AQSH davlat ramzlari Tayanch iboralar: koloniya, gorizontal chiziqlar, shtatlar, Amerika Qo'shma Shtatlarini aks ettiradigan ko'plab ramzlar bor. Ulardan eng mashhurlari AQSH bayrog'I (The Stars and Stripes), Oqbosh burgut (Milliy qush), Vashington haykali, Linkoln obidasi, Oq uy, Ozod-lik haykali (fransiyaliklardan sovg'a) va boshqalar. 1. AQSH bayrog'i ko'rinishi davlat tarixi davomida o'zgarib borgan. Bayroq ustidagi 13 chiziq ilk koloni-yalarni, 50 yulduz esa 50 shtatni anglatadi. 1700-yillarda koloniyalar Britaniyadan mustaqillik e'lon qilish uchun turli xil bayroq ishlatishgan. Amerika Qo'shma Shtatlari bayrog'i Qo'shma Shtat-larning milliy bayrog'idir. Unda 13 ta oq va qizil gorizon-tal chiziqlar va besh yulduzli 50 ta yulduzcha tasvirlangan. Bayroqdagi 50 ta yulduzchalar AQSHning 50 ta shtatini ifodalasa, 13 ta chiziqlar Buyuk Britaniya Qirolligidan mustaqil bo'lgan 13 ta koloniyalarni va AQSHda birinchi shtatlar bo'lganini ifodalaydi. Bayroq asosan The Stars and Stripes - Yulduzlar va chiziqlar, Old Glory - Qadim shon-shuhrat va The Star-Spangled Banner - Yulduz yaltiragan tangachali bayroq deb ataladi. Hozirgi ko'rinishdagi 50 ta yulduzli bayroqqa shakli 1960-yil 4-iyulda asos solingan. AQSH ta'lim tizimi Ta'lim tizimi. Milliy ta'lim tizimi mustaqillik uchun urush (1775-1783-yy.) dan keyin qaror topa boshladi. 1852-yilda Massachusets shtatida AQSHda birinchi bo'lib majburiy boshlang'ich ta'lim to'g'risida qonun qabul qi-lindi. AQSHdagi ko'pchilik shtatlarda 7-16 yoshdagi bola-lar uchun o'qish majburiy. O'rta maktabning turlari ko'p: 3 yillik kichik o'rta maktab, 6 yillik birlashgan kichik va o'rta, 4 yillik o'rta maktablar bor. Barcha variantdagi o'rta maktablarda o'qish muddati 12 yil. Oliy ta'lim tizimi uni-versitetlarni, 4 yillik kollejlarni, bundan tashqari, to'liq oliy ma'lumot bermaydigan 2 yillik kichik kollejlarni, hu-nar va texnika institutlarini o'z ichiga oladi. Barcha oliy o'quv yurtlarida ta'lim pulli. Eng yirik oliy o'quv yurtlari: Garvard, Kaliforniya (Berkli shtatida), Viskonsin, Michigan, Illinoys, Kornell (Itaka shtatida), Kolumbiya, Prin-ston, Chikago, Pensilvaniya universitetlari, Kaliforniya, Stenford va Massachusets texnologiya institutlari. AQSHda savodxonlik darajasi 99%. 25 va undan katta yoshdagi aholining 86% o'rta ma'lumotga ega. Aholining 30% bakalavr darajasiga ega. Ta'lim tizimida ingliz tilida dars olib boriladi. Maj-buriy ta'lim 5-8 yoshdan 18-19 yoshgacha. 5 yoshdan boshlab boshlang'ich sinf boshlanadi. O'rta maktab 8-sin-fgacha davom etadi. Oliy o'quv yurtlarida 4 yil davomida tahsil olib bakalavr darajasi; 2-3 yil o'qigach magistr darajasi; 3 va undan ko'proq o'qigach doktorlik darajasi oli-nadi. Mamlakatda 4352 ta OO'Yu bor. Universitetlar 2: xususiy va shtatdagi universitetlarga bo'linadi. Kaliforniya texnologiya instituti, Garvard universiteti. Kollejga hamma qabul qilinadi. Ammo o'qishga kirish murakkab. Kirishdan avval ariza yoziladi. Arizada nafaqat o'zi haqida, balki qanday mukofoti bor, qiziqishi haqida ma'lumot berishi kerak. Shu bilan erkin mavzuda in-sho yozib kollejga jo'natadi. Deyarli ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.68 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.68 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:26 ]
Arxiv ichida: doc