AQSH davlat tuzumi

AQSH davlat tuzumi

O'quvchilarga / Geografiya
AQSH davlat tuzumi - rasmi

Material tavsifi

AQSH davlat tuzumi Reja: AQSHning boshqaruv davlat tizimi va siyosiy parti-yalari. AQSHning ma'muriy hududiy bo'linishi. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tayanch iboralar: Federativ, hudud, Kordilyera, Gud-zon, Shimoliy Muz okeani, Avliyo Lavrentiya, mustam-lakachilik, qirolicha, kongress, gubernator, senat, BMT. AQSHning boshqaruv davlat tizimi va siyosiy partiyalari. AQSH - federativ mamlakat. Franso'zlar Shi-moliy Amerikaga 1500-yilda kirib kelgan va bu yerda ba-liqchilik, mo'ynachilik ishlarini yurgizgan. Ular asosan Buyuk ko'llar va Missisipi daryosi bo'larida joylashgan. Lekin shunga qaramay, franso'zlar davri ortda qolib, AQSH Buyuk Britaniya mustamlakasi bo'lganligi sababli aholisi ingliz tilida so'zlashgan. Eng birinchi tashkil etilgan ko-loniya - Jeymstaun 1607-yil tashkil topgan. Keyinchalik Virjiniya shtati deb nomlangan. Shu tariqa AQSH dagi koloniyalar o'z mustaqilligiga erisha boshlagan. Natijada 50 ta shtat va 1 ta Federal ok-rugga ega. Amerika Qo'shma Shtatlari Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT a'zosi. AQSH ma'muriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugiga bo'linadi. Puerto-Riko Hamdo'stligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdo'stligi, Guam, Virginiya orollari, Sharqiy Samoa ham AQSHga qarashli. AQSH - federativ Respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig'i, qurolli kuchlar bosh qo'mondoni - Prezident. Vitse-prezi-dent bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yo'li bilan (saylovchilar hay'ati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qo-nun chiqaruvchi oliy organ - AQSH kongressi; Kongress ikki palata vakillar palatasi va senatdan iborat. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan say-lanadi va 13 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimi-yat organi - kabinet (hukumat a'zolari)ni Prezident Senat-ning roziligi bilan tayinlaydi. Kabinet (hukumat) a'zolari 13 vazirdan iborat bo'ladi. Har bir shtatning o'z konsti-tutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qo-nun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. AQSH davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch si-yosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar - hokimi yatning bo'linishi, federalizm va sudning konsti-tutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning bo'linish qoi-dasi davlat hokimiyatining uch tarmog'i - qonun chiqaru-vchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular o'rtasida vazifalarning chegaralab qo'yilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq - Kongress, Prezident va Oliy suddir. AQSHda 1789-yil 30-apreldan to hozirgi kungacha turli vaqtlarda har xil partiya vakillari Respublika Prezi-denti (Vitse-prezident) bo'lganlar. Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari. AQSHda faol partiyalar ikkita bo'lib, ulardan biri Respublikachilar partiyasi 1854-yilda yangi hududlarda qulchilikni tarqa-lishiga qarshi chiqqanlar tomonidan tuzilgan. Bu partiya A.Linkolm prezidentlik qilgan davr (1861-1865-yy.)dan boshlab mamlakatda yetakchilik qiladi, hatto uni Buyuk qadimiy partiya deb ham ataydilar. Shu davr ichida bir necha marta ushbu partiya vakili Prezident bo'lib davlatni boshqarib keldi. Shuningdek, mamlakatdagi ikkinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.02 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.02 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga