Apennin yarim oroli

Apennin yarim oroli

O'quvchilarga / Geografiya
Apennin yarim oroli - rasmi

Material tavsifi

Apennin yarim oroli Bu tabiiy o'lka tarkibiga Apennin yarim oroli bilan birga Korsika, Sardiniya va Sitsiliya orollari, shuningdek ular yaqinida joylashgan mayda orollar-Elba, Lipar orollari va boshqalar ham kirib, ularni Adriatika, Ioniya va Tirren dengizlari o'rab turadi. O'rta dengiz havzasining markaziy qismida joylashgan va O'rta Yevropadan Alp tog'lari bilan to'silgan bu tabiiy oblast tipik O'rta dengiz xususiyatlariga egadir. Bu xususiyatlar ayniqsa katta orollarga xos bo'lib, bu orollarni klassik O'rta dengiz bo'yi landshaftlariga namuna sifatida ko'rib chiqish mumkin. Butun oblast uchun tog' relefining ko'pchilikni tashkil etishi xosdir. Quruqliklarning chegaralari deyarli hamma joyda yer po'stn yoriqlariga to'g'ri keladi, bu yoriqlar bo'ylab yaqin davrlarda quruqlik cho'kib, qirg'oqlarning hozirgi vaqtdagi qiyofasini hosil qilgan. Bularga bog'liq ravishda hozirgi zamon vulkanizmi hodisalari keng rivojlangan. Relefning asosini Apennin tog' sistemasi tashkil etadi, bu tog' sistemasi Apennin yarim orolini boshdan-oyoq kesib o'tib, so'ng Sitsiliya orolida davom etadi. Shimolda Apennin tog'lari Dengizbo'yi Alp tog'lari bilan tutashgan. Bu ikkala tpg' sistemasini bir-biridan ajratib turadigan aniq ifodalangan chegara yo'q va Shimoliy Apennin tog'lari tektonik jihatdan Alg tog'larniing bevosita davomi hisoblanadi. Alp va Apennin tog'lari o'rtasidagi shartli chegara Turin va Savona shaharlarini tutashtiruvchi chiziq orqali o'tkaziladi. Apennin tog'lari butun yarim orolni band qilmagan. G'arbda ham, sharqda ham tog'lar bilan dengiz qirg'og'i oralig'ida kambar tekislik yokp sertepa relefli yerlar cho'zilgan, ular tuzilishi jihatidan Apennin tog'lari bilan bog'lanmagan. Apennin tog'lari shimolda Genuya qo'ltig'i qirg'og'i bo'ylab cho'ziladi va Padan tekisligini janubdan o'rab turadi. Dengiz bilan tog' oralig'idagi kambar yer Italiya R.iverasi dsniladi, u Fransiya Riverasining davomidir. Apennin tog'lari yarim orolga o'tgandan keyin janubi-sharq tomonga yo'naladi va Tir-ren dengizidan ancha uzoqlashadi. Tog'larning Arno daryosining yuqori oqimigacha bo'lgam qismi Shimoliy Apennin tog'lari deyiladi. Bu qismida tog'lar paleogen davrining asosan g'ovak jinslaridan tashkil topgan bo'lib, balandligi kamdan-kam 200 m dan oshadi. Faqat tog'larning eng baland tepalarida g'ovak jinslarni zich qumtosh Qatlamlari qoplagan, ularning yonbag'irlari tik. Shimoliy Apennin tog'lari tuzilishida gil yotqiziqlarining ko'p tarqalganligi bu yerda surilma hodisasining rivojlanishiga qulay sharoit tug'diradi, surilmalar o'rmonlarning kesib yuborilishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.33 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.33 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga