Atlantika okeani Shimoliy muz okeani iqlimi va suvlari Reja: Atlantika okeani Iqlimi va suvlari Shimoliy muz okeani Okeanlar orasida kattaligi jaxatidan ikkinchi o'rinda turadi. Xuddi Tinch okeani kabi subarktika kengliklaridan to Antarktidagacha davom etadi. Uzunligi jihatidan unga yaqin tursa, kengligiga ko'ra farq qiladi. Uning juda umumiy va tashqi xususiyatlari tabiiy geografiya uchun muhim ahamiyatga ega. Atlantika okeanida shelf maydoni Yevropava Shimoliy Amerika qirg'oqlarida shimoliy yarim sharda katta maydonni band etadi. Yuqori kengliklarda relefning relikt muzlik shakllari keng tarqalgan. Chunki turtlamchi davrda shelfning katta qismini materik muzliklari egallab turgan. Bundan tashqari relekt relef elementlaridan shelfda suv ostidagi daryo vodiylaridir. Shunday relf shakllari Atlantika okeanining xamma shelfli rayonlarida uchraydi. Xuddi shunday joylarda kontinental relikt yotqizmalar ham keng tarqalgan. Afrika va Janubiy Amerika qirg'oqlarida shelf maydoni juda kuchli, lekin Janubiy Amerikaning janubida suv osti sozliklari maydoni yana xam kattalashadi. (Patagani) shelflarida. hozirgi zamon relf shakllaridan eng ko'p tarqalgani suv ko'tarilishi oqimlari ta'sirida yuzaga kelgan qum gryadalaridir. Bunday joylar Shimoliy dengiz shelfida, La-Mansh bug'ozida hamda Shimoliy va Janubiy Amerika shelflarida mavjud. Ekvatorial tropik suvlarda, ayniqsa Karib dengizida, Begam orollari atrofida, Janubiy Amerika qirg'oq bo'ylarida turli-tuman karol relflari (marshonlari) keng tarqalgan. Atlantika okeanidagi materik yon bag'ri ko'pchilik rayonlarida tik tushib boradi. Xamma yerda suvosti daralari bor. Ayrim joylardagina materik yon bag'rida chekka platonlar bo'lib, yon bag'r relefini murakkablashtiradi. Eng muhimlari Bleyk, San-Paul, Follend platonlari (Amerika materik qirg'oqlarida), Yevropasubkontinenti chekkalarida Porkupayn va Gabon platolari bor. Materik suvosti chekka qismining o'ziga xos elementlaridan Farer-Islandiyadan boshlanib, Shimoliy dengizga tomon davom etgan. Shu regionda Rokal deb ataladigan balandlik ham bor. Bular Yevropasubkontinentining chekka qismini suvosti bukilgan yerlaridir. Suvosti chekka qismining 1,3 qism maydonining materik yon bag'rining etagi tashkil qiladi. Bu katta qismda qiya akumulyatsiya tekislik bo'lib, 3-4 km chuqurlikda yotadi. Mana shu yer qobig'ining chuqur cho'kmalari okean lojasidan ajratib turadi. Materik yon bag'ri etagining ba'zi bir rayonlarida Gudzon, Amazonka, Rona, Neger, Kongoning suv osti daralari davom etadi. Loyqalangan oqimlarni yuzaga keltiradi. SHimoliy Amerikaning materik yon bag'ri etaklarida shunday oqimlardan yuzaga kelgan o'ziga xos akumulyativ relef shakllari bor. Bular cho'kindi tizmalar deb ataladigan Nyufaundlond, Bleyk-Bagam va boshqalardir. Materik chekka qismning suv osti geologiyasi boshqa qismlarga qaraganda yaxshi o'rganilgan. Minglab parmalash ishlari bajarilgan. Ayniqsa Meksika qo'ltig'i, Shimoliy dengiz shelflarida neft va gaz olish maqsadida. Atlantika okeanida o'tkinchi zona uchta oblast shaklida ko'zga tashlanadi. Bular Karib, O'rta dengiz va Janubiy Sandvich dengizidir. Karib oblastiga shu nomli dengiz. Meksika qo'ltig'ining chuqur qismi, orollar yoyi va chuqur cho'kmalar qaraydi. Uning tarkibida ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.5 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.5 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:26 ]
Arxiv ichida: doc