Avstraliya faunistik oblasti hayvonoti dunyosi

Avstraliya faunistik oblasti hayvonoti dunyosi

O'quvchilarga / Geografiya
Avstraliya faunistik oblasti hayvonoti dunyosi - rasmi

Material tavsifi

Avstraliya faunistik oblasti hayvonoti dunyosi Avstraliya zoogeografik oblasti Avstraliya, Tasmaniya, Timor, Yangi Gvineya, kenguru, King, Flinders kabi orollarni, Bismak, Salomonov arxipilaglarini o'z tarkibiga oladi. Avstraliyaning tabiiy sharoiti uning geografik joylashuvi, relefi va iqlimi bilan bog'liq. Materiknging shimoliy qismi tropik, markaziy qismi subtropik, janubiy qism mo''tadil mintaqadi joylashgan. Shu sababli bu joyda asosan tropik va subtropik iqlim hukmron. Faqat materikning janubiy qismi va Tasmaniyada mo''tadil iqlim kuzatiladi. Yangi Gvineya tropik zonada joylashgan bo'lib, uning asosiy-hududi tropik o'rmonlar bilan egallagan. Tog' tizmalari materikning chekka qismlarida shakllangan bo'lib, asosiy yog'inlarni ushlab qoladi. Natijada markaziy qismida nam tanqisligi kuzatiladi. Shu sababli materikning asosiy qismini cho'l, chalacho'l, dasht savanna va ba'zan juda zich qoplamlarni hosil qiluvchi akatciya va boshqa qurg'oqchilikka chidamli daraxt va butalardan tiashkil topgan skreblar egallaydi. Sharqiy va janubiy-sharqiy qismlarida yirik ekvaliptlprdpn tashkil topgan o'rmonlar, janubiy qismida esa akatciyadan iborat o'rmonlar uchraydi. Yil davomidagi o'rtacha namlik Avstraliyaning turli hududlarida turlicha bo'lib, o'ziga xos floristik tarkibning shakllanishiga olib kelgan. Flora tarkibida doimiy yashil o'rmonlar (ochiq urug'lilar) dan tortib toropik o'rmonlarigacha o'ziga xos o'simlik qoplamlari shakllangan. Bunday floristik tarkib hudud faunasi belgtlashda alohida ahamiyatga ega. Hozirda Avstraliyaning barcha hududlarida yoppasiga turli hayvon turlari (asosan Yevropahayvonlari) introduktciya qilingan va bu jarayon davom etmoqda. Bunday turlar ongli ravishda va tasodifan kelib qolgan bo'lib, u yoki bu darajada hududning biokomplekslariga o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Shunday turlarning ayrimlari shu darajada tez ko'payib ketganki, ular davlat uchun xavf tug'dirishi darajasiga etgan. Jumladan, quyonlarning keltirilishi o'tloqlarning asosiy qismini yo'qolib ketishiga sabab bo'lgan. Oqibatda xaltalilarning tur soni va zichligi kamayib ketgan. Natijada kengurularning ayrim turlari xaltali bo'ri, bir necha tur vombatlar qirilib ketgan. Avstraliyada hozirda bug'ular, serna, Yevropatulkisi, rusak tovushqoni va boshqa qator kelgindi turlarni uchratish mumkin. Avstraliya oblastining faunasi tarkibidagi dastlabki, tabiiy shakllangan turlarning ko'pchiligi yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi. Aynan shu sababli hozirda Avstraliyaga hayvonlarni olib kelishni ta'qiqlovchi juda qattiq qonunlar amal qilmoqda. Xuddi shunday noyob mahalliy turlarni hududdan olib ketishni cheklovchi qonunlar ham joriy qilingan. Yo'qolib ketayotgan endemiklarni qo'riqxonalar orqali saqlab qolish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Avstraliyaning faunasi tarkibiga olib kelingan har qanday tur u yoki bu darajada mahalliy faunaga o'z ta'sirini o'tkazadi. Jumladan, Avstraliyaga qoramollarning olib kelinishi dasht zonalarida ko'plab go'ngning yig'ilishiga sabab bo'lgan. Oqibatda odatda xaltalilarning ekskrimentlari bilan oziqlanuvchi mahalliy go'ng qo'ng'izlar qoramollarning ekskrimentlarini iste'mol qilib (qayta ishlab) ulgurmagan. Natijada go'ng o'tchil o'simliklarning rivojlanishiga to'sqinlik qilgan. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida Avstraliyaga Yevropava Amerika faunasidan bir necha tardagi kaprofag qo'ng'izlar olib kelingan. Ulardan 6-tur qo'ng'izlar muvaffaqiyatli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.2 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.2 MB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga