Avstraliya va okeaniya tabiat zonalari

Avstraliya va okeaniya tabiat zonalari

O'quvchilarga / Geografiya
Avstraliya va okeaniya tabiat zonalari - rasmi

Material tavsifi

Avstraliya va okeaniya tabiat zonalari Reja: 1. Avstraliya tabiati haqida 2. Avstraliya ichki suvlari. 3. Tabiat zonalari. Avstraliya (lotincha: australis - janubiy) - janubiy yarim sharda joylashgan materik.umumiy ma'lumot. Avstraliya shimolidan janubiga 10°4g (york bo'rni) bilan 394 g (janubiy-sharqiy burun) j.k.lar oralig'ida 3200 km ga, g'arbdan sharqqa 4100 km ga 113°05' shq.u. (stip-poynt bo'rni) bilan 153°34' (bayron bo'rni) shq.u.lar oralig'ida cho'zilgan. Maydoni 7682 ming km² (tasmaniya, kenguru, melvill va boshqa orollar bilan 7704,5 ming km² ga yaqin). Avstraliya- materiklar ichida eng kichigi. Janubiy tropik chizig'i avstraliyaning deyarli o'rtasidan kesib o'tadi. Materikni g'arb, shimol va janubidan hind okeani, sharqdan tinch okean dengizlari o'rab turadi. Qirg'oqlari unchalik egribugri emas, shimolida karpentariya, janubida katta Avstraliya qo'ltiqlari bor. Katta yarim orollari - shimolida arnemlend va keyp-york. Tasmaniya oroli avstraliyadan kengligi 224 km li base bo'g'ozi orqali ajralib turadi. Avstraliya shimolida yirik orollardan yangi gvineya joylashgan. Avstraliyaning sharqiy sohili bo'ylab behisob marjon orollaridan tashkil topgan katta to'siq rifi 2300 km masofaga cho'zilib yotadi.tabiati. Orografiyasi. Avstraliya relefining aksariyat qismi tekislik. Dengiz sathidan o'rtacha balandligi (215 m) jihatidan avstraliya materiklar ichida eng past. Yer yuzasi 95% ining mutlaq balandligi 600 m dan oshmaydi. Yirik orografik qismlari: 1) g'arbiy avstraliya yassi tog'ligi - o'rtacha mutlaq balandligi 400-500 m, tizmalar va supa tog'lardan iborat; 2) markaziy payettekislik - ko'p qismining mutlaq balandligi 100 m ga yetmaydi. Avstraliyaning eng past nuqtasi ham (-12 m) o'sha yerdagi botiqda joylashgan eyr ko'li yonida; 3) katta suvayirgich tizma (materik sharqida) - o'rtacha balandlikdagi ayrim-ayrim, cho'qqilari yassi tizma tog'lar. Avstraliyaning eng baland nuqtasi - kossyushko tog'i (2230 m) janubidagi avstraliya alp tog'laridavstraliya avstraliyaning hozirgi relefi asosan kembriygacha bo'lgan davrda vujudga kelgan va keskin tektonik o'zgarishlarga uchramagan, yer yuzasi uzoq davrlar ichida yemirilib, natijada qoldiq tog'lar bilan birga keng tekisliklar vujudga kelgan. Katta suvayirg'ich tizma yemirilgan paleozoy burmali tog'lari o'rnida vujudga kelgan. Nallarbor tekisligida, moviy tog'larda, barkli va aterton platolarida karst relef shakllari uchraydi.geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Avstraliyaning aksari qismi avstraliya platformasi oblastida joylashgan, sharqiy qismi esa sharqiy avstraliya burmali geosinklinal mintaqasiga kiradi. Kembriydan avval vujudga kelgan platformaning materik zaminidagi kristall hamda metamorfik jinslari g'arbiy plato, tasman yeri, g'arbiy avstraliya qalqoni va boshqa joylarda yer yuzasiga chiqib qolgan; sharqda (markaziy pasttekislikning g'arbida) esa quruqlik va ko'l yotqiziqlari ostida ko'milib ketgan, shuningdek sharqiy avstraliya platformasida ham uchraydi. Yuqori paleozoyda va mezozoyning birinchi yarmida avstraliya platformasi qadimgi gondvana materigi bilan tutash bo'lgan. Uchlamchi davr oxiri va to'rtlamchi davrda ro'y bergan tektonik harakatlar avstraliyani yangi gvineya o., ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.22 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.22 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga