Antropogen landshaftlar va uning tiplari haqida tushuncha Reja: 1. Antropogen landshaftlar haqida tushuncha 2. Antropogen landshaftshunoslik yo'nalishiniig vujudga kelishi va shakllanishi 3. Antropogen landshaft tiplari va ularning tasnifi Barcha tirik mavjudotlar qatori inson hayotini ham atrof-muhitsiz, tabiatsiz tasavvur qilish qiyin. Inson organizmi ko'p jihatdan tabiiy komponentlar havo, suv, o'simlik, tuproq, hayvonot va hoka'zolar bilan bog'liq. U tabiatdagi moddaning aylanma harakati doirasidadir va uning qonuniyatlariga bo'ysinadi. Bundan tashqari inson ongli mavjudotdir va u o'z mehnatini osonlashtirish yuqori samaraga erishish uchun turli mehnat qurollardan texnika kuchidan foydalanadi. U boshqa organizmlardan farqli ularoq ijtimoiy mavjudoddir. Jamiyat a'zosidir. Shuning uchun uning hayoti biologik omillardan tashqari ko'pgina ijtimoiy omillar bilan ham belgilanadi. Inson bevosita va bilvosita yerga, tuproqqa, suvga, havoga, o'simlik va hayvonot dunyosiga ta'sir etmokda. Bu bilan u o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishmokda. Ammo ba'zan o'zi kutmagan, ayrim salbiy oqibatlaring yuzaga kelishiga ham sababchi bo'lib qolmokda. Bunda salbiy oqibatlarning ba'zilari dunyoviy tus olmokda va olimlarni jamoatchilikni tashvishga solmoqda. XX- asrning 40-50 yillarida geografiya adabiyotida madaniy landshaftlar yoki o'zgartirilgan landshaftlarga bag'ishlangan ilmiy maqolalarning birin-ketin paydo bo'lishi antropogen landshaftshunoslik poydevorining shakllanishiga kuchli turtki bo'ladi. Bu borada ayniqsa G.Y. Saushkinning (1946) «Madaniy landshaftlarni o'rganish uchun geografiyaning alohida tarmog'i bo'lishi kerak», degan fikri muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning 1947 yilda nashr qilingan monografiyasida esa qishloq xo'jalik landshaftlari haqida jiddiy fikrlar keltirilgan. 1970 yilda Voronej davlat universitetining professori F.N.Milkov o'zining «Landshaftnaya sferi zemli» nomli kitobida inson tomonidan barpo etilgan majmualarni o'rganish bilan antropogen landshaftshunoslik shug'ullanish kerak» deb ta'kidlab o'tganidan so'ng landshaftshunoslik tarkibida yangi bir ilmiy yo'nalish Antropogen landshaftshunoslik shakllana boshladi. Bu yo'nalishni hatto «bilimlarning yangi tarmog'i» deb atadilar. Hozirgi kunda antropogen landshaftshunoslik yo'nalishining asoschisi F. N. Milkov (1973) ekanligini ko'pchilik geograflar e'tirof etyapti. Shu sohada qator ilmiy asarlar yaratgan bu olimning fikricha, insonning ho'jali-gidagi faoliyati natijasida yangidan barpo bo'lgan landshaftlar ham, inson ta'sirida birorta komponent tubdan o'zgargan tabiiy majmualar ham antro-pogen landshaft hisoblanishi kerak. Keyinchalik F.N. Mil'kov (1986 ) «antro-pogen landshaftlar tabiiy landshaftlarga o'xshab teng ahamiyatli bo'lgan kom-ponentlar tizimidan iborat majmualardir. Ularning eng asosiy xususiyati o'z-o'zidan rivojlanish belgilarining mavjudligidir» deb yozgan edi. «Oxrana landshaftov» izoxli lug'atida xususiyatlari inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan landshaftlar antropogen landshaftlardir va ular o'zining tabiiy ta'riflarini saqlab qolgan taqdirda ham o'zida madaniy o'simliklar o'zgargan tuproq xususiyatlari yer osti va usti suvlari tartibi ko'rinishda «antropogen» mazmun kasb etgan bo'ladi deb yozilgan. Bunday holda Yer yuzida tarqalgan landshaftlarning ko'pchiligini antropogen landshaftlar qatoriga kiritsak bo'ladi. Ular tabiiy sifatlaridan bo'lak ikkinchi xil, ya'ni ijtimoiy sifatlar ham kasb etgan bo'ladi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.78 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.78 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:26 ]
Arxiv ichida: doc