Amudaryo va Surxondaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi Reja: Termiz V-VII asrlarda. Shahar joylashgan o'rni va tuzilishi haqida Xitoy manbalari. Somoniylar davrida Termiz, rejalashtirish, asosiy qurilishlar. Arab mualliflari ma'lumotlari. Temuriylar davri tarixiy manbalarida Termiz shahri, uning vazifasi va qurilishi tarixi. Termiz V-VII asrlarda. Shahar joylashgan o'rni va tuzilishi haqida Xitoy manbalari. Milodiy 6-8 asrlarda O'rta Osiyoda nechta shahar bo'lganligini aniq aytish mushkuldir. Bu davr mualliflarining asarlarida O'rta Osiyo ko'plab shaharlarga ega o'lka deb eslatiladi. 1950 yilda chikgan V.A. Lavrov monografiyasida arxeologik ma'lumotlarga tayangan holda 6-8 asrlarda O'rta Osiyoda 20 taga yaqin yirik shahar mavjudligi aytib utiladi. 1961 yilda V.L. Voronina bu ruyxatni yana bir nechta shaharga kengaytiradi. Ammo, shuni xam alohida ta'kidlab utish joizki bu mualliflar tomonidan arxeologik nashrlarda chop etilgan barcha shaharlar to'g'risida ma'lumotlar keltirilmagan. Masalan, 1954 yilda G.I Patsevich janubiy Qozogistonning o'zida 20 dan ortik shaharlar mavjudligi ta'kidlab utadi. U 7 asrga oid 35 shahar va 7-9 asrlarga oid 65 shaharlar ruyxatini keltiradi. Buxoro vohasi Buxoro amirligining markaziy mintaqasi bo'lib, o'zok; vaqtgacha bu joyda arxeologik tekshirishlar o'tkazish mumkin bo'lmagan. Ayniqsa, Buxoro hukmdorlari, islom dini vakillari o'lkadagi yodgorliklarni qazib o'rganishni man qilganlar. Dunyo miqyosida XVII -XVII asrlardan boshlab qadimiy madaniyat obidalarini arxeologik nuqtai-nazardan tadqiq qilish boshlangan bo'lsa, bizning o'lkamizda bu ishlar faqatgina XX -asrning boshlaridan boshlangan. Shungacha vohadagi moddiy - ashyoviy ma'lumotlar ko'proq rus sayyohlari tomonidan to'planib, ilmiy doiraga ma'lum qilingan. 1820 yilda rus elchisi bo'lib kelgan Negri bir qator ma'lumotlarni to'plab, ularni tadqiqotchilar Eversman va Meyendorfga bergan. Ularning ishlarida bu ma'lumotlar keltirilgan. Buxoro vohasi to'g'risidagi maxsus dastlabki arxeologik ma'lumotni ingliz hukumati agenti A.Borns bergan edi. Uning «Xodja Obon degan joy» nomli ma'lumoti, bu joy atrofidan topilgan tangalar tasnifi Uilson va Prinseplarning 1839 yilda Londonda e'lon qilingan ishlarida keltirilgan. Bu ishlar 1831 - 33 yillardagi «Osiyo sayohatlari» (Buxoro, Qobul, Eron, Hindiston) ma'lumotlariga bag'ishlangan (II tom, 455 - 473 b). Buxoro to'g'risidagi bir qator ma'lumotlarni naturamest Leman va sharqshunos Nikolay Xannikovlar 1840 yilni tog' injeneri Butenev va Bogaslavskiylarning ekspedistiyasida ishtirok etib, ma'lumot to'plagan edilar. Nikolay Xannikov 1843 yilda Sankt -Peterburgda «Buxoro xonligining tavsifi» nomli asarini chiqardi. 1868 yilda Buxoro amirligi Rossiya tomonidan istilo qilingach, bu o'lkani o'rganuvchi, tadqiq qiluvchilar ko'paydi. XIX asrning 90 -yillari o'rtalarigacha arxeologik nuqtai nazardan tadqiqotlar salmog'i unchalik katta emasdi. Arxeologik tadqiqotlarga biror joyga bevosita qazish ishlaridan tashqari, kollekstiyachilik, ashyolarni yig'ish, yodgorliklarni ko'zdan kechirib o'rganish, o'lchov ishlarini bajarish va ta'mirlash ishlari ham kiradi. Faqatgina Uilson va Prinstep hamda Buxorxudotlar tangalarini birinchi marta ajrata olgan numizmat olim Frend ishlarini alohida ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.82 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.82 KB
Ko'rishlar soni
147 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:25 ]
Arxiv ichida: doc