Antropogen tabiat komplekslari (Yevrosiyo)

Antropogen tabiat komplekslari (Yevrosiyo)

O'quvchilarga / Geografiya
Antropogen tabiat komplekslari (Yevrosiyo) - rasmi

Material tavsifi

6-sinf geografiya darsligi asosida 59-60-mavzu: Antropogen tabiat komplekslari Antropogen tabiat komplekslari. Yevrosiyo hududi qadimdan aholi yashab kelgan sivilizatsiya markazlaridan hisoblanadi. O'rta dengiz sohillaridagi qadimiy subtropik o'rmonlar inson xo'jalik faoliyati tufayli kesib yuborildi. Sharqiy Yevropatekisligidagi qora va kashtan tuproqli dashtlarning 80 % maydoni o'zlashtirilgan. Ularning o'rnida shahar va qishloqlar, bog'lar va turli ekin maydonlari kabi antropogen komplekslar hosil bo'lgan. Shuningdek, Mesopotamiya va Buyuk Xitoy tekisliklari, Hindiston, Yevropava O'rta Osiyoning qadimdan o'zlashtirilib kelinayotgan hududlarida, tog' yonbag'irlarida antropogen landshaftlar barpo etilgan. Yashash uchun qulay hududlar o'zlashtirib bo'lindi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o'rmonlar, cho'llar va tog'li zonalarni o'zlashtirishga kirishildi. Natijada, antropogen tabiat kompleksi egallagan maydonlar tobora kengayib bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadida Yevrosiyo tabiat zonalarida va tog'li o'lkalarda qo'riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmalar barpo etilgan. Qo'riqxonalar jamoalarining asosiy maqsadi tabiatning betakror joylarini, ajoyib relyef shakllarini, serjilo ma'danlarini, turli-tuman o'simlik va hayvonot olamini va boshqa tabiat yodgorliklarini tabiiy holda saqlab qolishdir. Ural tog'ida Ilmen, Oltoy, Yevropada Belovej pushchasi, Astraxan, Osiyoda Chatqol, Issiqko'l, Barguzin, Taman Negara kabi qo'riqxona va milliy bog'lar tashkil etilgan. Ayni paytda, tabiatni asrash, uning resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish masalasiga katta e'tibor berilmoqda. Yevrosiyo hududining tabiiy geografik o'lkalarga bo'linishi 6-sinf geografiya darsligi asosida 60-mavzu: Yevrosiyo materigining kattaligi va geografik o'rni materik tabiatining xilma-xilligiga sabab bo'lgan. Odatda, materik tabiatining xilma-xilligi uning hududiy bo'linishiga asos bo'ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda, materiklarni birbiridan tabiiy sharoiti bilan farq qiladigan muayyan qismlarga ajratish jarayoni tushuniladi. Yevrosiyo materigi tabiatini hududiy farqlariga ko'ra rayonlashtirganda ham kenglik zonalligi, ham balandlik mintaqalanishiga va uzoqlik bo'yicha ta'sir etadigan omillarga e'tibor beriladi. Yevrosiyo materigida bir-birlaridan hududiy farq qiladigan ko'plab yirik va kichik o'lkalar ajratilgan. Yevrosiyo hududi Shimoliy Yevropa, O'rta Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, G'arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Janubig'arbiy Osiyo, Old Osiyo, O'rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo kabi 14 ta yirik tabiiy geografik o'lkalarga bo'lingan (23- rasm). O'zbekiston joylashgan O'rta Osiyo o'lkasi o'zining takrorlanmas tabiati bilan alohida ajralib turadi. O'rta Osiyo tabiatini atroflicha o'rgangan rus olimi I. V. Mushketov Turkiston nomli kitobida bu o'lkani Yevrosiyo materigining ichidagi o'ziga xos noyob tabiatli go'zal materikdir, deb baho bergan. O'rta Osiyo va O'zbekiston tabiati haqida 7- sinfda bilib olasiz. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.42 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.42 MB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga