AQSH iqtisodiyoti, sporti va ommaviy axborot vositalari Amerika sporti. Amerika Qo'shma Shtatlarida sport Amerika madaniyatining muhim qismidir. Amerika fut-boli - beysbol basketbol va futboldan keyin AQSHda ko'riladigan eng mashhur sport turidir. Shuningdek, xok-key, tennis, golf, kurash, avtopoyga, lakros va voleybol ham mamlakatdagi mashhur sport turlaridir. AQSHda yil-lik foyda keltiradigan 4 ta asosiy professional sport ligalari bo'lib ular: Beysbol Ittifoqi, Milliy Basketbol Assosiat-siyasi, Milliy Futbol Ittifoqi va Milliy Xokkey Ittifoqidir. AQSHda professional sport bozori taxminan 69 million dol-larni tashkil etadi. Bu Yevropadagi barcha davlatlar, O'rta Sharq va Afrikani qo'shib hioblab qaraganda deyarli 50% kattadir. Sport AQSHda muntazam ta'lim bilan bog'langan. Bunda yuqori maktab va universitetlarda tashkillanadigan sport musobaqalari muhum o'rin tutadi. Kollej sporti mu-sobaqalari AQSH sporti madaniyatida muhim ro'l o'ynaydi va shuningdek, kollej basketboli va futboli ham mamlakat-ning ba'zi qismlarida professional sport sifatida mashhur-dir. Boshqa mamlakatlarga o'xshamagan holda AQSH hukumati Birlashgan Shtatlar Olimpiya Qo'mitasi sport uc-hun mablag' bilan ta'minlamaydi. Beysbol. Beysbol AQSHdagi eng mashhur o'yin turi-dir. U maktablar, kollejlar va professional jamoalar tomo-nidan bahor va yoz fasllarida o'ynaladi. Futbol. Futbol kuz mavsumidagi eng mashhur o'yindir. AQSHdagi hamma asosiy shaharlarning o'z professional terma jamoalari bor. Amerika futbolida, haqiq-iy futbolga o'xshab, har bir jamoada 11 tadan o'yinchi o'ynaydi, biroq qoidalar farq qiladi. O'yinchilar Ameri-ka futbolida tez-tez jarohatlanadi. Shuning uchun jamoa o'yinchilari maxsus kiyim va xokkey o'yinchilaridek boshlariga qalpoq kiyib olishadi. Basketbol. Basketbol ham AQSHdagi juda mashhur sport turlaridan biridir. U asosan yuqori maktablarda ham o'g'il bolalar, ham qizlar o'rtasida mashhurdir. Golf. Golf o'yini biznesmen va professional odam-lar bilan mashhurdir. U ham erkaklar, ham ayollar to-monidan o'ynaladi. Hozirda tennis o'ynovchilardan golf o'ynovchilar ko'proqdir. suzish. suzish, suvda uchish va sho'ng'ish yozda o'ynaladigan mashhur sport turlaridir. Qishda ko'p odam-lar agar shimoliy va markaziy shtatlarda yashasa, muz uchishga, konkiga va xokkeyga boradilar. Matbuoti, radioeshittirish va teleko'rsatuvi. AQSH-dagi yirik kundalik gazetalar: Nyu-York tayms (Nyu-York vaqti 1851-yildan), Nyu-York deyli nyus (Nyu-York kundalik yangiliklari 1919-yildan), Nyu-York post (Nyu-York pochtasi 1801-yildan), Vashington post (Vashington pochtasi 1877-yildan), Vashington tayms (Vashington vaqti 1982-yildan), Uollstrit djor-nel (Uollstrit gazetasi 1889-yildan), Chikago tribyun (Chikago minbari 1847-yildan), Los-Anjeles tayms (Los-Anjeles vaqti 1881-yildan). Jurnallar: Taym (Vaqt 1923-yildan), Nyusuik (Hafta yangiliklari 1933-yildan), Yunayted steyts nyus end vold riport (Qo'shma Shtatlar yangiliklari va jahon-ga nazar 1933-yildan), Biznes vik (Biznes hafta mo-baynida 1929-yildan), Neyshn (Xalq 1865-yildan), Demokrat (1961-yildan), Layf (Hayot). Yetakchi axborot agentliklari: Assoshieyted Press (AP; 1848-yilda tashkil etilgan) va YUPI (1958-yilda tashkil etilgan). Birinchi tijorat radiostansiyasi 1920-yilda tash-kil etilgan. AQSHda 9 mingdan ko'proq radio va IZO telestansiya mavjud. Tajriba teleko'rsatuvi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.57 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.57 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:26 ]
Arxiv ichida: doc