Alp tog'laridagi Rona muzligi

Alp tog'laridagi Rona muzligi

O'quvchilarga / Geografiya
Alp tog'laridagi Rona muzligi - rasmi

Material tavsifi

Alp tog'laridagi Rona muzligi Osiyo tog'larining hozirgi muzlanishi ancha katta, lekin bu tog'larning balandligiga qaraganda bundan ham katta bo'lishi mumkin edi. Eng baland tog'lar materikning ichki rayonlarida qad ko'targan bo'lib, iqltshning keskin kontinentalligi va yillik yog'in miqdorining kamligi bilan xarakterlanadi; shu sa-babli qor chizig'i va muzliklarning pastki chekkasi ancha balandda.yotadi. Qor chizig'ining balandligi Qoraqurum va Kunlunda 500-5500 m, Himolay- tog'larida 4500-500 m. Muzliklar 400 m dan pastga tushmaydi. Qoraqurum-bazi muzliklarining uzunligi 60 km ga etadi; Himolay tog'lari janubiy yonbag'ridagi muzliklarning maksimal uzunligi-26 km. Sharqiy Tyanshanda qor chizig'ining balandligi 3700 m va eng katta muzlikning uzunligi 40 km. Shunday qilib, muzliklardan to'yinuvchi daryolar tipi Yev- rosiyoning tabiiy sharoiti turlicha bo'lgan ko'plab rayonlari uchun xarakterlidir. Muzlik va qorlarning erishidan to'yinuvchi daryolar katta ahamiyatga egadir. Yevropamamlakatlarida ularning energetika resurslaridan foydalaniladi, Osiyoning qurg'oqchil rayonlarida esa bu daryolarning sug'orishda ahamiyati juda kattadir. Materikning turli to'yinish manbaiga ega bo'lgan rejimi murakkab va xalq xo'jaligida eng katta ahamiyatga molik katta daryolari maxsus ta'riflashni taqozo etadi. Dunay-xorijiy Yevropaning eng katta daryosidir. Uning uzunligi 2850 km, havzasi maydoni-817 ming km2, quyilishi qismidagi yillik o'rtacha suv sarfi 6430 m3sek. Dunay daryosi 11vartsvald massividan 100 m balandlikdagi ikki irmoqdan boshlanadi. Shundan so'ng Bavariya yassi tog'ligining chekkasi bo'ylab, keyin esa Chexiya massivi bilan Sharqiy Alp tog'larining shimoliy yonbag'ri orasidan asosan geografik kenglik yo'nalishida oqib o'tadi. Shunday qilib, Dunay daryosi Vena shahriga qadar balandligi 200 m dan ortiq bo'lgan sertepa qirlar hamda platolardan oqadi. Daryo oqimining Vena shahrigacha bo'lgan qismi Dunayning yuqori oqimi deb ataladi. Bu yerda Dunayga ko'pdan-ko'p irmoqlari kelib quyiladi; bu irmoqlardan yiriklari (Iller, Leh Izar va Inn) Alp tog'laridan oqib tushadi va muzliklardan to'yinadi. Yuqori Dunayning oqim rejimi xususiyatlarini bu irmoqlari belgilaydi; Dunayning bu qismi haqiqiy alp tipidagi daryolar xususiyatlariga ega bo'lib, suv sarfi yozning birinchi yarmidan eng ko'payadi. Alp tog'larida daryolarning yozgi to'lib oqishi quyi oqimlariga ham yoyiladi va o'rta oqimida bir oz yumshagan holda yil bo'yi seziladi. Dunayning o'rta oqimi Vena shahridan boshlanadi. Dunay daryosi O'rta Dunay pasttekisligini avval geografik kenglik bo'ylab, so'ngra esa meridional yo'nalishda kesib o'tar ekan, unga Alts tog'laridan (Raba, Mur irmog'i bilan Drava, Sava) va Karpat tog'laridan (Nitra, Gron va Dunayning eng yirik irmog'itisa) eng yirik irmoqlari kelib quyiladi. Dunay o'rta oqimi rejimining xususiyatlari O'rta Dunay pasttekisligining kontinental iqlim sharoiti va daryo yuqori oqimining rejimi bilan belgilanadi. Pasttekislikda qishda havo sovuq bo'lib turadi va qor yog'adi, yoz, ayniqsa uning ikkinchi yarmi issiq keadi. Dunay har- yili qisqa vaqt bo'lsada, har holda qish oylarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.37 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.37 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga