Atmosferada namlik va bug'lanish

Atmosferada namlik va bug'lanish

O'quvchilarga / Geografiya
Atmosferada namlik va bug'lanish - rasmi

Material tavsifi

Atmosferada namlik va bug'lanish Reja: .1 Namlik aylanishi, bug'lanish .2 Havodagi namlik va uning xarakteristikasi Atmosferada kondensatsiY Bulutlar .1 Atmosfera havosida doimo suv bug'lari mavjud bo'ladi Suv havzalari, tuproq yuzasidan va o'simliklar transpiratsiyasi orqali buladigan bug'lanishdan havoga suv bug'lari doimiy ravishda utib turadi Bug'lanish transpiratsiyani hisobga olmaganda fizik bug'lanish birgalikda esa umumiy bug'lanish deb yuritiladi Ba'zi hollarda ko'pincha havoning sovushi natijasida suv bug'lari atmosferaning ayrim hududlarida to'yintiruvchi bo'lib hisoblanadi harorat yana ham tusha boshlasa suv bug'lari kondensatsiyalanadi (mayda tomchilar) Bu zarralar yoki tomchilarning yig'ilishi bulut yoki tuman deb yuritiladi Atmosfera harorati manfiy bo'lganda havoda bulut va tuman tarkibiga kiruvchi muz kristallari hosil bo'ladi Meteorologiyada bu jarayon sublimatsiya deb yuritiladi Kondensatsiya deganda keng ma'noda havodagi suv bug'larining suyuq yoki qattiq holatga o'tishi tushuniladi Bulut elementlari yiriklashib Yer sathiga yog'in ko'rinishida tushadi Shunday qilib bug'langan suv yana yerga qaytadi va yana bug'lanadi ya'ni atmosfera bilan yer yuzasi orasida uzluksiz namlik aylanish jarayoni sodir bo'ladi Namlikning bunday aylanishi,bug'lanish, bulut paydo bo'lishi, havo oqimi orqali ularning bir joydan ikkinchi joyga ko'chishi, yog'in yog'ishi, tuman paydo bo'lishi va boshqalar iqlimning asosiy xususiyatlarini tashkil etadi Bug'lanish jarayonida suvning alohida molekulalari suv yoki nam tuproq yuzasidan atmosferaga bug' ko'rinishada utadi Havoda manbadan yuqoriga qarab tez tarqalib ketadi Shu bilan bir qatorda teskari jarayon suv molekulalari havodan suv va yerga utib turadi Agar bu jarayon muvozanatlashsa, suv molekulalarining havoga chiqishi va qaytishi tenglashadi unda bug'lanish tuxtaydi, ya'ni suv molekulalarining ajralib chiqishi va qaytishi tenglashadi Bunday holat to'yinish nuqtasi deb yuritiladi Vaqt birligida (kundalik) suv yoki tuproq yuzasidan bulayotgan bug'lanish tezligi mm larda ifodalanadi Agar (E1-e)ning farqi qancha kichik bo'lsa bug'lanish shuncha sekin bo'ladi, ya'ni vaqt birligi ichida havoga kamroq suv bug'lari chiqadi Agar bug'lanish bulayotgan yuza havodan issiqroq bo'lsa havo suv bug'lari bilan to'yingan bo'lsa ham bug'lanish davom etadi ya'ni ye=YE ...

Bug'lanish Bug'lanish-suv balansi tenglamasining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Bug'lanishning mohiyati To'yingan suv bug'larining elastikligi Reja: Bug'lanish-suv balansi tenglamasining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik ko'llar-Kaspiy dengizi, Orol dengizi va boshqa berk suv havzalarida ularga kelib qo'shiladigan deyarli barcha suvlar faqat bug'lanishga sarflanadi. Bug'lanish suv omborlarida ham balansning katta qismini tashkil etadi. Masalan, O'rta Osiyoning tekislik hududidagi suv omborlarida bug'lanish qatlami 1200-1600 mm ni tashkil etadi. Bug'lanishning mohiyati Bug'lanishning mohiyati shundan iboratki, suyuq yoki qattiq holatdagi suv gaz (bug') holatiga o'tadi. Bug'lanish jadalligi bug'lanuvchi yuzaning haroratiga bog'liq. Temperatura qancha katta bo'lsa, suv molekulalari shuncha tez harakat qilib, o'zaro molekulyar tortishish kuchini yengadi va atmosferaga o'tadi. Shu tarzda bug'langan suv molekulalarining bir qismi balandlikka ko'tarilish jarayonida to'yinish nuqtasiga yetib, o'zaro birlashadi va og'irlik kuchi ta'sirida yer sirtiga tushadi. Bu jarayon kondensatsiya deyiladi. Suv molekulalari atmosferaga o'tgach, gravitatsion kuchlar ta'sirida yuqoriga ko'tarila boshlaydi. Ularning o'rnini esa suv yuzasidan yangi ajralgan molekulalar egallaydi. Bu jarayon diffuzion bug'lanish deyiladi. Agar bug'lanuvchi yuzaga yaqin balandlikda ma'lum omillar (shamol, temperatura farqi) ta'sirida yuzaga kelgan ko'tariluvchi yoki pasayuvchi havo oqimlari mavjud bo'lsa, bug'lanish jadallashadi. Bu jarayon konveksion bug'lanish deyiladi. Mutlaq (absolyut) namlik deb 1 m3 havoda mavjud bo'lgan gramm hisobidagi suv bug'lariga aytiladi. Mutlaq namlikni suv bug'larining elastikligi sifatida mb da ham ifodalash mumkin. Uning qiymati meteorologik stansiyalarda qurilma balandligi, ya'ni 2 metrda o'lchanadi va shuning uchun ye 200 ko'rinishida belgilanadi. To'yingan suv bug'larining elastikligi meteoro­logik stansiyada qayd etilgan havo temperaturasi bo'yicha maxsus jadvaldan aniqlanadi. Qor va muzliklar yuzasidan bug'lanish jarayonida qattiq holatdagi suv molekulalari to'g'ridan-to'g'ri gaz holatiga o'tadi. Bu jarayon vozgonka deb ataladi. Suv bug'larining qor qoplami va muzliklar yuzasida kondensatsiyalanishi sublimatsiya deyiladi. 1) Tuproqdan bug'lanish; 2) O'simliklar orqali bug'lanish-transpiratsiya; 3) O'simlik qoplami tanasida ushlab qolingan yog'inlar hisobiga bug'lanish. Yer sirti-quruqlikdan bo'ladigan yalpi bug'lanish qo'yidagilardan tashkil topadi: 1) bug'latgichlar usuli; 2) suv balansi usuli; 3) turbulent diffuziya usuli; 4) issiqlik balansi usuli. Suv yuzasidan bo'ladigan bug'lanishni B.K.Davidov, S.N.Kritskiy, M.F.Menkel, K.I.Rossinskiy, B.D. Zaykov va boshqalar o'rganganlar. Bu masala bilan O'rta Osiyoda A.M.Nikitin, N.YE.Gorelkin, V.N.Reyzvix kabi olimlar shug'ullanganlar. Bug'lanish miqdori qo'yidagi usullar bilan aniqlanadi: a) P.S.Kuzin usuli; b) B.V.Polyakov grafiklari; Bu usullar yordamida bug'lanishning yillik me'yoriy va oylik qiymatlarini miqdoriy baholash amaliy mashg'ulotni bajarish jarayonida batafsil bayon etiladi. a) bug'lanish kartasidan; b) A.R.Konstantinov taklif etgan nomogramma yordamida; v) M.I.Budiko nomogrammasi bo'yicha. Yillik me'yoriy bug'lanish qo'yidagi usullar bilan aniqlanadi: Oylik me'yoriy bug'lanishni aniqlashning esa­ qo'yidagi usullari mavjud: Adabiyotlar: Akramov Z.M., Rafikov A.A. Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.82 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:28 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.82 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga