Andorra davlati

Andorra davlati

O'quvchilarga / Geografiya
Andorra davlati - rasmi

Material tavsifi

Mavzu : Andorra davlati Reja: 1. Davlat tuzumi 2. Geografiyasi 3. Xo'jaligi 4. Iqtisodiyoti 5. Aholisi Andorra Andorra Andorra - mustaqil suveren davlat. Fransiya qiroli Karl davridayoq mustaqillikka erishgan. O'sha paytdan to birinchi konstitutsiya qabul qilinguncha Andorra 1278-yil shartnomasida belgilanganidek, Fransiya va Seo-de-Urxel shahri. (Ispaniya) yepiskopining ikki yoqlama protektoratida (izmida) bo'ldi. Andorra Andorra (kat. Andorra, isp. Andorra, frans. Andorre), Andorra knyazligi - Yevropaning janubi-g'arbidagi davlat. Pireney yarim orolida, Fransiya bilan Ispaniya oralig'ida joylashgan. Maydoni 465 km2, aholisi 78 115 kishi (2011). Poytaxti - Andorra-la-Velya shahri. Rasmiy tili - katalon tili; ma'muriy jihatdan 7 jamoaga bo'lingan. Dindorlar - katoliklar. Andorra Canillo Encamp Davlat tuzumi 1993-yil 14-martdagi umumxalq ovoz berishi natijasida ma'qullangan mamlakat birinchi konstitutsiyasiga binoan Andorra parlamentli knyazlik hisoblanadi, unda xalq suvereniteti tamoyili qaror topdi, sobiq hukmdorlar - Fransiya prezidenti bilan Seo-de-Ur-xel yepiskopiga aniq vakolatli konstitutsion davlat boshliqlari martabasi, jumladan, ularga ichki xavfsizlik va mudofaa, hududiy va chegara huhuqlari, yuridik sohalarda hamkorlik qilishga oid xalqaro shartnomalarni tayyorlashda qatnashish huquqi berildi. Qonun chiqaruvchi oliy organ - Bosh kengash - 28 deputatdan iborat bir palatali parlament. Ijroiya hokimiyat oliy organi - Ijroiya ken-gash (hukumat). Sharqiy pereneyda, Fransiya va Ispaniya o'rtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yo'li singari qurolli kuchlari xam yo'q. Lekin tazyiqqa uchraganida, Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga xam ishonsa bo'ladi. Geografiyasi Andorra Pireneyning janubiy yon bag'rida, Valira daryosi (Ebro havzasi) va uning irmoqlari vodiysida joylashgan. Muzliklardan hosil bo'lgan ko'llar bor. Iqlimi subtropik, yiliga 100-200 mm yog'in yog'adi. Tog'lari dub, buk va archa-pixta o'rmonlari bilan qoplangan, baland alp va alp o'tloqlari bor Xo'jaligi Andorra xo'jaligining asosiy tarmoqlari - qo'ychilik va dehqonchilik. Arpa, jav-dar, kartoshka, sabzavot, uzum, tamaki yetishtiriladi. Oziq-ovqat sanoatining kichikroq korxonalari, GESlar, hunar-mandchilik ustaxonalari bor. Chet el turizmi katta daromad keltiradi. Andorradan chetga jun, pista ko'mir chiqariladi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari keltiriladi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot 15 ming AQSH dollariga to'g'ri keladi. Ijtimoiy soha Maktab ta'limi - fransuz yoki ispancha tizimda[5]. Diari d'Andorra- katalon tilidagi kundalik gazetasi, 1991-yilda asos solingan. Poble Andorra (Andorra xalqi) - katalon tilidagi haftanoma, 1974-yilda asos solingan. Andorra radiosi 1984-yildan buyon ishlaydi. Antenna-7 deb nomlangan xususiy telekompaniya ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, arab (8-10-asrlar) va roman (12- 16-asrlar) me'morligi obidalari bor. Muomalada - fransuz franki va ispan peseti. Iqtisodiyoti YIMning 80 %i turizm sohasiga to'g'ri keladi. Andorraga yiliga 9 mln turist keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning ro'li juda past darajada va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qo'llab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.37 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:25 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.37 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga