Arktika orollari

Arktika orollari

O'quvchilarga / Geografiya
Arktika orollari - rasmi

Material tavsifi

Arktika orollari Reja: Grenlandiya Kanada arktika arxipelagi Sharq Subarktika tekisliklari Lavrentiy qirlari Nyufaundlend oroli Appalachi va appalachi yoni rayonlari Appalachi tog'larining sxematik ko'ndalang kesimi. GRYeNLANDIYa Grenlandiya-Yer sharidagi eng katta orol, ulkan tabiiy geografik oblast bo'lib, 2 mln km2 dan ortiq maydonni egallaydi. Grenlandiya evropaliklar g'arbiy yarim sharda kashf etgan birinchi quruqlik bo'lgan. IX asr oxirida bu yerga Islandiyadan so'zib kelgan normannlar kelganlar. Grelandiyani tadqiq qilish XVII asrda daniyalik kolonistlar tomonidan boshlangan. XIX asr boshida inglizlar tadqiqot ishlari olib borganlar, so'ngra esa bu tadqiqotlarni asosan Skandinaviya mamlakatlari olimlari davom ettirganlar. Dastlab Grenlandtsyaning janubiy qismini 188 yilda F. Nansen kesib o'tgan, so'ngra esa XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Grenlandiyani turli mamlakat olimlaridan tashkil etilgan ekspeditsiyalar kesib o'tgan. XX asrning 30 yillarida nemis olimi A. Vegener Grenlandiyaning ichki qismida (Aysmitte stansiyasida) birinchi qishlovni o'tkazdi. Kuzatuv natijasida Grenlandiyaning meteorologiyasi va glyatsiologiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar to'plangan. Grenlandiyada hozirgi vaqtda ham asosan amerikaliklar tomonidan katta tadqiqotlar o'tkazilmoqda. Bu tadqiqotlar aniq strategik xarakterga ega bo'lib, harbiy bazalar qurish va harbiy mashqlar o'tkazish bilan birgalikda olib borilmoqda. Grenlandiya shimoldan janubga deyarli 24° ga cho'zilgan. Uning lsanubiy chekkasi-Farvel burni-59°46 sh. k. da, yani Janubiy Skandinaviya kengligida, chekka shimoliy nuqtasi esa Shimoliy qutb yaqinidadir. (Morris-Jesep burni -83°39 sh. k. da.) Bir tomondan qutbga yaqinligi, ikkinchi tomondan esa, sovuq oqimlar ta'siri, Grenlandiya tabiiy sharoitining ancha og'ir ekanligiga sabab bo'lgan. Grenlandiya yuzasining 34 qismi qalin materik muzliklari bilan qoplangan. Muzliklar orolning markaziy qismini egallaydi, biroq, bazi joylarda qirg'oqqacha tushib keladi. Muzliklar yuzasining deyarli yarmi 200 m dan balandda joylashgan. Muzlik qoplamining o'rtacha qalinligi 1600 metr (boshqa ma'lumotlarga qadaganda-2300 metr). Maksimal qalinligi 3400 m ga etadi. Materik muzligining ichki qismi tekis yuzadan iborat bo'lib, uning chekkalari juda parchalangan va to'lqinsimondir. Muzlik yuzasining chekkalarini yoriqlar va kayonsimon vodiylar kesib o'tgan, muzlik stakanlari deb ataluvchi va chuqurligi 0,5 m gacha bo'lgan nuragan tog' jinslari bilan to'libqolgan silindrik chuqurliklar tez-tez uchrab turadi. Materik muzligining chekkasi 100 m lik jarlik hosil qilib tik tushgan, yoki qirg'oqqa qiya tusha borib, ulkan vodiy muzliklarini hosil qiladi. Grenlandiyaning muzliklari orasidagi eng kattasi Peterman muzligi bo'lib, u shimolda joylashgan. Grenlandiya muzliklaridan aysberglar hosil bo'ladi va ular janubga so'zib ketadi (aysberglar Atlantika okeanida deyarli 40° sh. k. gacha bo'lgan joylarda uchraydi). Grenlandiyada materik muzi qoplamining paydo bo'lishiga orolning yoppasiga baland ekanligi va shimoliy yarim sharda neogen bilan antropogen orasida iqlimning sovib ketganligi sabab bo'lgan. Grenlandiya muzliklari, umuman shimoliy yarim shardagi barcha muzliklar kabi, hozirgi vaqtda deyarli birmuncha turg'un holatda ekanligi yoki hatto ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.01 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.01 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga