Amerika Qo'shma Shtatlari haqida umumiy ma'lumot

Amerika Qo'shma Shtatlari haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Amerika Qo'shma Shtatlari haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Amerika Qo'shma Shtatlari 9-sing Geografiya darsligi asosida 63 § - mavzu Reja: Geografik o'rni va mamlakat haqida umumiy ma'lumotlar. Tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari. Aholisi. Xo'jaligi. Qora metallurgiya. AQSH yer maydoni butun G'arbiy Yevropamamlakatlarinikidan katta bo'lishiga qaramay Rossiyadan keyingi o'rinda turadi. Mamlakat 50 ta shtat va Kolumbiya Federal okrugidan iborat. Asosiy 48 ta shtati Shimoliy Amerika materigining janubiy va markaziy qismida joylashgan. Hozirgi kunda AQSH - Federativ Respublika. Mamlakatda 1787-yili qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat rahbari - Prezident. Qonun chiqaruvchi organ - Kongress. Yoqilg'i-energetika resurslari toshko'mir, neft, tabiiy gaz va gidroresurslarga asoslanadi. AQSH yirik neft zaxiralariga ega. Yirik neft konlari Alyaska (Pradxo-Bey), Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Kaliforniya shtatlarida hamda Meksika ko'rfazida joylashgan. Aholi soni bo'yicha mamlakat Xitoy va Hindistondan so'ng 3-o'rinni egallaydi. Aholi sonining bu darajaga yetishida immigratsiya katta rol o'ynagan. Qora metallurgiya. Sanoatning bu tarmog'ini «muammo» ga boy deb aytish mumkin. Boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar singari AQSH da qora metall eritish qisqarmoqda Rangli metallurgiya. AQSH rangli metallarning asosiy turlarini yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati AQSH sanoatidagi eng yirik tarmoq hisoblanadi. Unga sanoatda jami band aholining 40 % i to'g'ri keladi. Aviatsiya sanoati - AQSH xo'jaligining yirik tarmoqlaridan biri. Uning tarkibiga raketasozlik va kosmik texnika ishlab chiqarish ham kiritiladi. Elektrotexnika va elektronika sanoatida maishiy texnika ishlab chiqariladi. EHM jahon bozorini IBM boshchiligidagi Amerika firmalari boshqarib boradi. Kimyo sanoati. AQSH dunyoda kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo'yicha yetakchi o'rinni egallaydi. Oziqovqat sanoati mahsulotining katta qismi shimoliy shtatlarga to'g'ri keladi. Dunyoda «Koka-Kola», «Pepsi-Kola» firmalarining mahsulotlari keng tarqalgan. Amerika Qo'shma Shtatlari AQSH maydoniga ko'ra dunyoda 4- o'rinda turadi (9529 mln km2). U tarkibiga ko'ra 3 qismdan iborat: AQSH ning asosiy qisim, Alyaska, Gavayi orollari. Iqtisodiy geografik o'rni juda qulay. 12 ming km masofada 2 okean orasida joylashganligi, Kanada va Meksika bilan chegaradoshligi va h.k. AQSH ning Karib havzasi (Puerto-Riko, Virgin orollar) va Tinch okeanida (Sharqiy Samoa, Guam) bir qator orollar va vosiylikdagi territoriyalaridan: Marshal, Mikroneziya, Palau kabilar 1990-95 yillari mustaqil davlatlarga aylandi, lekin Mariana orollari hamon vosiy. AQSH ning chekka janubiy subekvatorial, asosiy qismi subtropik, shimoliy qismi mo'tadil iqlim mintaqasida joylashgan. AQSH da barcha foydali Qazilmalar uchraydi, Ayniqsa toshko'mir, neft, gaz, uran, alyuminiy, mis, oltin va h.k. Toshko'mir va ayniqsa rudali foydali qazilmalar AQSHning sharqiy qismida Appalachi tog'laida keng tarqalgan. Aholisi 266 mln (1998 y), 291,5 mln kishi (2003 y), 302,0 mln (2008-yilning 1-yanvarida olingan ma'lumotga ko'ra) bo'lib, aholi soniga ko'ra dunyoda 3- o'rinda turadi. Tug'ilish koeffisienti 14 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.8 MB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.8 MB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga