AQSH tarixi - rasmi

Material tavsifi

AQSH tarixi AQSHning tarixi. Ko'plab tarixiy manbalarda juda qadim zamonlarda Shimoliy Amerika yerlari, xususan, hozirgi AQSH hududida indeys va eskimoslar yashagan-liklari keltirilgan. Ma'lumki, Yangi yerlar, ya'ni Ameri-ka qit'asi 1492-1501-yillar davomida X.Kolumb boshchi-ligidagi ispaniyalik sayyohlar va boshqa yevropaliklar to-monidan kashf etilgan. Keyin XVI asrdan boshlab G'arbiy Yevropadavlatlaridan Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Angliya, Gollandiya, Shvetsiya kabi davlatlar Shimoliy Amerikadagi yangi yerlarni egallashga kirishdi. Yevropaliklar asosan ispanlar, franso'zlar AQSHning, ya'ni Shimoliy Amerika mamlakatlarining mustamlakala-riga o'z ta'sirlarini ko'rsatishdi. Eng qadimgi koloniyalari-dan biri bu Florida shtatidagi ispanlar tomonidan tashkil topgan Sankt-Avgustindir (1565). Nyu-Meksiko va Texas, Kaliforniya ham umuman Markaziy Amerika ispaniya mustamlakasiga o'xshaydi. Is-paniya va Fransiya Shimoliy Amerikani bosib olishiga qa-ramay, u yerda aholi ingliz tilida so'zlashadi. AQSHda esa ingliz tili ona tili hisoblanadi. Eng birinchi tashkil etilgan ingliz mustamlakasi Jeymstaun - hozirgi Virjiniya 1607-yil tashkil topgan. Inglizlarning 13 ta mustamlakalarida aholi zich, iqtisodiy hamda harbiy sohada kuchli ediki, ular mustaqillikni talab qila boshlashgan. Lekin Britaniya hamdo'stligining bir qismi sifatida qolgan. Fuqorolar urushiga qadar afro-amerikaliklar mam-lakatning janubiy qismida paxta va tamaki plantatsiyalari-da qul sifatida ishlashgan. Urush tugaganda ham ko'pgina okruglarda qora tanlilar aholini katta qismini tashkil qil-gan. Ko'pgina ozod bo'lgan qora tanlilar XX asrda ham kambag'alligicha qolishgan va qishloq xo'jaligida band bo'lgan. Hatto 1910-yil afro-amerikaliklarning sakkizdan yettitasi janubda yashagan. Angliya XVII asr o'rtalarida asosiy raqiblarini su-rib chiqarib, hududning shimoli-sharqiy qismida o'zining mustamlakachilik hukmronligini o'rnatdi. Yerlarni egal-lash va o'zlashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy aho-li shafqatsizlarcha qirg'in qilindi va bu hududlarga Afri-kadan qul - negrlarni ishlatish uchun ommaviy ravishda olib keldilar. 1775-1783-yillardagi Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush davom etdi. 1776-yil 4-iyulda federal davlat - AQSHga asos solindi va u Respublika deb e'lon qilindi. Jorj Vashington AQSHning birinchi Prezi-denti etib (30.04.1789 - 04.03.1797-yy.) saylandi. Mam-lakat shimolida sanoat va fermerlik, janubida quldorlikka asoslangan dehqonchilik rivojlandi. G'arbdagi indeys qa-bilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni o'zlashtirish hisobiga AQSH hududi tez kengaya bordi. AQSH tomoni-dan 1803-yilda Fransiyadan G'arbiy Luiziana sotib olin-di, 1819-yilda Ispaniyani Floridaning bahridan o'tishiga majbur etdi. 1836-yilda Meksikadan Texas hududini tortib oldi. XIX asr mobaynida hozirgi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko, Nevada shtatlarining hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qo'shib olindi. XIX asr o'rtalarida AQSHda Ikki partiyali tizim tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratik partiya bilan Respub-likachilar partiyasi ketma-ket boshqaradigan bo'ldi. Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari o'rtasidagi ziddiyat AQSHda 1861-1865-yillarda fuqaro-lar urushiga olib keldi, unda Prezident A.Linkoln boshchi-ligidagi shimoliy shtatlar g'alaba qozondi. Urush davomi-da yer ulushlari haqida (1862-y.), quldorlikni bekor qilish to'g'risida (1865-y.) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar uru-shidan so'ng mamlakat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.41 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.41 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga