Appalachi tog'lari, Grenlandiya. Markaziy va Buyuk tekisliklar

Appalachi tog'lari, Grenlandiya. Markaziy va Buyuk tekisliklar

O'quvchilarga / Geografiya
Appalachi tog'lari, Grenlandiya. Markaziy va Buyuk tekisliklar - rasmi

Material tavsifi

Appalachi tog'lari, Grenlandiya, Markaziy va Buyuk tekisliklar Appalachi tog'li tabiiy geografik o'lkasi Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida AQSH va Kanada hududida joylashgan. U o'rtacha balandlikdagi tog' tizimi bo'lib, morfostrukturasi tizmalardan, platolardan, yassi tog'liklardan, vodiylardan va tog'oldi tekisliklaridan tarkib topgan. Appalachi tog' tizimi shimoli-sharqdan janubi-g'arbga qarab submeridional ravishda 2600 km masofaga cho'zilgan. Eng baland cho'qqisi o'lkaning janubida joylashgan va okean satxidan 2037 m ko'tarilib turgan Mitchell tog'idir. Appalachining shimoliy, janubi-sharqiy qismlari Appalachining shimoliy, janubi-sharqiy qismlari va Adirondak tog'lari paleozoyning boshlarida burmalangan qadimiy gneys, kristalli slanest va kvarstitlardan tarkib topgan. Janubi-g'arbiy qismi paleozoyning oxirida burmalangan oxaktosh, qumtosh, gilli slanest kabi cho'kindi jinslardan tuzilgan. Mezozoyning oxiri va kaynozoyning boshlarida tog'lar gumbazsimon ko'tarilib, megaantiklinal strukturani vujudga keltiradi. Shu davrdan boshlab tog' yon bag'rlari yaxshi rivojlangan daryo vodiylari bilan kuchli parchalanib, hozirgi relef shakllari hosil bo'lgan. Appalachi tog'li o'lkasidagi landshaftlar Appalachi tog'li o'lkasidagi landshaftlarning differenstiastiyala-nishida katta farqlar mavjud. Bunday farqlar ayniqsa tog' tizimining shimoliy qismi bilan janubiy qismi o'rtasida yaqqol ko'zga tashlanadi. Shu boisdan o'lka hududi ikki qismga - Shimoliy Appalachi va Janubiy Appalachiga bo'linadi. Ular o'rtasidagi tabiiy chegara tog' tizimini ko'ndalang kesib o'tgan Moxok tektonik cho'kmasiga to'g'ri keladi. Bu cho'kmadan Gudzon daryosi oqib o'tadi. O'lka tabiatidagi ichki farqlar faqat geologik tuzilishi, relefi va iqlimi sharoitlarida bo'lib qolmasdan, tuproq-o'simlik qoplamida xam aniq ifodalangan. Appalachining shimolida tog' podzol, tog' chimli podzol tuproqlari keng tarqalgan. Ular igna bargli va aralash o'rmonlar bilan qoplangan. O'rmonlar asosan tog'larning yuqori qismida yaxshi saqlangan. Igna bargli tog' o'rmonlarida qoramtir el, balzam pixtasi, oq qarag'ay tuyalar ko'p o'sadi. Aralash o'rmonlarda igna bargli o'rmonlar bilan birga shakar va qizil zarang, oq va sariq qayin, tog'terak, terak, emanlar keng tarqalgan. ayrim joylarda qizil zarang, shakar zarang va emanlardan tarkib topgan o'rmon massivlari saqlanib qolgan. Grenlandiya Shimoliy Muz okeani orollari orasida eng kattasi Grenlandiya (Yashil o'lka) oroli bo'lib, uning maydoni 2176 ming km2. Shundan 1834 ming km2 maydoni muz bilan qoplangan. Muzlik yuzasi qirg'oqdan orol ichkarisiga qarab ko'tarilib boradi va gumbazsimon shaklni hosil qiladi. Muz qoplamining o'rtacha qalinligi 2300 m, eng qalin joyi markazda 3400 m gacha boradi, xajmi 2,6 mln km3. Orolning sharqiy soxilida tog' tizmalari mavjud. Ular muzliklar bilan qoplangan. Tizmaning eng baland cho'qqisi Gunbyorn okean satxidan 3700 m ko'tarilib turibdi. Grenlandiyaning iqlimi arktika, subarktika va dengiz iqlimiga ega. Qishda harorat orolning janubida -70S dan shimolida -36 0S gacha pasayadi, yozda esa janubda 100 S va shimolda 30S atrofida bo'ladi. Yillik yog'ingarchilik miqdori janubda 800-1100 mm ni va shimolda 150-250 mm ni tashkil etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.83 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.83 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga