Arab mamlakatlarining umumiy ta'rifi haqida ma'lumot

Arab mamlakatlarining umumiy ta'rifi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Arab mamlakatlarining umumiy ta'rifi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Arab mamlakatlarining umumiy ta'rifi Reja: Geografik sharoiti va tarixiy rivolanishining muhim jihatlari. Neftdan keyingi rivojlanish siyosati. Tabiiy sharoiti va resurslarining xo'jalik nuqtai nazaridan bahosi. Xo'jaligiga umumiy ta'rif. Qishloq xo'jaligi. Sanoati. Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tayanch so'z va iboralar: voha; daryo vodiysi; allyuviy; neft; iqlim mintaqasi; O'rta dengiz iqlimi; mehnat resurslari; immigrant; aholi; tabiiy o'sish; yengil sanoat; tog'-kon sanoati; ekstensiv xo'jalik; eksport; import. Zamonaviy Mashriq o'z ichiga 13ta arab davlatlarini va Isroil davlatini hamda mintaqa aholisining ¼ qismdan kamrog'ini oladi. Shu bilan birga mintaqa dunyoning madaniy, siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o'rinni egallaydi. Bu bilan Mashriq ikkita omilga tayanadi: qulay geografik o'rin va neftga juda boy. Geografik sharoiti va tarixiy rivolanishining muhim jihatlari. Arab Sharqi dunyoning uch qismi tutashgan yerda, Ko'hna Dunyo hududining o'g'irlik markazi yaqininda joylashgan. Mintaqa Atlantika va Hind okeanlari tutashgan yerda joylashgan. Uning hududi bo'yicha O'rta dengizdan Qizil dengiz va Fors ko'rfaziga havzalararo yuk tashilgan va yuk tashilmoqda. Tabiiy geografik jihatdan mintaqa turli qismlarga bo'linadi. Rayon hosil qiluvchi arellar - ikkita allyuvial tekisliklar: Nil vodiysi (Misr) va Tigr hamda Yefrot daryo oralig'i. Bu ikki qadimgi sug'orma dehqonchilik yerlari dunyo ahamiyatiga molik ikki madaniyat o'choqlaridir. Tashqi tomondan bu yerlar o'tish qiyin bo'lgan to'siqlar bilan chegaralangan: shimoldan va sharqdan bu daryo oralig'i Anatoliya va Eron tog'liklari bilan; Nil vodiysi Mag'ribdan keng, deyarli inson yashamaydigan Liviya cho'li bilan ajralgan. Faqat shimolda ikkita taqasimon bog'lanadigan qadimdan ishlov beriladigan yerlar joylashgan. Bu yer Barokatli Yarimoy deb ataladi. Barokatli Yarimoy qulay geografik o'rinda ikki daryo oralig'i va Misr o'rtasida quruqlikda transit o'tish yo'lida joylashgan. Bu yer Yevropa, Osiyo va Afrika o'rtasida vositachilik rolini o'ynaydi. Mintaqaning janubiy qismi - Arabiston yarimoroli Mashriqning katta qismini egallab, asosiy qismi cho'ldan iborat. Shahar hayoti qadimdan bu yerda sohilbo'ylarida, asosan g'arbda to'plangan. Faqat Yamanda namlik yetarli bo'lib, qadimdan aholi zich yashaydi. Zamonaviy iqtisodning energiya xom ashyosi neft zahirasi bo'yicha mintaqa dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Mashriqning 4ta mamlakati (Saudiya Arabistoni, Iroq, Quvayt, BAA) so'nggi o'n yilliklar mobaynida dunyo neft qazib chiqaruvchi yetakchilari o'ntaligiga doimo kirib kelmoqda. Asosiy neft konlari Mashriqning sharqiy qismida - Fors ko'rfazi bo'yida, oz qismi Zagrosning tog' oldi bukilmasida to'plangan. Aksincha g'arbiy qismi konlardan mahrum. Neft qazib chiqaruvchi yirik davlatlarda (masalan, Eron va Iroqda) neft eksportidan tushadigan daromadlarni milliy iqtisodiyot uchun o'zlashtirish va ko'p sonli aholi o'rtasida taqsimlash cheklangan. Aholisi kam sonli mamlakatlarda bunday emas. Neft daromadlarini milliy jihatdan o'zlashtirish iste'mol mahsulotlarini yoppasiga import qilish yo'lidan bordi. Keyingi qadamlar qurilishni avj oldirish sari qo'yildi: qudratli uy-joy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.7 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.7 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga