8-sinf geografiya darsligi asosida 46-mavzu: 1-ilovadagi jadvaldan viloyat aholisining soni va maydonini aniqlang. Andijon viloyati mamlakatning eng sharqiy viloyatidir. Viloyatning g'arbi tekislik, sharqi qir-adirlardan iborat bo'lib, tog' tizmalariga tutashgan. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog'dorchilik, uzumchilik, go'sht-sut chorvachiligi, ipakchilik. Sanoatning asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, avtomo-bilsozlik, elektroenergetika, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati. Viloyat qishloq xo'jaligi rivojlangan (101-rasm). O'zlashtiriladigan yerlar deyarli qolmagan. Paxtaning yalpi hosili faqat hosildorlikni ko'tarish hisobiga oshiril moqda. Sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari, asosan, shaharlar atrofida yetishtiriladi. Qishloq xo'jaligida bog'dorchilik salmoqli o'rin tutadi. Bog' va tokzorlar adirlar hisobiga kengaymoqda. Ixtisoslashgan bog'dorchilik xo'jaliklari bor. Chorvachiligida qo'y va echkilarning salmog'i katta. Qoramol, asosan, sut va go'sht uchun boqiladi. Pillachilik viloyat xo'jaligida muhim ahamiyatga ega. Viloyatda sanoat ham yuqori darajada rivojlangan bo'lib, unda 160 dan ortiq sanoat korxonalari mavjud. Korxonalar orasida Asaka avtomobil zavodi, Andijon avtomobil o'rindiqlari zavodi, irrigatsiya mashinasozligi zavodi, «Semurg'» trikotaj aksiyadorlik birlashmasi yirik korxonalar hisoblanadi. Korxonalar, asosan, Andijon sanoat tugunida joy lashgan. Viloyat elektr energiyani iqtisodiy geografik rayonning birlashgan energetika tizimidan oladi. Kampirravot suv omborida quvvati 100 ming kilovattli GES qurilgan. Andijon mamlakatda ilk neft olingan markazlardan biridir. Neft quvur orqali Farg'ona viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodlariga yuboriladi. Xo'jaobodda mamlakatimizdagi eng yirik yerosti gaz ombori barpo etilgan. Undagi gazdan Andijon va Asaka shaharlariga ham yetkazib beriladi (102-rasm). Shaharlari. Andijon obikor dehqon chilik markazida joylashgan. Neft, gaz va binokorlik materiallari konlari shaharning shundoq yonida. Shaharda og'ir, yengil hamda oziq-ovqat sanoatiga tegishli 40 taga yaqin korxona ishlab turibdi. Ulardan paxta zavodi, to'qimachilik hamda trikotaj fabrikalari mamlakat miqyosidagi yirik korxonalar hisoblanadi. Shoyi to'qish korxonalari viloyat pillakorlari tomonidan pilla bilan ta'minlab turiladi. Shaharda Andijon davlat universiteti, tibbiyot, qishloq xo'jalik, mashinasozlik institutlari bor. Ko'plab teatrlar, kutubxonalar, sport maydonchalari, istirohat va botanika bog'lari mavjud. Boburiylar davrida ham Andijon xo'jaligi, ilm-ma'rifati va madaniyati o'z davriga nisbatan ravnaq topgan shahar bo'lgan. Bobur bu haqda «Boburnoma» asarida yozib qoldirgan. Asaka mamlakatning avtomobilsozlik markazidir. Bu yerda «Lacetti», «Chevrolet Tracker», «Chevrolet Captiva», «Malibu», «Сobolt» rusumli yangi avtoma shinalarni ham ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi (103-rasm). Asaka shahri Shahrixonsoy daryosi oqib chiqadigan adirlik etagida joylashgan. Shaharni paxta dalalari, bog'lar, tokzorlar o'rab olgan. Shaharda avtomobil zavodidan tashqari, paxta-moy zavodlari, yengil va oziq-ovqat sanoatining boshqa korxonalari, shisha va kislorod zavodlari, binokor-lik materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar bor. Ko'pgina madaniy-ma'rifiy muassasalar ishlab turibdi. Shahar Andijon, Farg'ona va Marg'ilon yo'nalishidagi yo'llar ustida joylashgan. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
11.22 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:25
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
11.22 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:25 ]
Arxiv ichida: ppt