AQSH madaniyati

AQSH madaniyati

O'quvchilarga / Geografiya
AQSH madaniyati - rasmi

Material tavsifi

AQSH madaniyati Reja: AQSH aholisining urf-odatlari va bayramlari. AQSH adabiyoti. Tayanch iboralar: hindu, mustamlakachi, feyerverk, salyutlar, karnaval, Rojdestvo, Avliyo Patrik kuni, roman-tizm, bosqinchilik, fashizm. Urf-odatlari va bayramlari. AQSH tarixiga nazar soladigan bo'lsak, qadimda bu yerdagi tub aholi hisob-langan hindularni yevropalik mustamlakachilar AQSH va Kanadani bosib olganda siqib chiqargan. Ular yevropalik mustamlakachilarga qarshi mardonavor kurash olib bo-rishgan. Mustamlakachilar - ispanlar, franso'zlar, ingliz-lar o'zlarining katta ta'sirini ko'rsatishgan. Ayniqsa, buni AQSHdagi Florida shtatidagi Sankt-Avgustinda (1565) ko'rishimiz mumkin. Ispaniya mustamlakachilari yana o'zlarining ta'sirini Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko va Texas shtatlariga ham ko'rsatgandir. AQSH aholisini chetdan ko'chib kelgan millat va elatlar, turli irq vakillari tashkil qilsa-da, bu yerda oilaviy, xonadon, turli xalq urf-odatlari, mamlakat tarixi bi-lan bog'liq bo'lgan milliy bayramlar ko'p nishonlanadi. Ushbu bayramlar munosabati bilan amerikaliklarning dam olish kunlari uzaytiriladi, ya'ni bayram kunlari asosan du-shanba kuniga mo'ljallanib, aholi bayramni to'laqonli ni-shonlashi uchun sharoit yaratiladi. Bayram kunlari barcha tashkilot va banklar uchun dam olish kuni deb hisobla-nadi. Yoz faslida 3 ta asosiy bayramlar o'tkaziladi. Ulardan Xotirlash kuni, Mehnatkashlar kuni va Mustaqillik kuni keng nishonlanadi. Bu kunda asosan ochiq havoda barbekyu (kabob) pishiriladi. Mustaqillik kunida esa bar-bekyudan tashqari feyerverk, salyutlar otish ham odat hi-soblanadi. Xotirlash kuni - AQSHning milliy bayrami bo'lib, har yili may oyining oxirgi dushanba kuni nishonlanadi. Bu kun Amerikaning barcha urush-janglarda halok bo'lgan harbiy askarlarini xotirlash uchun bag'ishlangan. 1971-yil-dan boshlab bu bayram AQSHning Milliy bayrami deb tan olindi. Bu kunda amerikaliklar qabrlarni, harbiy xoti-ra maydonlarini ziyorat qilishadi va AQSH bayrog'i tush paytgacha tushiriladi. Mehnatkashlar kuni - AQSHning milliy bayra-mi, sentyabr oyining birinchi dushanba kuni nishonla-nadi. Ilk marotaba 1882-yili Nyu-Yorkda nishonlan-gan. 1894-yildan boshlab AQSHning barcha shtatlarida qonuniy davlat bayrami deb tan olingan. Bu bayram - amerikaliklar uchun yoz oyining oxirgi kuni timsoli. Bayram kuni ishchilar va ularning oilalari uchun festival-lar uyushtiriladi. Mustaqillik kuni 1779-yilda AQSHning mustaqil-lik deklaratsiyasi tasdiqlangan kun bo'lib, unda AQSHning Buyuk Britaniya Qirolligidan mustaqilligi e'lon qi-lingan. AQSHda har yili 4-iyul kuni nishonlanadi. Bu kun AQSHning ozod va mustaqil davlat sifatida tug'ilgan kuni hisoblanadi. Ko'p amerikaliklar bu kunni To'rtinchi iyul deb ham atashadi. Bayram feyerverk, barbekyu, turli xil karnaval, ko'rgazma, sayil, konsert, oilaviy uchrashuv va boshqa ommaviy tantanalar bilan nishonlaydilar. Amerika Qo'shma Shtatlari aholisi ko'p millatli bo'lib, u Yevropamamlakatlaridan ancha keyin shakllan-gan. Shu sababli AQSHning o'ziga xos urf-odatlari kam-roqdir, ko'pgina emigrantlar o'z urfarini saqlab qolgan-lar. Shunga qaramay, AQSHda keng tarqalgan urf-odat - Rojdestvoda barcha oila a'zolari birga yig'ilishib, sovg'alar hadya qilishi, o'z madhiyasi va mamlakatning barcha Prezidentlari ismini yoddan bilishi bayramning asosiy yuqori ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.87 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.87 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga