiga qarab o'zgaradi. Sernam joylarda, soya-salqin shimoliy yonbag'irlarda ko'pincha el ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.76 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.76 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga