Amudaryoning hozirgi deltasida yer resurslaridan foydalanishning geografik asoslari Jahondagi, jumladan Qoraqalpog'istondagi inson tomonidan o'zlashtirilgan va o'zgartirilgan yerlarning katta qismi hamda yangi o'zlashtirilayotgan yerlarning ham asosiy qismi qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida foydalanilayotganligi tufayli tabiiy sharoitni qishloq xo'jaliga maqsadlarida o'rganish bo'yicha juda ko'p tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. Jumladan, B.B. Polinov (Isachenko, 1983) 20-nchi yillardayoq. yerlarni melioratsiya qilishni asoslash uchun tuproq xaritalari yetarli emas, buning uchun landshaft xaritalari zarur degan fikrga kelgan. Shu davrdan boshlab qishloq xo'jalik maqsadlarida landshaft tadqiqotlari keng miqyosda olib borila boshladi. Qishloq xo'jalik maqsadlarida landshaft tadqiqotlari quyidagi yo'nalishlarda olib borilgan: yerlarni va yer resurslarini baholash, agrolandshaftlar xususiyatlarini o'rganish, landshaftlarni qishloq xo'jalik maqsadlarida sinflashtirish, agrolandshaftlar xaritalarini tuzish, regional landshaft bashoratlarini ishlab chiqish va h.k. Ammo shuni ham ta'kidlash lozimki, ayrim ishlarni hisobga olmaganda, bevosita agrolandshaftlarni har tomonlama va chuqur o'rganish bo'yicha (agrolandshaftlar xossalari, barqarorligi, rivojlanishi, sinflashtirish, bashoratlashni va h.k.) tadqiqot ishlari kam olib borilgan, ishlarning asosiy qismi qishloq xo'jaligini u yoki bu tarmog'ini rivojlantirishni asoslash uchun olib borilgan. Agrolandshaftlar juda yirik regionlar bo'yicha, butun yer yuzasi doirasidagi bo'yicha umumlashmalardan iborat aniq, bir rayonda yoki kichik taksonomik birliklarda olib borilgan tadqiqotlar kam, deyarli yo'q hisobida. Agrolandshaftlarning asosiy xossalari va ularni qishlok xo'jalik ishlab chiqarishi jarayonida o'zgarishining asosiy yo'nalishlari V.A. Kovda (1972), L.I. Kurakova (1976), V.A. Nikolayev (1979), V.M. Chupaxin (1982) va boshqalar tomonidan o'rganilgan. Tabiiy landshaftlar antropogen landshaftlarga qaraganda mustahkamroq bo'ladi. Agrolandshaftlarda nisbatan biologik va geoximik aylanma harakatlar, issiqlik va suv muvozanatining qayta qurilishi bilan tuproq hosil bo'lish jarayonini o'ziga xosligi, ularning juda soddaligi va murtligi bilan ajralib turadi. L.N. Babushkin va N.A. Kogay (1975 tomonidan O'rta Osiyoda agroland-shaftlar 6-gypyhga birlashtirilgan va 12 ta agrolandshaftlar sinfi ajratilgan. Qishloq xo'jalik landshaftlarini F.N. Milkov (1972) alohida sinf sifatida belgilaydi va ularni dala, bog', yaylov landshaft turlariga ajratadi. Ta'kidlash lozimki, qishloq xo'jalik landshaftlarini o'rganishga juda ko'p ishlar bag'ishlangan bo'lsada, ularning mazmuni xali to'la ishlab chiqilganicha yo'q. N.N. Velskiy (1972) fikricha, landshaftlar qishloq xo'jaligi maqsadlarida o'zgartirilsa, qishloq xo'jalik landshaftlari vujudga keladi. A.I. Kurakova (1983) fikricha, agrolandshaftlar bu tabiiy landshaftlarni insonlar tomonidan o'zgartirilgan-ligi yoki sun'iy yaratilishidir. A. Abduqosimov (1966) voha landshaftlarini quyidagicha ta'rifini beradi: Voha cho'llarda ko'p asrlar davomida inson faoliyati ta'sirida shakllangan, daraxt, buta, ular bilan qoplangan sug'orma dehqonchilik keng rivojlangan o'ziga xos landshaft kompleksidir. Agrolandshaftlarni ko'p olimlar tomonidan berilgan ta'riflarning tahlili asosida va dalada olingan ma'lumotlarni hisobga olib, qishloq xo'jalik landshaftlariga quyidagicha ta'rif berish mumkin. Agrolandshaftlar - tabiiy muhitni qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi bilan o'zaro ta'sirida shakllanadigan yoki shakllangan tabiiy antropogen ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.22 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.22 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:25 ]
Arxiv ichida: doc