Atmosfera havosining ifloslanishi va tabiiy tozalanish

Atmosfera havosining ifloslanishi va tabiiy tozalanish

O'quvchilarga / Geografiya
Atmosfera havosining ifloslanishi va tabiiy tozalanish - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Atmosfera havosining ifloslanishi va tabiiy tozalanish REJA 1. Atmosferaga ekologik omillarni ta'siri. 2. Atmosfera ifloslanishi va uning oqibatlari. 3. Tuproqning ifloslanishi 4. Atmosfera havosining ifloslanishi kishi organizmga ta'siri. 5. Atmosferani muhofaza qilish. 6. Atmosfera havosini sun'iy ifloslanishdan tozalash yo'llari Atmosferaga ekologik omillarni ta'siri. Atmosfera havosiga Yerni ichki va tashqi kuchlarni harakati bilan bog'liq turli tabiiy va sun'iy omillar doimo ta'sir ko'rsatadi va bu ta'sirlar natijasida havoda turli o'zgarishlar va shu jumladan salbiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Atmosfera havosiga ekologik omillarni ta'sirida uni ifloslanishi, zaharlanishi, bulg'alanishi, haroratini o'zgarishi, CO2 gazini muvozanatini buzilishi, azon qatlamini siyraklashishi va unda teshiklar paydo bo'lishi, «smog» hodisasini yuz berishi, shovqin-suronni ta'siri yuz beradi. Bunday ta'sirlar natijasida havoni tarkibini o'zgarishi va nafas olish uchun xavfli holatni yuzga kelishi, kislotali va ishqorli yomg'irlarni yog'ishi, quyosh radiatsiyasini pasayishi, yoz haroratini ko'tarilishi va boshqa hodisalar bo'ladi. Bu o'zgarishlar biosferada salbiy jarayonlarni keltirib chiqaradi, o'simliklarga, hayvonlarga va insonlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Atmosferaning sun'iy ifloslanishda avtomobil transporti birinchi o'rinni (40%) energetika sanoati (20%) ikkinchi o'rinni, korxona va tashkilot ishlab chiqarishi, maishiy - kommunal xo'jaligi va boshqalar zimmasiga esa atmosferani sun'iy ifloslanishining 26% to'g'ri keladi. Atmosfera havosi Tabiiy va Sun'iy ifloslanishlari mumkin. Tabiiy ifloslanish. Atmosferada muhlum miqdorda changlar uchraydi. CHanglarning uch turi ajratiladi: Mineral, Organik, Kosmik. Mineral changlar - tog' jinslarining yemirilishi, vulqonlar otilishi, o'rmon yong'inlari, dengizlar yuzasidan suvlarning bug'lanishi kabilar tufayli kelib chiqadi. Organik changlar- havo qatlamidagi aeroplanktonlar shuningdek, o'simlik va hayvonlarning qoldiqlar va parchalanish mahsulotlaridir. Kosmik changlar - metioritlarning atmosfera qatlamidan o'tayotganda yongan qoldiqlari hisoblanadi. Sun'iy ifloslanish. Atmosfera havosini asosan ifloslantiruvchi manbalar bugungi kunda tobora rivojlanib borayotgan insonning sanoat ishlab chiqarishidagi va avtotrasportlarning rivojlanishidir. Havoga ko'p miqdorda karbon kislota, uglevodorodlarning oksidlari, sulfid angidrid va boshqa moddalar chiqarilib, ular tabiiy muhitga va odamlarga juda katta zarar yetkazmoqda. Atmosfera havosini ifloslanishi muammosi barcha insoniyatni tashvishlantirmoqda. O'zbekistonda tamosferaga chiqariladigan nisbiy ifloslantiruvchi moddalarning miqdori keyingi yillarda ikki martaga qisqardi, yahni jon boshiga 90 kg ni tashkil etdi. Ifloslantiruvchi moddalarning umumiy miqdloriga nisbatan 51,9%-SO2, 16%-NO2, 17,9%-SNlar, 8,8%-SO2, 6,1%-qattiq moddalar va 0,2% boshqa maxsus zararli moddalarga to'g'ri keladi. Ko'pgina shaharlarda ifloslanishning sanitar-gigiyenik normadan ortiqligi kuzatilmoqda. Masalan, Olmaliq, Navoiy, Samarqand, Toshkent, Angren, Marg'ilon, CHirchiq, Toshkent va boshqa shaharlar shular jumlasidan bo'lib, eng ifloslangan shahar Navoiy shahri bo'lib hisoblanadi. Havoning ifloslanishi KISHI ORGANIZMIGA salbiy ta'sir etib, ular salomatligini yomonlashishiga sabab bo'lmoqda. Ayniqsa, oltingugurt oksidi, uglerod oksidi, uglerod sulfid, vodo-rod sulfid, ftor birikmalari, azot oksidlari, har xil sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar va qishloq xo'jalik 'esti-tsidlari kishi organizmida har xil kasalliklarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.5 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.5 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga