Amaliy landshaftshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi

Amaliy landshaftshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Geografiya
Amaliy landshaftshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Amaliy landshaftshunoslikning vujudga kelishi va rivojlanishi Reja: 1. Amaliy landshaftshunoslikning maqsadi va vazifalari 2. Amaliy landshafshunoslikniig tadqiqot bosqichlari 3 . Landshaftlarni baholash Amaliy landshaftshunoslikning tub mohiyati halk ho'jaligining turli xil amaliy maqsadlarini hal etishda landshaft haqidagi ta'limotning naza-riy tamoyillari va usullaridan foydalanish va tadbiq etishdan iboratdir. Landshaftshunoslikning amaliy jihatlaridan biri, asosan xalq ho'jaligining u yoki 6u tarmog'i talablaridan kelib chiqqan holda landshaftlarni ta'riflovchi turli ma'lumotlar bilan ta'minlab turishdir. Bunday ma'lumotlarga, masalan, landshaft xaritalari, tabiiy geografik ri-vojlantirish natijalari, landshaftlarning batafsil ta'rifi va hoka'zolar kiradi. Landshaftlarga taalluqli ma'lumotlarni amaliyotga tadbiq qilishni-ng yana bir turi landshaftlarni xalq ho'jaligining ma'lum tarmoqlari maq-sadlarida baholash bo'lishi mumkin. U ayniqsa qishloq ho'jaligi maqsadlarida yo'l qurilishi, shahar qurilishi, sog'likni saqlash yoki rekreatsiya maqsadlarida qilingan ishlarda yaqqol ko'zga tashlanadi. Ammo landshaftshunoslik fanining maqsadi, tabiiy muhitni faqat o'rganibgina yoki baholabgina qolmasdan, balki tabiiy muhitni yaxshilash, samaradorligini oshirish resurslardan to'g'ri va oqilona foydalanishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishdir. Bundagi dastlabki qadamlardan biri xalq ho'jaligining yoki uning ayrim tarmoqlarining yirik va muhim dasturlarini ishlab chiqish-da, turli inshootlar qurilishlari, loyiha oldi izlanishlarida landshaftshu-noslarning faol ishtiroki bo'lishi kerak. Amaliy landshaftshunoslik bo'yicha qilingan izlanishlar mantiqan olganda umum amaliy landshaft xaritalariga asoslangan holda olib borilishi shart. Bunday xaritalar odatda yagona dastur metodika bo'yicha tuzilib, zalvorli (fundamental) tadqiqotlar ma'lumotlariga va natijalariga asoslangan, ya'ni geotizimlarning obyektiv umumilmiy tahliliga tayangan bo'ladi. Chunki ilmiy nazariy landshaftshunoslikda ham amaliy landshaftshunoslikda ham tadqiqot obyekti bir, ya'ni turli ko'lamdagi geotizimlar hisoblanadi. Ilmiy nazariy landshaft tadqiqotlaridan amaliy landshaft izlanishlariga o'tishda geotizimlarning ko'lami izlanishlarining qaysi ko'lamda olib borishini aniqlab olish ahamiyatlidir. Chunki izlanishlarning maqsadiga maydoning katta kichikligiga bog'liq holda uning bevosita izlanishi obyekti ham masshtabi ham turlicha bo'lishi mumknn. Amaliy landshaftshunoslik uchun zarur ma'lumotlarning yana biri bu umumilmiy landshaft xaritasida aks ettirilgan har bir landshaft majmuai har tomonlama yoritib bora oladigan ta'rifdir. Bunday ta'rifdan oldimizda turgan vazifa va maqsaddan kelib chiqqan holda turli ma'lumotlarni olishi-miz mumkin. Masalan, qishloq ho'jaligi maqsadlarida bir turdagi ma'lu-motlar kerak bo'lsa, shaharsozlik nuqtai-nazaridan esa boshqa turdagi ma'lumotlar zarur bo'ladi. Bunday ma'lumotlarnn to'g'ri va oqilona ajratib ola bilish ishning natijalariga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etadi. Boshqacharoq qilib aytganda, qishloq ho'jaligidagi maqsadlarida ham shaharsozlik yoki boshqa maqsadlarda ham joyning iqlimi tog' jinslari, relyefi, tuprog'i, suv rejimi kabilarni hisobga olish kerak bo'ladi. Ammo qishloq ho'jaligi maq-sadlarida iqlim yoki tuproqning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi ko'rsat-kichlar tahlil kilinsa shaharsozlik bilan shug'ullanuvchi muhandis uchun esa boshqa xususiyatlarni aks ettiruvchi ko'rsatkichlar ko'proq ahamiyat kasb etadi. Landshaftlarga taaluqli ma'lumotlarni amaliyotga tadbiq qilish jarayonida landshaftlarning ma'lum bir maqsadni ko'zlagan holda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.59 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.59 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga