Atlantika okeani haqida umumiy ma'lumot

Atlantika okeani haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Atlantika okeani haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

6-sinf geografiya darsligi asosida 27-mavzu: Atlantika okeani Atlantika okeani Asosiy xususiyatlari. Barcha yarimsharlarda joylashgan, Buyuk geografik kashfiyotlar shu okeandan boshlangan, qirg'oqsiz dengizi bor, meridianal yo'nalgan eng uzun o'rta okean tizmasi bor, eng yirik port-shaharlari bor, ichki dengizlari eng ko'p, eng sersuv va eng uzun daryolar shu okeanga quyiladi, eng baland qalqish ham shu okeanda kuzatiladi, materiklar dreyfi gipotezasiga asos bo'lgan, dengiz transportida dunyoda birinchi o'rinda turadi. Geografik o'rni. Atlantika okeani beshta materik orasida joylashgan. Shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho'zilgan. Okeanning maydoni 91 mln kv km, eng keng joyi mo'tadil kengliklarga (9 450 km) va eng tor joyi (2 620 km) shimoliy qismiga to'g'ri keladi. O'rganilish tarixi. Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga ko'ra, yelkasida osmon gumbazini ko'tarib turuvchi pahlavon) atamasi bilan bog'liq. Dastlab 1507-yilda geografik xaritaga Atlantika okeani nomi yozilgan. Miloddan oldingi davrlarda finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida B. Diash, X. Kolumb, J. Kabot, Vasko da Gama, F. Magellan, J. Kuk va boshqalar sayohatlari Atlantika okeani haqida ko'plab ma'lumotlar berdi. Okean tabiatini kompleks o'rganish XIX asrning oxiridan boshlanadi. Chellenjer kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi, xalqaro geofizika yilidagi (1957 - 1958) tadqiqotlar, Jak Iv Kusto ekspeditsiyasi davrida okean hayotiga va tabiat komponentlariga taalluqli juda ko'p ma'lumot to'plandi. Geologik tuzilishi va relyefi. Gondvana va Lavraziya materiklarining gorizontal yo'nalishdagi parchalanishi natijasida Atlantika okeani paydo bo'lgan. Geologik tuzilishida turli xil yotqiziqlar qatnashadi. Jumladan, o'rta okean tizmalarida bazaltli va vulqonli jinslar, materik sohillarida daryolar oqizib keltirgan qum, gil, loyqa jinslar tarqalgan. Materik sayozligi okeanning shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi, Afrikaning g'arbiy sohillarida esa tor yo'lakni hosil qiladi. Materik yonbag'ri ancha tik. Okean tubida O'rta Atlantika suvosti tog' tizmasi shimoldan janubga 15 00 km masofaga cho'zilgan. O'rta Atlantika tizmasi, o'z navbatida, Shimoliy va Janubiy Atlantika tizmalariga bo'linadi. Bu tizmalar oralig'ida bir nechta botiqlar joylashgan. Mazkur botiqlarning chuqurligi 3 00 m dan 7 00 m gacha yetadi. O'rta okean tizmasining tepa qismini ko'ndalang va bo'ylama chuqur daralar - riftlar kesib o'tgan. Okeanning eng chuqur qismi Puerto-Riko cho'kmasi bo'lib, 8 742 m chuqurlikda joylashgan. Iqlimi. Atlantika okeani yuza suvlarining harorati Tinch va Hind okeanlari suvlariga nisbatan past (+16,5 °C). Bunga Shimoliy Muz okeanidan va Antarktida tomonidan sovuq oqimlarning kirib kelishi sababchidir. Termik ekvatorda suv yuzasining o'rtacha yillik harorati 27 - 28 °C. Okeanning janubiy va shimoliy qismlarida 0 -1 °C gacha pasayadi. Okeanda barcha iqlim mintaqalari mavjud. Uning janubiy o'rtacha kengliklarida yil davomida kuchli shamollar kuzatilsa, subtropiklarda haftalab shtil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.51 MB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.51 MB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga