Antarktida. Antarktidaning geografik o'rni. Muz usti va osti relyefi

Antarktida. Antarktidaning geografik o'rni. Muz usti va osti relyefi

O'quvchilarga / Geografiya
Antarktida. Antarktidaning geografik o'rni. Muz usti va osti relyefi - rasmi

Material tavsifi

REJA: Antarktidaga oid umumiy ma'lumotlar. Geografik o'rni va tekshirilish tarixi. Iqlim mintaqalari ,iqlim zonalari. Geologik tuzilishi va relyefi. Muz qoplami. Antarktidani tadqiq etishning amaliy va ilmiy ahamiyati. ANTARKTIDA.ANTARKTIDANING GEOGRAFIK O'RNI.MUZ USTI VA OSTI RELYEFI ANTARKTIDA MATERIGI Antarktida deganda Janubiy qutb o'lkasining markaziy qismini egallab yotgan materikni tushuniladi. Antarktida tabiati Tinch, Atlantika va Xind okeanlarining janubiy qismlari tabiati bilan chambarchas bog'langan hamda ular bilan birga bir butun suv-quruqlik paradinamik landshaft komplekslarini tashkil etadi. Materikka yaqin joylashgan dengizlarning katta maydonlari shelf muzliklari bilan qoplangan. Ular materik muz qoplamining davomi hisoblanadi. Antarktika deganda Janubiy qutbiy o'lka tushiniladi. Antarktika grekcha anti qarama-qarshi degan so'zdan olingan bo'lib, yer kurrasining SHimoliy qutbiy o'lkasi - Arktikaga qarama-qarshi tomonda degan ma'noni anglatadi. Antarktikaga Antarktida materigi, Tinch, Xind va Atlantika okeanining shu materikka tutash qismlari, shuningdek Antarktida yaqinidagi orollar kiradi Antarktida Janubiy yarimshardagi materik bo'lib, Janubiy qutbning markaziy qismida joylashgan. Uning xamma tomoni Atlantika, Xind va Tinch okeanlarining janubiy qismlari bilan o'ralgan. Antarktida boshqa materiklardan keng okean suvlari orqali ajralib turadi. Uning maydoni 13,2 mln. km2, orollari va shelf muzliklari bilan birgalikda 14,1 mln. km2 ni tashkil etadi. Materikning qirg'oq chizig'i ancha tekis va kam kisilgan. Ko'pchilik joylarda qirg'oqlar bir necha o'n metr keladigan tik muz jarliklaridan iborat. Faqat Ross va Ueddell dengizlari materik ichkarisiga ancha kirib borgan. Qirg'oq chizig'ining umumiy uzunligi 30 ming km ga etadi. Antarktida sayyoramizda tabiatining betakrorligi bilan ajralib turadigan yagona va doimiy mahalliy aholi yashamaydigan o'ziga xos materikdir. Qutb tadqiqotchilari bu materikni muz materigi, muz saxrolari materigi, sirli materik, oq materik deb atashganlar. Antarktidada qishda doimiy tun-qorong'ulik, yozda esa doimiy kun - yorug'lik xukmronlik qiladi Janubiy qutbda Quyoshning chiqishi va botishini bir yilda faqat bir martagina kuzatish mumkin. Bu materik dunyodagi eng sovuq va chuchuk suvga boy materikdir. Yer yuzidagi eng kuchli shamollar ham shu materikda kuzatiladi. Materikning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, u qutb markazida joylashganligi tufayli unda o'rtacha qalinligi 200 m gacha yetadigan muz qoplami hosil bo'lgan. Antarktida muz qoplami hisobiga sayyoramizdagi eng baland materik hisoblanadi. Antarktidaning geografik o'rni va juda katta qalinlikdagi muz qoplamining mavjudligi bu yerda yer yuzining sovuqlik qutbini joylashishiga ham sabab bo'lgan. Antarktidani tadqiq qilish boshqa materiklarga qaraganda ancha kech boshlandi. Qadimgi zamon olimlari janubiy yarim sharning yuqori gegrafik kengliklarida materik borligi to'g'risidagi g'oyani ilgari surishgan. Shunga qaramasdan oltinchi materikning mavjudligi to'g'risidagi g'oya ancha kech isbot qilindi. XVII asrning ikkinchi yarmida mashhur ingliz dengizchisi Jeyms Kuk rahbarligidagi ilmiy safar Janubiy materikni qidirib yo'lga chiqdi. Ilmiy safar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 199.77 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 199.77 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga