Atlantika okeaniga umumiy geografik tavsif

Atlantika okeaniga umumiy geografik tavsif

O'quvchilarga / Geografiya
Atlantika okeaniga umumiy geografik tavsif - rasmi

Material tavsifi

Atlantika okeaniga umumiy geografik tavsif Reja: Tabiiy geografik o'rni Atlantika okeani geografiyasi Atlantika okeanining gidrologik rejimi Suvning sho'rligi O'simlik va hayvonot dunyosi Atlantika okeanining xalq xo'jaligidagi ahamiyati Xulosa Atlantika okeani hajmi bo'yicha ikkinchi (Tinch okeanidan keyin) okeandir. Yevropava Afrikani Amerika qit'asidan ajratib turadi. Sathi - 106.2 mln km², o'rtacha chuqurligi - 3314 m, eng chuqur nuqtasi - Puerto Riko Botig'i (8742 m). Atlantika okeani shimolda Grenlandiya va Islandiya orollari, sharqda Yevropahamda Afrika, g'arbda Shimoliy va Janubiy Amerika, janubida Antarktida orasida joylashgan. Uzunligi shimolidan janubiga 15 ming km, enining eng kambar joyi 2830 km (ekvator yaqinida). Maydoni dengazlari bilan birgalikda 91140,8 ming km², o'rtacha chuqurligi 332 m, suvining o'rtacha hajmi 337541 ming km³ (dengizlarsiz maydoni 82441,5 ming km², suv hajmi 323613 ming km³). Atlantika okeani orollarining ko'pchiligi materikdan ajralib chiqqan bo'lib, qirg'oqlar yaqinidadir (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Nyufaundlend, Katta Antil va qisman Kichik Antil orollari, Kanar, Yashil Burun, Folklend orollari va boshqalar). Okeanning ichki qismida orol kam. Borlari ham vulqon orollaridir (Azor, San-Yelena, Tristanda-Kunya va boshqalar). Relyefi va geologik tuzilishi - Atlantika okeani tubidagi ulkan O'rta Atlantika tizmasi okeanning g'arbiy va sharqiy qismlarga bo'lib turadi. Bu tizmadan g'arb va sharq tomonlarda suv osti platolari, tizmalar va balandliklari bor. Atlantika okeani meridian bo'ylab katta masofada cho'zilganligidan okean yuzasida iqlim sharoiti juda xilma-xil. Atlantika okeani shimolda ekvatorial iqlim mintaqasidan subarktika iqlim mintaqasigacha va janubida Antarktika iqlim mintaqasigacha bo'lgan iqlim mintaqalarini o'z ichiga olgan. Atlantika okeanining katta qismi, ya'ni 40°shahri k. bilan 40° j. k. orasi ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalaridadir. Atlantika okeani ustida Islandiya va Antarktida atmosfera minimumlari, Shimoliy Atlantika va Janubiy Atlantika atmosfera maksimumlari vujudga keladi. Ana shu atmosfera markazlari ta'sirida o'rtacha kengliklarda kuchli g'arbiy shamollar, Shimoliy va Janubiy yarim shardagi subtropik va tropik kengliklarda esa shimoli-sharqiy vajanubi-sharqiy (passat) shamollar hosil bo'ladi. Eng kuchli shamollar Atlantika okeanining Janubiy yarim shardagi o'rtacha kengliklarida esadi. Shimoliy tropik kengliklarda iyundan oktabrgacha davom etadigan kuchli bo'ronlar bo'lib turadi. Havo temperaturasi qishda, fevralda (Atlantika okeanining janubiy qismida esa avg.da) ekvatorda 25° bo'lsa, 60° shahri k.da 0°, 60° j. k.da - 8 dan −10° gacha bo'ladi. Atlantika okeanining chekka shimoliy g'arbi va janubida temperatura - 25° va undan pastga tushadi. Yozda, ya'ni avg. oyida esa (Atlantika okeanining janubiy qismida fevral oyida) temperatura ekvatorda 26 - 28° bo'lsa, 60° shahri k.da 8 - 12° va 60° j. k.da 0 - 2° bo'ladi. Atlantika okeanining gidrologik rejimi iqlim sharoitlari ta'sirida, qo'shni okeanlar hamda O'rta dengiz suvlari bilan almashinib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.37 MB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.37 MB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga