Atrof - muhitning ifloslanishi

Atrof - muhitning ifloslanishi

O'quvchilarga / Geografiya
Atrof - muhitning ifloslanishi - rasmi

Material tavsifi

Atrof-muhitning ifloslanishi 9-sing Geografiya darsligi asosida 7 § - mavzu Atrof-muhitning ifloslanishi Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi Atmosferaning ifloslana borishi Ekologik siyosat. Reja: Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o'ynaydi. Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo'l bilan - chaqmoq chaqishi, o't-o'lanlar va o'rmonlarning yonishi, vulqonlarning otilishi, shamol harakati natijasida yuz beradi. Hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun'iy omillar (antropogen jarayon) eng ko'p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 23 qismi uning hissasiga to'g'ri keladi. Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o'simlik va hayvonot dunyosi, ko'p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko'rmoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o'zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo'jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar - turli metallar va ularning birikmalari, mineral o'g'itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Gidrosfera (daryolar, ko'llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo'jaligi va uy-ro'zg'or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo'shilishi natijasida ifloslanmoqda. Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli ifloslanmoqda. Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong'inlar tufayli ifloslanmoqda. Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qo'ymoqda. Havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko'p chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. Ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xo'jasizlarcha foydalanish, atrof muhitning ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora betoblik girdobiga boshlamoqda. Ekologik siyosat - ekologiya fani talab va tavsiyalarini hisobga olgan holda, bizni o'rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog'lomlashtirishga, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar majmuasidir. Atrof-muhitni sog'lomlashtirishda, ekologik muammolarni ijobiy hal qilishda jamoatchilikning ham katta xizmat qilishi kutiladi. Aynan shu maqsadda O'zbekistonda jamoatchilik asosida «Ekosan» harakati tashkil topdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.86 MB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.86 MB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga