Antropogen landshaftlar 10-sinf Geeografiya darsligi asosida 11 §-mavzu Reja: 2 3 4 Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari 1 Antropogen landshaftlarning turlari Geotextizimlar Madaniy landshaft Insonning xo'jalikdagi faoliyati ta'siri antropogen ta'sir deyilib, uning oqibatida geotizimlarning o'zgarish darajasi, miqyosi va jadalligi turlicha bo'ladi. Bu bir tomondan geotizimlarning o'ziga xos tabiiy xususiyati bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan insonning geotizimga ta'sir ko'rsatishiga bog'liqdir. Geotizimlarning tabiiy xususiyatlari, ya'ni o'zini o'zi boshqarishi va qayta tiklanish xususiyatining kuchli yoki kuchsizligi, antropogen ta'sirga chidamliligi yoki chidamsizligi turli geotizimlarda har xil bo'ladi. Ko'pincha insonning xo'jalik faoliyati ma'lum tabiat komponentlari bilan bog'liq bo'ladi. Lalmi dehqonchilikda tuproq, chorvachilikda va o'rmonchilikda o'simlik (o't o'simliklar va daraxt), konchilik sanoatida tog' jinsi (foydali qazilma) bilan bog'liq bo'ladi. Tabiat komponentlarining, shuningdek, yonma-yon geotizimlarning uzviy bog'liqligi komponentlardan biriga biror maqsadda qilingan ta'sir, ko'pincha boshqa komponentlarga ataylab qilinmagan ta'sirning sodir bo'lishiga olib keladi (suvomborlarini qurish - atrofdagi yerlarni suv bosishiga, yerosti suvlarining olinishi - yer yuzasining cho'qishiga va h.k.). Suv ombori O'tgan asrning 70-yillariga kelib, inson xo'jalik faoliyati ta'sirida o'zgargan geotizimlarni antropogen landshaftlar deb, ularni alohida o'ziga xos geotizim sifatida ilmiy tadqiq etish boshlandi. F. N. Milkov inson faoliyatining turi va landshaftlarda qay darajada aks etganini hisobga olib, barcha antropogen landshaftlarni 8 xil landshaft sinfiga ajratadi (5-jadval). Landshaft sinflari turlarga bo'linib ketadi. A. G. Isachenko antropogen ta'sir oqibatida geotizimlarning qay darajada o'zgarganligini asos qilib oladi va barcha antropogen landshaftlarni 4 guruhga ajratadi: 1. Shartli o'zgartirilmagan (ibtidoiy landshaftlar). Ular bevosita inson ta'siriga va xo'jalikdagi faoliyatiga duchor bo'lmagan landshaftlardir. Masalan, baland tog'lardagi qor-muzliklar va o'rmonlar, qo'riqxonalar, va h.k. 2. Kuchsiz o'zgartirilgan landshaftlar. Bular, asosan, inson faoliyatining ekstensiv (ovchilik, baliqchilik kabi) xili ta'siriga duchor bo'lgan landshaftlar. Bunday landshaftlarda inson faoliyati ayrim komponentlargagina ta'sir etib, tabiiy aloqadorliklar hali buzilmagan va avvalgi o'z holatini tiklab olishi mumkin; 3. Kuchli o'zgartirilgan (buzilgan) landshaftlar. Bu guruhdagi landshaftlar, asosan, inson faoliyatining jadal ta'sirida o'zgargan landshaftlardir. Ularning ko'p komponentlari o'zgarib, landshaftlar tuzilishining sezilarli darajada buzilishiga olib kelgan. Masalan, karyerlar, konchilik sanoati chiqindilari uyumlari va h.k. 4. Madaniy landshaftlar Tuzilishi inson tomonidan jamiyat manfaatlarini ko'zlagan va ilmiy asoslangan holda oqilona o'zgartirilgan landshaftlar. Masalan, sifatli ishlov berilayotgan bog'lar, paxtazorlar, plantatsiyalar va h.k. Antropogen omilning tabiatga bo'ladigan ta'sirining bir ko'rinishi texnika ta'siri bo'lib, texnikaning tabiat bilan o'zaro tutashib ketishi natijasida yaxlit tabiiy-texnik tizimlar vujudga keladi. Ularni fanda geotextizimlar deb yuritiladi. Geotextizimlar faqat kanallar yoki suvomborlardagina emas, balki yirik sanoat obyektlari atrofida ham shakllanishi mumkin. Bunday geotextizimlarda kichik tizimlar sifatida tabiat, ya'ni landshaft bilan sanoat obyekti o'zaro aloqa va ta'sirda bo'ladi. Asosiy ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.61 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.61 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:26 ]
Arxiv ichida: pptx