Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy geografiyasi haqida umumiy ma'lumot

Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy geografiyasi haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy geografiyasi haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy geografiyasi Reja: Temur davlatining tarixiy geografiyasi. Temuriylar davri tarixiy geografiyasi. Temur va temuriylar davrida geografik bilimlar. Amir Temu ro'ta murakkab bir sharoitda maydonga chiqdi. XIV asrning 60-yillarida Movoraunnahr siyosiy jixatdan tarqoq bo'lib, mug'il shahzodalar bir-birlari Bilan to'xtovsiz urush olib bormoqda edilar. Chig'atoy ulusiga qarashli Movoraunnahr o'nlab mustaqil bekliklarga bo'linib ketgan edi: Shahrisabizda - Xoji Barlos, Xo'jandda - Boyazid Jaloir, Balxda - Amir Xusayin, Shibirg'onda - Muhammad Aperdi Nayman, Ko'xistonda - Amir Sotilmish, Arxang Saroyda - O'ljoy Aperdi va xakozo. O'zaro feodal urushlar Movoraunnahr iqtisodini yo'ldan chiqardi, xalqning turmush sharoiti og'irlashdi. Amir Temurning xokimiyat uchun yo'li 1360 yili Keshda To'g'liq temur xizmatiga kirishdan boshlandi. 1365 yil 22 mayda Temur va Xusayn qo'shinlari Ilyosxo'jadan mag'lubiyatga uchradi (Chinoz Jangi loy). Sarbadorlar harakatidan so'ng 1366 yili ittifoqchilar Samarqandga kiradilar. 1370 yili Amir Temur Balxni egallaydi. U Movoraunnahr Amiri deb e'lon qilinadi 1371 yili Xorazmni egallaydi. 1376 yilgacha qamaruddinga zarba berib, Farg'ona vodiysining katta qismini egallaydi. 1391 yilda qunduzchada To'xtamizga katta zarba beradi. 1395 yili Tarak daryosi (Kavkazda) yaqinida shu zarba qaytarildi. 1380 yillardan boshlab Temur qo'shni davlatlarni bosib olishi boshlandi. 1381 yili Xirot, 1384 yilgacha Эronning katta qismi, 1386-1388 yillarda (uch yillik urush) Jn. Ozarbayjon, Shimoliy Iroq, Gruziya va Armaniston egallandi. 1392-1396 yillarda (besh yillik urush) Iroq, g'arbiy Эron egallandi. 1398-1399 yillarida Hindiston, 1404 yilgacha Damash, Bog'dod, Turkiya erlari egallandi. Oqibatida Xitoydan qora dengizgacha, Oroldan Fors qultig'igacha bo'lgan ulkan davlat barpo qilindi. Amir Temur davlatni boshqarishda syurg'ol usulida foydalandi. Jahongir Mirzoga Balх, Umarshayh Mirzoga Fors, Mironshohga Ozarbayjon, Armaniston, Iroq, Shohruhga Xuroson, Jurjon, Mozandaron, Seyiston bo'lib berildi. Amir Temur davlati iqtisodi to'g'risida gapirganda shuni aytish mumkinki, Movoraunnahr bu davrda tarixdagi eng rivojlangan cho'qqilaridan birida edi. Barcha ishlar aniq belgilab qo'yilgan qonun - qoidalar asosida olib borildi. Xo'jalikning asosiy turi xisoblanmish dexqonchilikga katta e'tibor berildi. Yangi erlarni o'zlashtirish uchun suniy sug'orish inshootlari qurildi. Bunday erlardan uch yilgacha soliq olish taqiqlandi. Soliq tizimi ham davlat tomonidan tartibga solindi. Samarqand bozori atrofidagi misgarlik, kulolchilik, zargarlik, maxsido'zlik, duradgorchilik, temirchilik, to'qimachilik ustaxonalari rivojlandi. Amir Temur chet el hunarmand ustalarini to'xtovsiz Movoraunnahrga keltirdi. Natijada keng turli hunarmandchilik mahsulotlari ko'paydi. Binokorlik ayniqsa keng avj oldi. Ko'prik, yo'l qurilishida tortib, yirik inshootlar qurilishi shu paytgacha bu darajadа ko'paymrgan edi. Samarqand atrofida Sultoniya, Sheroz, Damashq, Bog'dod, qohira kabi yirik davlatlar nomlari berilgan butun bir qishloqlar vujudga keldi. Ichki va tashqi savdo xo'jalikning boshqa turlari rivojlanishiga qarab tez rivojlandi. Shahar markazlarida Chorsu, deb nomlangan bozorlar vujudga keldi. Bozor atroflarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.37 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.37 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga